Juda baland obyektlar, masalan, radiotelevideniye antennalariga, minoralarga chaqmoq uning uchiga emas, balki birmuncha pastki nuqtasiga tushadi, buni obyektlar o‘z atrofiga to‘plangan zaryadlar ta’siri sifatida ko‘rsatish mumkin. Chaqmoqning yog‘och asoslarga o‘rnatilgan metall o‘tkazgichlar va aloqa vositalariga tushishi juda xavfli hisoblanadi. Katta amplitudaga ega bo‘lgan elektr zaryadlari aloqa simlariga o‘tishi ularning o‘tkazgich simlari orqali tez tarqalishiga olib keladi va bu simlarga ulangan radio karnaylari, aloqa vositalari va apparaturalarning buzilishi hamda ular orqali yerga o‘tishi natijasida kutilmagan yerdan yong‘in chiqishi va kutilmaganda aloqa vositalaridan foydalanayotgan odamlarni elektr ta’siriga tushib qolishiga sababchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |