Mavzu:
Chastota-impultsli avtomatik boshqariladigan qadamli yuritmani strukturasini,
ishlash prinsipini o’rganish va harakat tavsifini tahlili.
Qadamli yuritmalar
Qadamli yuritmalar
rostlanmaydigan surish yuritmalari jumlasiga kiradi.
Qadamli yuritma ishchi organning pog’onali (diskretli) surilishini ta’minlaydi. Uning
tarkibi (rasm 28) kichik quvvatli qadamli elektrdvigatel (QD), momentni
gidrokuchaytirgichi (MGK), ishchi organ (Io) bilan bog’langan “vint – gayka”
uzatmasidan tashkil topgan. Boshqarish qurilmasi (RDBQ) tomonidan boshqarish
impulsi uzatilganda, qadamli dvigatel o’zining o’qini kichik burchakka buraydi.
Qadamli dvigatellar kuchsiz va kuchli bo’ladi. Kuchsiz qadamli dvigatelning quvvati
kam bo’lgani uchun, uning momenti ishchi organni (dastgoh stolini) harakatga
keltirish yetarli emas. Shu sabab bilan dvigatel momentning gidrokuchaytirgichi bilan
birgalikda ishlaydi. Momentning gidrokuchaytirgichi aksial-porshenli gidromotor
asosida barpo etilgan. Stolning surilish masofasi boshqarish qurilmasidan
uzatilayotgan impulslar (signallar) soni va diskretligi (uzlukligi) bilan aniqlanadi,
signallar chastotasi esa surish tezligini bildiradi. Ushbu yo’sinda ishlaydigan
yuritmalar elektrogidravlik qadamli yuritmalar (EGQYu) deyiladi.
Rasm 28. Qadamli yuritmaning tuzilish sxemasi
EGQYular boshqa turdagi yuritmalarga nisbatan muxim afzalliklarga ega. Qadamli
dvigatel boshqarish tizimidan kelayotgan impulslarni ishonchli ravishda ijro etgani
sababli tizimni surilish va tezlik bo’yicha teskari aloqa zanjirlari bilan o’rab olish
talab etilmaydi. Natijada boshqarish tizimi soddalashadi hamda yuritmani dastgohga
o’rnatilishi yengilashadi. EGQYuning boshqa afzalliklari ishchi organning
surilishidagi to’plangan xatoni yo’qligi, yuritmaga texnikaviy xizmat ko’rsatish
oddiyligi, past narxi, kichik gabarit o’lchamlaridan iborat. Boshqarish tizimi ajralgan
bo’lgani uchun(teskari aloqa zanjiri mavjud emas) ushbu turdagi yuritmalar asosan
o’rta aniqlikdagi dastgohlarda qo’llaniladi. Elektrogidravlik qadamli yuritmalar
frezalash, tokarlik, jilvirlash hamda boshqa turdagi raqamli boshqarish
dastgohlarning surish yuritmalarida keng ishlatiladi.
Gidrokuchaytirgichning konstruktsiyasi 29-rasmda ko’rsatilgan. Gidrokuchaytirgich
boshqaruvchi gidrotaqsimlagich, moy oqimi va aksial-porshenli gidromotordan
tashkil topgan.
Rasm 29. Momentlar gidrokuchaytirgichi:
1 - o’q rezbali “vtulka-gayka” bilan; 2 -zolotnik; 3 - korpus; 4 - o’q; 5 - shlitsali vtulka; 6 – aksial-
porshenli gidromotor; 7 - chiqish o’qi
Gidrokuchaytirgichning kirish qismida joylashgan o’q 1 qadamli dvigatelning o’qi
bilan bog’langan va uning harakatlarini aniq takrorlaydi.Gidrokuchaytirgichning
chiqishida 6 aksial-porshenli gidromotorning 7-o’qi joylashgan.
Chiqish valining (7) bikr manfiy teskari aloqasi o’q 4 vositasida amalga oshiriladi,
uning o’ng uchi o’zining 5 shlitsali vtulkasi orqali chiqish vali 7 ning shlitsali uchi
bilan qo’zg’aluvchan qilib o’rnatilgan. O’q 4 ning chap uchi rezbali qismi bo’lib, u
bilan o’q 4 o’q 1ning “vtulka-gayka”siga buralgan.
Gidrotaqsimlagich korpusi 3 da zolotnik 2 joylashtirilgan bo’lib, u o’qiy
yo’nalishda o’q 4 bilan bikr bog’langan. Zolotnik o’qka nisbatan tirkagich
podshibniklarida burilishi mumkin. Zolotnikning o’qiy harakati qadamli dvigatelni u
yoki bu yo’nalishda aylanishida o’q 4ning burilib kirish yoki chiqishi hisobiga
amalga oshiriladi. Bunda bosim ostidagi moy gidromotorning pastki yoki ustki
kovaklariga yo’naltiriladi va bunda chiqish vali 7 rezbali “vtulka – gayka 1”li
beruvchi o’q kabi, huddi shunday shu yo’nalishda, huddi shunday burchakka, huddi
shunday tezliq bilan buriladi. Agar, masalan, o’q 1ning burilishi o’q 4ning burilib
kirishini va zolotnik 2 ning o’q bo’yicha chapga harakatini keltirib chiqarsa, bosim
ostidagi moy gidromotorning yuqori kovakiga yo’naladi, natijada chiqish o’q 7 ning
o’q 4ning burilishi yo’nalishidagi burilishini ta’minlaydi. Bunda o’q 7 ning o’q 4
bilan shlitsli birikmasi hisobiga o’q 4 o’q 1ning “vtulka-gayka” rezbasidan buralib
chiqadi va uning o’nga harakatlanish natijasida zolotnikning o’tkazuvchi kesimini
kichraytiradi.
Zolotnikning o’tkazish kesimini kichrayishi qadamli dvigatel o’qi va rezbali
“vtulka-gayka” to’htashida nolga teng bo’ladi. Bundan
gidrokuchaytirgichningchiqish o’qi 7 qadamli dvigatel va o’q 1ning harakatini ba’zi
dinamik burchakli orqada qolish bilan bajarilishi kelib chiqadi. Bu orqada qolish
qadamli dvigatelga beriladigan boshqaruvchi impulslarning va buruvchi momentning
ortishi bilan yanada ortib boradi (yuqorida qayd etilgandek, boshqaruvchi impulslar
chastotasi dastgoh ishchi organining surish harakati tezligini aniqlaydi). Chiqish
o’qining kirish o’qidan orqada qolishi 30-60 impulsga yetishi mumkin.
Raqamli dasturdan boshqariladigan dastgohlarda keng ishlatiladigan E32G18-2
rusumli gidrokuchaytirgichlarni asosiy parametrlari quyidagi jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |