Toksoplazmoz
– ichki a‟zo va tizimlar faoliyatini izdan chiqaradigan parazitar kasallik;
bir hujayrali sodda hayvon – tosoplazmalar ko„zg„atadi. Odam, hayvon (cho„chqa, quyon,
qoramol, qo„y, kiyik, tulki, olmaxon, yumronqoziq) va parrandalar (tovuq, o„rdak, kaptar)da
uchraydi. Kasallik manbai, asosan, itlar, mushuklar va toksoplazmoz bilan og„rigan bemor
hisoblanadi; ular o„zlarining so„lagi, siydigi, najasi, sudi, burun shilimshig„i orqali tashqi
muhitga ko„plab kasallik qo„zg„atuvchisini tarqatadi. Toksoplazmalar
odamga ovqat
mahsulotlari (xom go„sht, pishirilmagan sut, xom tuxum) orqali, shuningdek, bevosita kasal
hayvonlar bilan muloqotda bo„lganda (chorvachilik xo„jaliklari va go„sht kombinati xodimlari
yoki teriga ishlov beruvchilar) yuqishi mumkin
Uy sharoitida, ayniqsa, ayollar qiyma ta‟mini totib ko„rganida ham toksoplazma (oqadi.
Toksoplama shilliq pardalar (og„iz, burun, ko„z shilliq pardasi) yoki chakalangan teriga tushishi,
shuningdek, transmissiv va boshqa(lar) yo„llar bilan yuqishi mumkin. Odam organizmiga
tushgan toksoplazma qon Tomirlar orqali turli a‟zolar (miya, ko„z, jigar, taloq, yurak va limfa
bezlarida tarqaladi va shu a‟zolarning zararlanishiga sabab bo„ladi.
Gerpes
[herpes; lot. herpo – o„rmalab yurmoq] – viruslar qo„zg„atadigan kasallik, bunda
badanning turli qismida teri qizarib, gug„uj mayda pufakchalar hosil bo„ladi. Kasallik manbai
bemor yoki virus tashuvchi hisoblanib, sog„lom kishiga ular bilan muloqotda bo„lganda yukadi.
Sovqotish, shamollash, intoksikatsiya, infeksion kasalliklar (gripp, zotiljam va boshqa(lar))
oqibatida paydo bo„lishi mumkin. Oddiy va o„rab oluvchi gerpes farq qilinadi. Oddiy gerpes
bilan bir yoshgacha bo„lgan bolalar deyarli og„rimaydi (onadan o„tgan immunitet hisobiga);
keyinchalik immunitet kuchi susayib, qulay sharoit tug„ilsa, kasallik ro„y berishi mumkin (yana
k. Uchuq). O„rab oluvchi yoki belbog„simon gerpes (herpes zoster)HH filtrlanuvchi neyrotrop
virus ko„zg„atadi (varicella zoster); u o„zining juda ko„p xususiyatlari bilan suvchechak virusiga
o„xshab ketadi, shu bois adabiyotlarda kasallikning bu xilini suvchechak virusi ko„zg„atadi
deyiladi. Kasallikning inkubatsion davri 7-8 kun, mustaqil yoki biror boshqa kasallik (zotiljam,
plevrit va boshqa(lar)) asorati sifatida namoyon bo„lishi mumkin.
Gerpesning bu turi faqat katta yoshli kishilarda uchraydi. Bunda badanning muayyan nervi
yoki nerv tarmoqlari bo„ylab giperemilangan sohaga, aksariyat tananing bir tomoniga
pufakchalar toshadi. Toshmalar toshishidan oldin bemorning ko„ngli behuzur bo„lib, boshi
og„riydi, biror nerv poyasi bo„ylab tutib-tutib turadigan og„riq hamda xuddi shu joylarning
achishib turishi kuzatiladi. Pufakchalar po„sti qattiq, ichi tiniq suyuqlikka to„la bo„ladi, bora-bora
suyuqlik loykalana boshlaydi. Pufakchalar bir-biriga qo„shilib, qator joylashadi, ular atrofi
qizarib turadi. Pufakchalar ko„z, quloq, kovurg„alararo nervlar, shuningdek, bo„yin, bel nervlari
va nerv tarmoqlari bo„ylab toshadi.
Qizilcha
– virus tabiatli o`tkir yuqumli kasallik.
Qizilcha odatda terida o`zga xos toshmalar toshishi, limfa tugunlarini kattalashishi, engil
intoksikatsiya va qisqa muddat isitmalash bilan engil kechadi.
Ayollarda urug‟‟lanish oldidan, va homiladorlikning erta davrida qizilcha kasalligi bilan
kasallanishi, homilani o`lishiga va homilani tushishiga olib kelishi yoki tug‟ma qizilcha sindromi
(TQS) deb ataluvchi tug‟ma patologiyaga olib keladi.
Qizilchaning eng dahshatli asorati kasallanishning 6000 tasidan 1 tasida uchraydigan
entsefalitdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |