Butun tiplar
Butun tiplar – barcha musbat va mandiy butun sonlarni o’z ichiga oladi. C# da butun tiplar oilasida 4 ta tip mavjud: byte, short, int , long. Byte byte tipi 0 dan 255 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi, xotiradan 8 bitni egallaydi hamda Byte strukturasiga tegishlidur sbyte tipi ham byte tipi bilan bir xil , lekin u -128 dan 127 gacha manfiy sonlarni ham o’zida saqlaydi. sbyte – Sbyte strukturasidan o’rin olgan .
1 byte b1 = 255;
2byte b2 = -128;// compile-time error: Constant value '-128' cannot be converted to a 'byte'
3sbyte sb1 = -128;
4sbyte sb2 = 127;
56
Console.WriteLine(Byte.MaxValue);//255
7Console.WriteLine(Byte.MinValue);//0
8Console.WriteLine(SByte.MaxValue);//127
9Console.WriteLine(SByte.MinValue);//-128
10Copied!
Short short tipi -32,768 dan 32,767 gacha bo’lgan sonlarni o’zida jamlaydi, xotiradan egallanadigan joy 16 bit. Int16 stukturasini ichida joylashgan. short tipiga o’xshash ushort tipi ham mavjud. Bu tip 0 dan 65,535 gacha sonlarni qabul qiladi. UInt16 strukturasida joylashgan.
1short s1 = -32768;
2short s2 = 32767;
3short s3 = 35000;//Compile-time error: Constant value '35000' cannot be converted to a 'short'
45ushort us1 = 65535;
6ushort us2 = -32000; //Compile-time error: Constant value '-32000' cannot be converted to a 'ushort'
78Console.WriteLine(Int16.MaxValue);//32767
9Console.WriteLine(Int16.MinValue);//-32768
10Console.WriteLine(UInt16.MaxValue);//65535
11Console.WriteLine(UInt16.MinValue);//0
Copied!
Int int tipi 32 bitlik butun toifadur. Butun sonlarni qabul qilish chegarasi -2,147,483,648 dan 2,147,483,647 gacha. Int32 strukturasida joylashgan. Bu tipga yaqin tip uint tipi. UInt32 strukturasiga tegishli bo’lib 0 dan 4,294,967,295 gacha sonlarni o’z ichiga oladi.
1int i = -2147483648;
2int j = 2147483647;
3int k = 4294967295; //Compile-time error: Cannot implicitly convert type 'uint' to 'int'.
45uint ui1 = 4294967295;
6uint ui2 =-1; //Compile-time error: Constant value '-1' cannot be converted to a 'uint'
7Console.WriteLine(Int32.MaxValue);//2147483647
9Console.WriteLine(Int32.MinValue);//-2147483648
10Console.WriteLine(UInt32.MaxValue);//4294967295
11Console.WriteLine(UInt32.MinValue);//0
Copied!
int toifasi o’n oltilik va ikkilik sanoq sistemalariga nisbatan ham foydalaniladi. O’n oltilik sanoq sistemalari 0x yoki 0X qo’shimchalari bilan, ikkilikdagi sonlar esa, 0b yoki 0B bilan boshlanadi.
1int hex = 0x2F;
2int binary = 0b_0010_1111;
3Console.WriteLine(hex);
5Console.WriteLine(binary);
Copied!
Long long tipi o’zida -9,223,372,036,854,775,808 dan 9,223,372,036,854,775,807 gacha sonlarni saqlaydi. Xotiradan egallaydigan joyi 64 bitni tashkil etadi. Int64 strukturasida joylashgan. ulong tipi ham long tipi bilan o’xshash. U o’zida 0 dan 18,446,744,073,709,551,615 gacha sonlarni qabul qiladi. Int64 strukturasida joylashgan.
1 long l1 = -9223372036854775808;
2 long l2 = 9223372036854775807;
3 ulong ul1 = 18223372036854775808ul;
5 ulong ul2 = 18223372036854775808UL;
6 Console.WriteLine(Int64.MaxValue);//9223372036854775807
8Console.WriteLine(Int64.MinValue);//-9223372036854775808
9 Console.WriteLine(UInt64.MaxValue);//18446744073709551615
10 Console.WriteLine(UInt64.MinValue);//0
Copied!
Do'stlaringiz bilan baham: |