Mavzu: Byudjet hisobi va nazoratida moliyaviy aktivlar hisobi


-rasm. Budjetdan tashqari mablag’lar manbalari



Download 319,39 Kb.
bet11/17
Sana31.12.2021
Hajmi319,39 Kb.
#246133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Byudjet hisobi va nazoratida moliyaviy aktivlar hisobi

2.1.2-rasm. Budjetdan tashqari mablag’lar manbalari.

Budjet tashkilotlarining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan mablag’lar tushumi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.

Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari shakllanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda xarajatlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari byudjet tashkilotlarida tranzit mablag’lari (Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar, O’tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi va boshqalar) tushumi va hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladi

Budjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbaalar bo’yicha hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar bir manba bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g’azna dasturiga kiritiladi.

Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larning kassa xarajatlari kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag’lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi.

G’azna ijrosiga o’tmagan budjet tashkilotlari budjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi.

Budjet tashkilotlariga g’aznachilik bo’limlari tomonidan budjet tashqari mablag’lari bo’yicha shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko’chirmalar taqdim etiladi.

Ko’chirmalar budjetdan tashqari mablag’lar manbalari shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha alohida alohida byudjet tashkilotlariga beriladi. Ushbu ko’chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib 3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl rasmiylashtiriladi. 3-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.

Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi 11 “Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar” schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi:



  1. “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar”;

  2. “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar”;

  3. “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari”;

  4. “Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar”;

  5. “Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar”;

  6. “Valyuta hisobvarag’i”;

119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari”.

  1. “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga kirim qilingan ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to’lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag’lari hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida ta’lim muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan to’lanadigan badallari, shuningdek ovqatlanganligi uchun xodimlardan tushgan mablag’larni kirimi, kredit tomonida mablag’larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

Subschyotlar debetiga



2.1.3-rasm. Ta’lim muassasalarida ota-onalarning mablag’lari bo’yicha tushumlar hisobidan xarajatlar amalga oshirilishini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishni sxematik ko’rinishi.

  1. “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar” subschyotida tashkilotlar tomonidan o’qitishning to’lovkontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 26 fevralda 2431 - son bilan ro’yxatdan o’tgan “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risidagi” Nizomga ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushumi kredit tomonida bu mablag’larni sarflanishi, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

  2. “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari” subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkilotlarning rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha daromadlar va tushumlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining hisobi yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida byudjet tashkilotlari faoliyat turiga mos mahsulot (ish va xizmatlar) sotishdan tushumlar, ijara tushimlari, xomiylik mablag’lari tushumi, yil yakuniga ko’ra byudjet mablag’lari bo’yicha iqtisod qilib qolingan mablag’ni rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilishi aks ettiriladi kredit tomonida ushbu mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

  3. “Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar” subschyotida tashkilotlarning eskirgan va keraksiz moddiy qimmatliklarni sotishdan, shuningdek, turli xil jarimalar va penyalardan hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan tushumlar bo’yicha mablag’lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, boshqa tushimlar summasi, kredit tomonida bu mablag’larni sarflanishi , hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.

  4. “Byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar” subschyotida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi yoki tegishli hisobvaraqlarga o’tkazilishi lozim bo’lgan mablag’lar hisobga olinadi. Bu schyot asosan sud, prokuratura, boshqa xuquqni himoya qiluvchi organlarida ko’proq qo’llaniladi. Bu schyotni debet tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan mablag’lar summalari, kredit tomonida bu mablag’larni qaytarilishi aks ettiriladi.

Ushbu summalarning analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi.

  1. “Valyuta hisobvarag’i” subschyotida chet el valyutasi bo’yicha operatsiyalarning hisobi olib boriladi. Ushbu subschyotning debet tomonida chet el valyutalarining kirimi, kredit tomonida esa, chet el valyutalarining chiqimi aks ettiriladi. Bu schyotning debet tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag’lari tushumi yoki ijobiy kurs tafovuti aks ettiriladi, kredit tomonida xorijiy valyutadagi pul mablag’lari sarfi yoki salbiy kurs tafovuti aks ettiriladi.

Chet valyutasi bo’yicha mablag’larning sintetik hisobi 381-son jamlanma qaydnomada (3-memorial orderda), analitik hisobi 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) chet el valyutasi turlari bo’yicha alohida holda yuritiladi.

119 “Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari” subschyotida tashkilotlarning hisobvaraqlariga davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun Pensiya jamg’armasining hududiy bo’linmalaridan kirim qilingan mablag’lar va boshqa pul mablag’lari hisobga olinadi. Bu schyotning debet tomonida Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar va boshqa mablag’lar tushumi kredit tomonida bu mablag’larni sarflarishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi




Download 319,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish