Mavzu: Byudjet tashkilotlarida uzoq muddatli aktivlar hisobi Reja


Asosiy vositalar eskirishini hisobga olish



Download 269,5 Kb.
bet6/8
Sana25.02.2023
Hajmi269,5 Kb.
#914352
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayeva Shohida .uzoq .muddat.aktiv

5.Asosiy vositalar eskirishini hisobga olish


Tashkilotlar asosiy vositalarinirig eskirishi qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan (keyingi o'rinlarda eskirish me’yorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.
Bu hisobvaraqda tashkilot hisobida (balansida) turgan asosiy vositalarning eskirib borishi aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qo'shib) va xo'jalik inventarlari hamda foydalanish mumkin bolgan yoshga yetgan ko'p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar bo'yicha aniqlanadi va hisobga olinadi.
Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, zarur hollarda, o'zlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari va/yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tegishli qonunchilik bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda o'rnatilgan tartibda belgilashlari mumkin.
Asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan me’yoriy ko'rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu obyektning amalga oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu obyektning samarali foydalanish muddatini qayta ko'rib chiqadilar.
Beg'araz olingan asosiy vositalar obyektlarining samarali foydalanish muddati quyidagicha aniqlanadi:

  • tashkilotlardan olinganlar uchun-amalda foydalanilgan muddat- larini va avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda;

boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun-tash- kilotlarda doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan obyektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda.
Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo'yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san’atning noyob yodgorliklari bolgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o'quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko'rgazmali qo'llanmalar, mahsuldor qoramollar, qo'toslar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog'i va shunga o'xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bolgan yoshga yetmagan ko'p yillik ko'chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga qo'yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
Asosiy vositalar obyekti bo'yicha eskirish hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
Asosiy vosita obyektlari bo'yicha eskirish hisoblash asosiy vosita­larning dastlabki (tiklanish) qiymati to'liq qoplangan yoxud bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to'xtatiladi.
Asosiy vositalar obyektining samarali foydalanish muddati mobaynida eskirish hisoblanishi to'xtatilmaydi, obyektlarda amalga oshirilgan qo'shimcha qurish, qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi tufayli to'liq to'xtatilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy vosita obyektlari bo'yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.
Eskirishni hisoblash asosiy vositalar obyektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas.
Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularning hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi o'zgarishi mumkin.
Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)da asosiy vositalar obyektlari bo'yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda, shuningdek, obyektlar eskirishining yillik me’yori belgi- langan tartibda o'zgartirilayotgan boisa, asosiy vosita obyektlarining butun foydalanish muddati mobaynida hisoblangan to'liq eskirish summasi alohida inventar obyektlari bo'yicha aniqlanadi.
Avval foydalanishda boigan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga berilayotganda, shuningdek, tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda obyektlarning daklabki (tiklanish) qiymati me’yoriy- huquqiy hujjatlarga muvofiq o'rnatilgan tartibda hisoblangan eskirish summasi ko'rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa tashkilotlardan beg'araz olingan va avval foydalanishda bo'lgan asosiy vositalar-inventar obyektlar kelib tushganda, qabul qilib oluvchi tomon buxgalteriya hisobida ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirmagan holda 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag'ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va ularning dastlabki (tiklanish) qiymatidan eskirishini ayirgan holda 262 «Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari bo'yicha daromadlar» analitik hisobvarag'i krediti hamda beruvchi tashkilotlarning hujjatlariga muvofiq mazkur obyekt eskirish summasiga 02 «Asosiy vositalarning eskirishi» hisobvarag'ining tegishli analitik hisobvaraqlari krediti bo'yicha aks ettiriladi.
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan avval foydalanishda boigan obyektlar bo'yicha eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar (kitoblar)ga yoziladi.
Kelgusida foydalanishga yaroqli bo'lgajn alohida obyektlar qiyma­tining 100 foiz miqdorida eskirish hisoblanishi, ularning to'liq eskirish hisoblanganligi sababli hisobdan chiqarish uchun asos bo'lib xizmat qilmaydi.


MEMORIAL ORDER(274-son shakl)

Tashkilotning nomi
Vazirlik (idora, qo‘mita)
Budjettur____________________________________
0‘lchov birligi: so‘m.

Hujjat

Operatsiya
mazmuni

Analitik hisob­

Analitik hisob­




sana

Raqam

nomi

varaq debeti bo'yicha

varaq krediti bo4yicha

Summa

1

2

J

4

5

6

7

Jami




Bajaruvchi
(lavozimi) (imzo) (F.I.SH.)
Bosh hisobchi
(imzo) (F.I.SH.)



Ilova varaqda


Ushbu amalga oshirilgan barcha xarajatlar (g'azna va haqiqiy xarajatlar), jumladan, transport vositasini shartnoma bo'yicha sotib olish qiymati (12.0 mln.so'm) hamda sotib olish bilan bogiiq boshqa qo'shimcha xarajatlar (2.0 mln.so'm). Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifida asosiy vositani (transport vositasini) sotib olish xarajati kodida (43—50-000-»Asosiy vositalarni sotib olish» xarajat moddasining 43-54-100 «Transport vositasi» elementi bo'yicha) aks ettiriladi.
Shuningdek, asosiy vositalar kirim qilinganda emas, balki ularga belgilangan tartibda eskirish hisoblanganda, mazkur eskirish summasi har oyda haqiqiy xarajatlar tarkibida aks ettiriladi. Jumladan, hisoblangan eskirish summasi haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 va 271 analitik hisobvaraqlarning debetida va 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida aks ettiriladi.
Masalan, yuqoridagi misolda asosiy vositaga yillik eskirish me’yori 10 foiz deb olsak, u holda har oylik eskirish summasi (117.0 ming so'm) hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet: 231-«Budjet mablag’iari bo'yicha haqiqiy xarajatlar» 117.0 ming so'm
Kredit: 025-«Transport vositalarining eskirishi» 117.0 ming so'm



Guruhlar
tartib
raqami

Kichik
guruhlar
tartib
raqami

Asosiy vositalarning nomi

Eskirish- ning yillik me’vori (%)

I

Binolar, imoratlar va inshootlar




1.

Binolar, imoratlar

5




2

Neft va gaz quduqlari







3

Neft-gaz omborlari







4.

Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari







5.

Ko4priklar







6.

Dambalar, to4g4onlar







7.

Daryo va dengiz prichal inshootlari







8.

Korxonalarning terniryo lari







9.

Qirg'oqni mustahkamlovchi, qirg'oqni himoyalovchi inshootlar







10.

Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig‘imlar







11

Ichki xo‘jalik va xo4jaliklarkro sug4orish tarmog4i







12.

Yopiq kollektor-drenaj tarmog‘i







13.

Havo kemalarining uchish-qo‘nish yo‘llari, yo'laklari, to'xtash joylari







14.

Bog4larning va hayvonot bog'larining inshootlari







15.

Sport-sog4lomlashtirish inshootlari







16.

Issiqxonalar va parniklar







17.

Boshqa inshootlar







II




Uzatish qurilmalari







1.

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari

8




2.

Ichki gaz quvurlari va quvurlar







3.

Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari







4.

Magistral quvurlar







5.

Boshqalar




III




Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar

8




1.

Issiqlik texnika uskunalari







2.

Turbina uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari







3.

Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar







4.

Kompleks qurilmalar










5.

Boshqa kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)




IV




Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)




I

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va uskunalar

15




2.

Qishloq xo^jaligi traktorlari, mashinalari va uskunalari







3.

Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni uzatish raqamli elektron uskunalari, raqamli tizimlar uzatish uskunalari, raqamli aloqa o‘lchov texnikasi







4.

Yoldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa uskunalari







5.

Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining o‘xshash uskunalari







6.

Kinostudiyalarning maxsus uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati uskunalari







7.

Kompressor mashinalari va uskunalari







8.

Nasoslar







9.

Yuk ko‘tarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karyer hamda yo‘l-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar







10.

Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash- yanchish, saralash, boyitish uskunalari







11.

Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sig‘imlar







12.

Neft qazib chiqarish va burg4ulash uskunalari







13.

Boshqa mashinalar va uskunalar

















v

Harakatlanuvchan transport




1.

Temiryo‘lning harakatdagi tarkibi







2.

Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari

20
10




3.

Havo transporti

20




4.

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti







5.

Yengil avtomobillar







6.

Sanoat traktorlari







1.

Kommunal transport







8.

Maxsus vaxta vagonlari







9.

Boshqa transport vositalari




VI

Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash
uskunalari







1.

Kompyuterlar

20




2.

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari







3

Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi







4.

Boshqalar




VII




Boshqa guruhlarga kiritilmagan qat’iy belgilangan aktivlar







1.

Ko4p yillik dov-daraxtlar

10




2.

Idora mebeli -va uskunalari (shu jumladan, telefon apparatlari, hisoblash qurilmalari va boshqalar)

15




3.

Boshqalar

10



Xulosa
Inventarlash jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga o'xshash asosiy vositalarning bozor qiymati bo'yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi, belgilangan tartibda tashkilot hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida 01 «Asosiy vositalar» hisobvarag'ining tegishli analitik hisobvaraqlari debetida va 273 «Inventarlash natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar» analitik hisobvarag'ining kreditida aks ettiriladi.
Inventarlash jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar summasiga
Debet: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 273
Inventarlash natijasida kamomad chiqqan asosiy vositalar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa):

  1. hisoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi

Debet: 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari
Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari

  1. qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi

  2. Debet:231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi

  3. Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari

  1. Inventarlash natijasida kamomad chiqqan budjet mablag'lari hisobidan sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo'lgan asosiy vositalar summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa) hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi Debet:02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari

  2. qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi

Debet:231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning tegishlisi Kredit: 01-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari

  1. aybdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi

Debet:170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar
Kredit: 160 budjetga to’lovlar bo'yicha budjet bilan hisob-kitoblar

  1. aybdor shaxs tomonidan tashkilot g'aznasiga kamomad summa­sining toianishi

Debet:120 Milliy valutadagi naqd pul mablag’iari Kredit: 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar

  1. kamomad summasini hisobvaraqqa kirim qilinishi Debeti 13 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar Kredit: 120 Milliy valutadagi naqd pul mablag’iari

  2. mablaglarni budjet daromadiga o'tkazib berilishi

Debet: 160 budjetga to’lovlar bo'yicha budjet bilan hisob-kitoblar Kredit: 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’iar Inventarlash natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boimagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishidan ko'rilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida uning dastlabki (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarilishi 01 hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari kreditida, qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilishi kirim qilish manbasidan kelib chiqqan holda haqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi 231, 241, 251, 261 yoki 271 analitik hisobvaraqlarning debetida, hisoblanga1n eskirish summasini hisobdan chiqarilishi esa 02-hisobvaraqning tegishli analitik hisobvaraqlari debetida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.

Download 269,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish