Mavzu: BYUDJET TASHKILOTLARI BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG`LARI G`AZNA IJROSINI TASHKIL ETISH
Reja: 1. Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’larining shakllanishi va guruhlanishi 2. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha g’azna ijrosini tashkil etish
Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’larining shakllanishi va guruhlanishi. Byudjet tashkilotlari byudjet mablag’lari doirasida faoliyat yuritish bilar bir qatorda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi bilan belgilab qo’yilishicha, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan byudjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo’shimcha daromadlari “Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi” deb nomlangan jamg’armada jamlanadi. Bu jamg’armani shakllantirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi
Byudjet kodeksi 60-modda
- hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha tejalgan mablag’lar, bundan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar mustasno;
- byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag’larning bir qismi;
- belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’lar;
- homiylikdan olingan mablag’lar.
Davlat tibbiyot muassasalarida ham byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi bilan shuningdek vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab qo’yilgan bo’lib, ular belgilangan tartibda davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanktsiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi.
Jamg’arma mablag’laridan moddiy-texnika bazani mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag’batlantirish, boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tartibda belgilanadi.
Byudjet tashkilotlari quyidagi byudjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha smetalar tuzadilar:
- Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi;
- Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
- vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |