Kruzenshternning dunyo bo'ylab sayohati:
Dunyo bo'ylab birinchi rus ekspeditsiyasi Xitoy, Yaponiya bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yish va Shimoliy Amerika hamda Uzoq Sharqdagi rus yerlariga yuklarni yetkazib berish yo'llarini izlash maqsadida tashkil etildi. Ekspeditsiyani rossiyalik dengizchi Ivan Fyodorovich Kruzenshtern boshqardi. Ilgari u Britaniya flotida xizmat qilib, yaxshigina tajriba orttirgandi. U Xitoyda va Hindistonda bo'lib, Amerikadagi inglizlarga qaram yerlar bilan tanishgandi. Rossiyaga qaytgach u imperator Pavel I ga o'zining dunyo bo'ylab safar qilish loyihasini taqdim etdi, biroq bu loyihani faqatgina Aleksandr I taxtga o'tirgandan so'nggina amalga oshirish imkoni paydo bo'ldi. I. F. Kruzenshtern qo‘mondonligidagi «Nadejda» va Y. F. Lisyanskiy qo‘mondonligidagi «Neva» kemalaridagi dengiz safari o'sha paytlardagi aksariyat dunyo bo'ylab sayohatlar singari uch yil (1803-1806) davom etdi. Yo'lning bir qismini kemalar alohida-alohida bosib o'tdilar. Ikkala kapitan ham safarlarini batafsil yozib bordilar. «Nadejda» komandasi 58 kishidan, «Neva» esa 47 kishidan iborat edi. Ular ko'p sonli ko'ngillilar ichidan tanlab olingan edi. Ekspeditsiya o'sha vaqtning eng mukammal astronomik, fizik va navigatsion asbobuskunalari bilan jihozlangan edi. Uning tarkibiga astronom I. Corner, tabiatshunoslar V. Tilezius fon Tilenau va G. Landsdorflar kiritilgan edi. «Nadejda» kemasi bortida Rossiya-Amerika kompaniyasining direktor-ta’sischilaridan biri N. P. Rezanov ham bor edi. Ekspeditsiyaning oldiga murakkab vazifa qo'yilgan edi: ikki okeanni kesib o‘tish, o'zining dovullari bilan mashhur xavfli Gorn burunini aylanib o'tish, 600 sh.k. ga ko'tarilish, kam o'rganilgan qirg'oqlarga tashrif buyurish. Sayohatning birinchi qismi, ya'ni Angliyaga yetib borish, so'ngra Atlantika okeani orqali Gorn burunini aylanib o'tish ikkala kema birgalikda amalga oshirgan bo'lsa, undan keyin Sandvich (Gavay) orollaridan boshlab «Nadejda» Yaponiya va Kamchatkaga, «Neva» esa Rus Amerikasiga qarab yo'l oldi. Janubiy Xitoy atrofida uchrashgan har ikkala kemaYaxshi Umid burunidan o'tib Rossiyaga jo'nadi. Sayohat vaqtida qimmatbaho botanik, zoologik va etnografik kolleksiyalar to'plandi, astronomik, meteorologik va okeanografik kuzatishlar olib borildi. 1809-1812-yillarda I. F. Kruzenshtern o'zining uch tomli «Dunyo bo'ylab sayohat» asarini chop ettirdi. Bir necha tillarga tarjima qilingan ushbu asar birdaniga mashhur bo'lib ketdi. 1813-yilda «Kapitan Kruzenshternning dunyo bo'ylab sayohati atlasi» chiqdi. Keyinchalik Kruzenshtern keng ko'lamli izohlari bilan «Janubiy dengiz atlasi»ni chop ettirdi. 1845-yilda I. F. Kruzenshtern Rus geografik jamiyatining ta’sischilaridan biriga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |