2.«Internet ashyolar»ning rivojlanish istiqbollari.
1999-yil Massachustes texnologiya institutida «Avtomatik identifikatsiya Markazi» (Auto-ID Center) radiochastotali identifikatsiya va yangi sensor texnologiyalari tashkil qilindi. Ushbu markaz bo‘limlaridan biri Cisco IBSG (Internet Business Solutions Group) fikricha: «Shunday vaqt bo‘ladiki, Internetga ulangan buyumlar soni insonlardan ham ko‘p bo‘ladi». 2003-yilda Yer yuzida 6,3 mlrd. aholi, Internetga ulangan, buyumlar esa 500 mln.ga yaqin edi. Har bir aholiga 0,08 tadan texnikalar to‘g‘ri kelgan. 2004-yil «Scientific American» ilmiy jurnalida «Internet ashyo» haqida maqola chop etilgan. Unda maishiy mahsulotlar (budil’nik-soat, konditsioner), uy tizimi (xavfsizlik, o‘simliklarni sug‘orish, yoritish), datchiklar (issiqlik, yoritish) va boshqa turli texnikalarning o‘zaro tarmoq orqali kommutatsiyasi va to‘liq avtomatik boshqarilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 2010-yilga kelib haqiqatdan ham Internet orqali boshqariladigan buyumlar soni aholi sonidan oshdi. Yer yuzi aholisi 6.8 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lsa, «Internet ashyo» esa 12,5 mlrd., ya’ni har bir kishiga 1,84 ta shunday texnikalar to‘g‘ri kelgan. Rob Van Kranenburg mashhur nazariyotchi fikriga ko‘ra, «Internet ashyo» o‘zining to‘rt avlodidan iborat bo‘lib, uning bosqichlari:
1-bosqich: har bir obyektning identifikatsiya aloqasi;
2-bosqich: har bir insonning o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi tizim, misol uchun: «aqlli uy»;
3-bosqich: shahar hayotining urbanizatsiyasi, misol uchun: «aqlli shahar»;
4-bosqich: sensorli sayyora. Bir nechta tarmoq orqali alohida megapolislar orasidagi tarmoq muloqoti.
Bashariyat uchun buyumlarni Internet orqali boshqarishni yo‘lga qo‘yishga quyidagi ikki omil sababchi bo‘lsa kerak. Birinchi va eng dolzarbi – erinchoqlik. Tasavvur qilib ko‘ring: o‘rningizdan turmagan holda nonushta tayyorlash. Buning uchun oshxona jihozlaringizni Internetga ulaysiz va ularning har birini o‘z mobil telefoningiz orqali istaganingizcha boshqarasiz. Ikkinchi omil esa – xavfsizlikka bog‘liqdir. Ko‘pincha uydan chiqqandan so‘ng dazmolni tokdan uzdimmi, gaz va suvni o‘chirdimmi, eshikni quluflab chiqdimmi kabi savollar o‘z-o‘zidan hammaning xayoliga kelishi mumkin. Shu kabi hayollarga chek qo‘yish maqsadida uydagi har bir texnikani Internet tarmog‘iga ulagan holda ularni boshqarish har bir insonga qulaylik tug‘diradi, albatta. Misol uchun, dazmolga ikki daqiqadan so‘ng undan foydalanilmayotgan holatda avtomatik tarzda o‘chishi kerakligi haqidagi ma’lumotni kiritib qo‘yish, suvni o‘chirmagan holda esa suvni nazorat qiluvchi datchiklar avtomatik tarzda ishga tushib suvni o‘chirishi hamda bu haqda uy egasiga Internet orqali xabar berishi. Uyingizning xavfsizligi maqsadida uydan chiqilgandan so‘ng oynalarning avtomatik tarzda yopilishi hamda kimdir o‘g‘irlikka tushmoqchi bo‘lsa, uydagi kameraning rasmga yoki video tasvirga olish funksiyasi orqali uy egasiga xabar berishi, uydagi signalizatsiya tizimini ishga tushishi va hattoki bu haqida militsiya xizmatiga ham xabar berishi qanday qulayliklarni yaratadi.
YARATILISH TARIXI VA RIVOJLANISHI
Internet buyumlari tarmog‘ining tezlik bilan rivojlanishi va bu tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari bilan (ya’ni kam energiya talab etishi va past ma’lumot uzatish tezligida ishlashi) bog‘liq ravishda ushbutalablarni qanoatlantiruvchi protokollarni ishlab chiqish zaruriyatini keltiribchiqardi.
IoT tarmog‘ida barchaga ma’lum bo‘lgan HTTP protokolining o‘rniga CoAP protokoli ishlaydi va bu protokol past tezlikdagi, ko‘p yo‘qotishli va bir vaqtda ko‘p manzilli tarqatmalar amalga oshiriluvchi tarmoqlardaishlashga mo‘ljallangan.
1999 yilda MQTT (Message Queuing Telemetry Transport) protokoli ishlab chiqidi, ammo 2010 yildan keyingina ommalashdi. MQTT protokoli past tezlikli va katta kechikishli trmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shuning uchun ham mashinalar orasida ma’lumotlar almashinish uchun (M2M) juda mos keladi. 2002 yilda XMPP ishchi guruxi tashkil etilib uning vazifasi Jabber asosida oniy vaqtda ma’lumotlar almashinish uchun protokol ishlab chiqish edi. Ushbu ishchi gurux 4 ta maxsus xujjat ishla chiqshdi va bu 2004 yilda standart sifatida qabul qilindi.
PROTOKOLLARNING TEXNIK XARAKTERISTIKALARI
Umumiy xolatda IoT tarmoqlarida qo‘llaniluvchi protokollar tarmoqning aloxida uchastkalari uchun aloxida ishlab chiqiladi. SHuning uchun ham IoT tarmog‘ida quyidagi uchastkalar ajratilgan: Sensor uzeli – Server (CoAP, MQTT, XMPP, STOMP), server – server (AMQP). IoT da qo‘llaniluvchi ko‘plab protokllar mavjud va ulardan quyidagilar eng ommlashganlari
DDS (Data Distribution Service) – oxirgi qurilmalar o‘rtasida buyruqlarni real vaqt rejimida uzatilishi ta’minlovchi bazaviy texnologiyadir. realizuet shablon publikatsii-podpiski dlya otpravki i priema dannыx, sobыtiy i komand sredi konechnыx uzlov. SHuningdek DDS protokoli QoS ni ta’minlashga imkon beradi.
CoAP (Constrained Application Protocol) – foydalanuvchi nuqtai nazari bilan qaraganda HTTP protokoli bilan bir xil, farqi bu protokol sarlavxasining kichiklagidir va bu uning past imkoniyatli tarmoqlarda ishlashini ta’minlaydi. Bu protokol mijoz – server rejimida ishlaydi va uzellarning xolati xaqidagi (GET, PUT, HEAD, POST, DELETE, CONNECT kabi) serverga axborot uzatishni ta’minlaydi. Transport sifatida UDP dan foydalaniladi.
XMPP (Extensible Messaging and Presence Protocol) – bu protokol real vaqt rejimida axborotlar uzatishni ta’minlaydi. SHuningdek kichik tarmoqlarda qurilmalarga domen nomli adresaiyani ham ta’minlaydi («name@domain.com»).
MQTT (Message Queue Telemetry Transport) – ko‘plab uzellardan ma’ulmotlarni yig‘ish va serverga uzatishni amalga oshiradi. Transport sifatida TCP ni qo‘llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |