Davlat byudjeti mablag’larining byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishi Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlilik darajasini tartibga solishda tartibga soluvchi daromadlar muhim o’rin egallaydi.
Tartibga soluvchi daromadlar – byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar, shuningdek, soliq bo’lmagan to’lovlar deyiladi.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarishda mahalliy byudjetlar uchun o’rnatilgan cheklovlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko’ra balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo’lishlari hamda mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo’l qo’yilmasligi lozim. Shu sababli mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish va ularning taqchil bo’lmasligini
ta‘minlash maqsadida byudjet amaliyotida
byudjetlararo munosabatlar mexanizmlariga murojaat qilinadi.
Byudjetlararo munosabatlarning shakllari Byudjet subvensiyalari. Subvensiyalar miqdorlari har moliya yili uchun asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlari va davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subvensiyalarning miqdorlari esa Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi..
O’tkazib beriladigan daromadlar. Respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga tushumlari o’tkazib beriladigan xo’jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
O’tkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi byudjetga tushishi lozim bo’lgan o’z daromadlarini hisobga olgan holda, ular bo’yicha tasdiqlangan hajmdan ortiq bo’lmagan miqdorda, haqiqatda tushgan tushumlar doirasida o’tkazib beriladi.
2022 йилда солиқларнинг қуйидаги турлари туманлар ва шаҳарлар бюджетларига тўлиқ ҳажмда ўтказилади: