Mavzu: Buxorodagi ziyoratgohlar. Tayyorlovchi: Mamatova M.
Labi hovuz ansambli
Labi Hovuz (“hovuz bo‘yida”, “havza bo‘yida”) — Buxoroning markaziy maydonlaridan biri bo‘lmish me’moriy ansambr XVI — XVII asrlarda yaratilgan. Maydoni Ko‘kaldosh, Devon Begi madrasalari hamda Devon Begi honaqohi binolaridan tashkil topgan, atrofi Nodir begi hovuzi bilan birlashtirilgan. Ansambl o‘lchami, taxminan 150x200 metrdir.
Asr o‘rtalarida Labi Hovuz jonli savdo maydoni bo‘lgan, sababi, bosh savdo ko‘chasining savdo gumbazlariga yaqinligi (ulardan biri maydondan 200 metr masofada joylashgan) va Buxorodagi qurilishlarning nihoyatda zichligidir.
Labi Hovuzda saqlanib qolgan ilk inshoot 1569 yilga tegishli bo‘lib, u shayboniylarning mansabdorlaridan bo‘lmish Abdullaxon II ning O‘rta Osiyoda yirik Ko‘kaldosh madrasasini qurilishi haqidagi buyrug‘i bilan boshlangan. 1619-20 yillar boshlarida vazir Imomqulixon davrida o‘zbeklarning arlat sulolasi vakili bo‘lmish Nodir Devonbegi tashabbusi va mablag‘iga qurilgan. 1623 yil vazir Nodir Devonbegi tomonidan keyinchalik Devonbegi madrasasiga aylangan karvonsaroy binosi qurdiriladi. 20 yillar Buxoroning ko‘plab boshqa hovuzlari kabi ko‘pchilik tomonidan barpo qilingan hovuz mo‘’jizaviy tarzda qurishdan to‘xtaydi, hovuzning saqlanib qolishida ansamblning badiiy qimmati katta rol o‘ynagan.

Keyinroq maydonga Xo‘ja Nasriddin haykali o‘rnatiladi.
Nodir devonbegi madrasasi
Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonnchng vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1622—23). Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. Labi-hovuz ansamblinit sharqiy qismida joylashgan. Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan mad-rasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yoʻq, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan oʻralgan. Hujralarga oʻymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar oʻrnatilgan.
Hovliga pishik gʻisht yotqizilgan. Bosh tarzi may-donga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtogʻi oʻziga xos mahobatli va serha-shamdir. Undagi oʻsimliksimon naqshlar orasida kuyoshga intilayotgan afsonaviy xumo kushi va bugʻuning oʻtlab yurgan tas-viri koshinkori bezaklari yorqin boʻyoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalariga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungoʻshasi buramasimon. Peshtogʻining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldas-ta ravokdardagi nakshlar bilan oʻzaro uy-gʻunlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m, hovli 34 x7O m. Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. bir necha marta taʼmirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yoʻqotilib, buzilib ketgan huj-ralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining saʼyharakatlari bilan bosh tarzi kayta jilolandi.

Abdulazizxon madrasasi
Buxorodagi me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lgan Abdulazizxon madrasasi ashtarxoniylarning beshinchi vakili Abdulazizxonning buyrug‘i bilan me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan.
U o‘rta asrlarning songgi bosqichiga mansub bo‘lib, Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida qurilgan.
Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx – 1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o‘g‘li bo‘lgan. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan esa Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi fazifasida faoliyat yuritgan.
1645-yildagi fitna natijasida Buxoro xonligi taxtini egallagan. Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan.

Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shimoliy-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YuNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.