Mavzu Chama son, uning yasalishi



Download 186,5 Kb.
Sana19.02.2017
Hajmi186,5 Kb.
#2922
Fan_________

Sinf_________

Sana_________

Mavzu

Chama son, uning yasalishi

Maqsad va vazifalar

Darsning talimiy maqsadi: O‘quvchilarning son so'z turkumi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish, tilshunoslikda tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berish. Uning so’roqlari, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berish. Chama sonlardan nutqda o’rinli foydalanish malakalarini hosil qilish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Kitoblarga bo’lgan ixloslarini oshirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Chiroyli va to’g’ri yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish.

O‘quv jaravonini amalga oshtirish texnologiyasi

Uslub: Yangi bilimlar berish.

Shaki: Noan’anaviy.

Vosita: Mavzu yuzasidan plakatlar to‘plami, qog‘oz va markerlar, kompyuter, videoproyektor, ko‘rgazmali qurollar.

Usul: Savol-javob, aqliy hujum, muhokama, muzyorar, xronologik boshqotirma usullari va suhbat.

Nazorat: Og‘zaki, savol - javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchi faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir darsning o’zida bir qancha o’quvchilar baholanadi. O’quvchilar tomonidan darsni mustaqil o’rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berish.

O’quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o’rganadi, nutqi rivojlanadi.


Darsning blok - chizmasi:

T/r

Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism.


5 daqiqa

O‘quvchilar bilan salomlashish

2

O‘quvchilarni faollashtirish.

6 daqiqa

Darsning didaktik jihozlar orqali o‘quvchilarga savollar berish, ularning diqqatini jamlash va h. k

3

Yangi mavzuni yoritish va guruhlarda ishlash.

15 daqiqa

Ma’ruza. Har bir guruhga matnlar tarqatiladi va matnlar o‘qituvchi bilan birgalikda muhokama qilinadi.

4

Mavzunu mustahkamlash

12 daqiqa

Uchta matn doskaga osiladi va bu matnlarni o‘quvchilar faolligini ta’minlangan holda izohlash.

5

Dars yakuni

5 daqiqa

O‘quvchilar bilimini baholash

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Savollar berish.

DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: salomlashish, davomat, dars shakli va o’yin shartlarini tushuntirish.

O’quvchilarni faollashtirish.

O‘quvchilar uch guruhga (“Fonetika”, “Sintaksis”, “Leksikologiya”) bo‘linib, partalarga joylashadi. Aqliy hujum metodi orqali o’tilgan bilimlar esga olinadi va shu tariqa sinf o’quvchilari muhitga moslashtiriladi.



  • O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi qachon berildi?

  • 1989 -yil 21-oktabrda berildi.

  • Me’yoriy hujjatlar qanday tilda olib borilgan?

  • Shundan boshlab ish qog’ozlari, me’yoriy hujjatlar o’zbek tilida olib boriladigan bo’ldi.

  • Til nima? Har qanday til o’zining qanday qurilishiga ega?

  • Har qanday til o’z nutq tovushlari, so’zlari va qo’shimchalardagi imkoniyatlarni sintaksisda, ya’ni gap qurilishida namoyon qiladi.

Tezkor savollar“ o’’yinini tashkil qilamiz. Har bir guruhga tezlik bilan javob uchun savollar o’qiladi. Ularning to’g’ri javoblari rag’batlantiriladi.



1-guruhga savollar:

Fonetika nimani o’rganadi?

Nechta unli tovush bor?

“Bilan” so’zi ko’makchimi yoki bog’lovchi?

Ismlar tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?

“Ittifoq” so’zini egalik qo’shimchalariga qo’yib bering.



2-guruhga savollar:

Jarangsiz jufti yo’q jarangli undoshlarni sanab bering.

“Gultojixo’roz” tuzilishiga ko’ra qanday so’z?

Kelishik qo’shimchalarini sanang.

Madina chiroyli va ozoda kiyinadi. Qaysi bo’lak uyushgan?

Do’st, o’rtoq, hamfikr. Ushbu so’lar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlar?



3-guruhga savollar:

Til undoshlarini ayting.

“Kengash” so’zini bo’ginlarga bo’ling.

“Bosh” so’zi omonimmi yoki ko’p ma’noli so’zmi?

Sifatning ma’no turlarini sanang.

Osh-posh, don-dun, choy-poy, ish-pish. Qanday so’zlar?

So’ng uy vazifasi tekshiriladi.

O’qituvchi o’quvchilarni quyidagi yo’naltiruvchi savollar asosida yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorlaydi.



O’qituvchi:

- Qanday sonlarni bilasiz?

- Sonlar qanday shakllarda yoziladi?

- Sonlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

Savollarga o’quvchilar bilganicha javob beradilar. Ularni arab, rim raqamlari yoki harflar bilan yozilishini aytadilar. Sonlarning so’roqlarini aniqlaydilar.



O’qituvchi: Qancha?, necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lib, narsalarning son-sanog‘i va tartibini bildirgan so‘zlarga son deyiladi.

Sonlar ikkiga bo‘linadi: 1) miqdor sonlar, 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so‘roqlariga javob bo‘lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi.

Son gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, fe’lga bog’lansa hol, gapning oxirida kelsa kesim bazifasini bajaradi. Masalan, Sinfimizda yigirma besh o’quvchi bor. U olmadan beshta oldi. O’nning yarmi – besh.

Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov.

Tartib sonlar raqam bilan yozilganda -nchi, -inchi qo‘shimchalari o‘rniga chiziqcha qo‘yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 3-qavat.

Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilganda bu qo‘shimchalar o‘rniga chiziqcha qo‘yilmaydi: IX sinf, XXI asr.

Bir so‘ziga -ta qo‘shimchasi qo‘shilsa, bitta deb aytiladi va yoziladi.

Yangi mavzuni yoritish

va guruhlarda ishlash.


Narsalarning miqdorini taxminlab, chamalab ko`rsatadigan sonlarga chama son deyiladi.

Ular –tacha, -lab, -larcha kabi qo`shimchalar yordamida yasaladi





Chama son quyidagi qo`shimcha orqali yasaladi







-larcha

-tacha




-lab

405-mashq.Gaplardagi sonlarni guruhlarga ajratib jadvalga joylashtiring.


Sanoq son

Dona son

Chama son






1. Axir, o‘n ikki yashar ukasini ko‘rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. (Abdulla Qodiriy) 2. Og‘zini yumganicha, ovozini ichiga yutib, bir-ikki kulib oldi u. (X. To‘xtaboyev) 3. Uch-to‘rt pud g‘alla ketsa ketar. Bir qop g‘alla deb, hammasidan ayrilib qolmaylik tag‘in! (O. Yoqubov) 4. Tarixingdir ming asrlar, Ichra pinhon, o‘zbegim. Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. (E. Vohidov) 5. Bayroq dastasida, stanokda, g‘ishtda ming-minglab qo‘llar taftini sezaman (Asqad Muxtor)




Guruhlarga quyidagi rasmlar beriladi.

Quyidagi rasmlarga bitilgan she’rlar bilan tanishib, ularda qo’llangan sonlarni toping va ma’no turini aniqlang.


9090

Bir, ikki... to'rt bo'ldi

Ishlarimiz zo'r bo'ldi.

Ikki, ikki qo'shildi.

Yana soni to'rt bo'ldi.

c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

Bir, ikki...olti yetti

Yetti bola shunda ekan,

Davra qurib o'ynar ekan
c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg
Sakkizga qo'shdik birni,

Hosil qildik to'qqizni.

To'qqiz qadam tashladik,

To'qqiztamiz o'ynadik.


c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg
O'nta o'rdak uchadi

Suvga kelib qo'nadi

Beshta-beshta barmoqlar,

Oo'shsak o'nta bo'ladi.
Tez aytishni aytib ko‘ring. O‘zingiz ham sonlar ishtirok etgan tez aytishlarni topib, o‘rtoqlaringiz bilan musobaqa o‘ynang.

Tyan-shan tog‘ining tagida Toshtemir tog‘aning traktori to‘qson tonna temirni tortolmay tirillab turibdi.

Dars mazmunini yanada mustahkamlash uchun “Maqollar aytish bahsi” o’tkaziladi.



1. Bir yigitga o’n hunar oz.

2. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini undirar.

3. Ilmli ming yil yashar, ilmsiz bir yil yashar.

4. Bir kun tuz ichgan joyga, Yuz kun salom qil.

5. Erning so’zi bitta.

6. Sherikchilik - bir yilchilik, qudachilik – ming yilchilik.

7. Bitta bo’lsa, o’rni boshqa, o’nta bo’lsa, qilig’i.

8. Besh panjangni birdan og’zingga tiqma.

O’qituvchi o’quvchilarga maqollar asosida axloqiy tarbiya beradi. Ularning fikrlarini o’qituvchi umumlashtiradi.



Mustahkamlash.

Mashq ishlash. Guruhlarga alohida-alohida topshiriqli mashqlar beriladi. G’olib guruh rag’batlantiriladi.

1-topshiriq. Beshinchi sinf, yigirmanchi dekabr, ikkinchi qavat birik-malaridagi sonlarni raqam bilan yozib, ko‘chiring.

2-topshiriq. Besh va olti so‘zlariga -ov yoki -ala qo‘shimchalaridan birini qo‘shib ko‘chiring. Qaysi so‘zning o‘zagida o‘zgarish yuz beryapti?

3-topshiriq. O‘nlik va yuzlik miqdor bildiruvchi so‘zlarni aniqlang va ular ishtirokida to‘rtta gap tuzing. O‘nlik va yuzlik ma’nolarini bildiruvchi so‘zlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘layotganini aniqlang.

4-Topshiriq. Topishmoqning javobini toping. “Kim topqir va chaqqon” o’yini o’tkaziladi. Avval miqdor sonlarni, so‘ng tartib sonlarni o’quvchilar aniqlaydilar. G’olib guruh rag’batlantiriladi.

To‘planib o‘n o‘g‘il-qiz, – Mezbon-mehmon o‘ynaymiz. Deyishar: -Sobir, sana, Adashib ketma yana. Toq sonlar bo‘lar mezbon, Juft sonlar aziz mehmon. Sobir sanar: – Ko‘ring-chi, Nodir bo‘ldi birinchi. Ikki – singlim «Durdona», Uchinchisan, Guldona.

To‘rtsan, Dilshod, Lola-besh, Dildor-olti, yetti-Esh. Sakkizinchi sen, Gulqiz, Ahmadullo-chi – to‘qqiz. Iya, o‘n yo‘q-ku, qarang! Topmas Sobir, bosh-garang. O‘rtoqlari kulishar: -Boshqa sana, – deyishar. Yordam bering siz endi, Chiqmagan o‘n kim edi!
5-Topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Sonlarning gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing. G’olib guruh rag’batlantiriladi.

1. Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Topishmoq) 2. Mening kitoblarim hammasi bo‘lib yettita. 3. Opam bizga uzgan olmalaridan to‘rttadan berdi. 4. Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxida o‘ttiz yaproq, yaprog‘ining bir yog‘i qora, bir yog‘i oq. (Topishmoq)



Guruhlarga quyidagi test topshirig’i beriladi.

1. Miqdor songa qanday qo’shimcha qo’shilsa dona son va taqsim son hosil bo’ladi?

A. - nchi, -lab B. - ala, -ovi

C. - tacha, -larcha D. - ta, -tadan

2. Qaysi javobda jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimchalar berilgan?

A. - nchi, -lab B. - ala, -ovi

C. - tacha, -larcha D. - ovi, -lab

3. Miqdor songa qaysi qo’shimchani qo’shsak, tartib son hosil bo’ladi?

A. - ta, -tadan B. - ala, -ovi

C. - tacha, -larcha D. - nchi, -inchi

4. Javoblarning qaysi birida chama sonlar ta`rifi berilgan?

A. Bir turdagi narsa-hodisalarning sonini, miqdorini bildiruvchi sonlar.

B. Narsalarning taxminiy miqdorini bildiruvchi sonlar.

C.Biron narsaning donalab sanaladigan umumiy sonini bildiruvchilar.

D.Narsaning sanoqdagi tartibini bildiruvchi sonlar.

5. Butun sonlar qaysi javobda qo`llangan?

A. Bir yarim, nol' butun o`ndan besh.

B. Ikkita, uchtadan.

C. Bir, ikki, besh, o`n.

D. Yarim, nimchorak, chorak.

6. Kasr sonlar qaysi javobda qo`llangan?

A. Beshtacha, to`rtala.

B. Besh,o`n, yigirma.

C. Sakkiztadan, o`nov.

D. Yarim, ikkidan bir, nimchorak.


O’QUVCHILARNI BAHOLASH:

Dars davomida yakka tartibda faol ishtirok etgan hamda guruhlarda hamkorlikda ishlagan o’quvchilarni baholash maqsadida “Eng faol o’quvchi”, “Eng faol guruh” deb e’lon qilinadi. So’nggi xulosa o’rnida keyingi darsga “chama son va uning yasalishi” mavzusiga tayyorgarlik ko’rib kelish aytiladi.



UYGA VAZIFA BERISH.

407-mashq.Uyga vazifa. «Ertaklar olamiga sayohat» mavzusida hikoya tuzing. Unda chama sonlardan foydalaning.

XULOSA
Men malaka oshirish jarayonida 6-sinf ona tili fanidan “Chama son, uning yasalishi” mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi tayyorladim. Bu jarayonda kutubxonadan pedagogik texnologiyalarga oid adabiyotlar bilan tanishib chiqdim. Ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish ta’lim samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Men ham shu bir soatlik dars ishlanmasini texnologik xarita asosida deb bordim. Bu jarayon olti bosqichni o’z ichiga olib, har bir bosqichda qanday ishlar olib borishini yozib o’tdim. Darsimda kichik guruhlar bilan ish olib bordim. Guruhlar ma’lum bir nom ostida qiziqarli o’yinlar, metodlar, musiqali dam olish daqiqalari o’tkazdim. Har xil yangi o’yinlarni “Aqliy hujum”, “Maqollar aytish bahsi”, “Kim topqir va chaqqon bahsi”, “Tezkor savol-javoblar”, “Test” kabi metodlarni qo’lladim. Xulosa qilib aytganda, bu yangi metodlar ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishda katta yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” T., Ma`naviyat, 2008-yil.

2. G'. Abdurahmonov, A.Rafieyv, D.Shodmonqulov. 0'zbek tilining amaliy grammatikasi.- Toshkent: 0'qituvchi, 1992.-B. 117-136.

3. Sh.Shoabdurahmonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili.- Toshkent: 0'qituvchi, 1980.- B. 224-242.

4. Uzviylashtirilgan DTS va o‘quv dasturi 2010-yil.

5 U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek adabiy tili.- Toshkent, 1992.-B. 239-245; 247-250.

6. J.G‘.Yo‘ldоshеv, S.А.Usmоnоv. Pеdаgоgik tехnоlоgiya аsоslаri. «O‘qituvchi» 2004.

7. O‘.Tolipov. Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari. “Xalq ta’limi”, 5-son, 2001.

8. 6- sinf ona tili darsligi. N.Mahmudov, A. Nurmonov. T.- Tasvir. 2005.

9. 6- sinf ona tili fanidan metodik qo’llanma. H.Ulug’ov, H.G’oyibnazarov. T.- Tasvir. 2006.



M U N D A R I J A

  1. Darsning texnologik xaritasi




  1. Darsning blok chizmasi




  1. Darsning tashkiliy qismi




  1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash




  1. Yangi mavzuni bayoni




  1. Yangi mavzuni mustahkamlash




  1. Darsni yakunlash va uyga vazifa




  1. Xulosa




  1. Foydalanilgan adabiyotlar




c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

Download 186,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish