Amir Shohmurod Buxoro amirligi davlatchiligi tarixida o`z o`rniga ega bo`lgan hukmdorlardan sanaladi. U turkiy o`zbeklardan bo`lgan mang`itlar sulolasi hukmdorlari ichida birinchi bo`lib, “amir” unvoni bilan davlatni boshqardi. O`zbek milliy davlatchiligi tarixida“Amiri Ma'sum” (“Begunoh amir”) nomi bilan qolgan Shohmurodning hukmronlik yillari (1785-1800) Buxoroda markaziy hokimiyatning nisbatan mustahkamlanish davri bo`ldi. Markaziy davlat boshqaruvini tiklash uchun Shohmurod ham o`z hukmronligining dastlabki yillarida mamlakatdagi separatistik kuchlarga qarshi qattiq kurash olib borishga majbur bo`ldi. U nafaqat siyosiy vaziyatni yaxshilashga erishdi, balki bir qator ma'muriy, iqtisodiy, madaniy tadbirlarni amalga oshirdi. Bu davrga kelib ruhoniylarning mavqei ancha oshdi. Mang`itlar sulolasi markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qanchalik urinmasin, viloyat hokimlarining mustaqillikka intilishi davom etaverdi. Ayniqsa, Buxoroga muxolif bo`lgan Shahrisabz va Kitob viloyatlari bilan kurashlar shiddatli bo`ldi. Faqat 1853 yildagina bu bekliklarni Buxoroga bo`ysundirishga muvaffaq bo`lindi. Amir Shohmurod tomonidan o`tkazilgan moliya, sud, yer, ma'muriy va harbiy sohadagi islohotlar natijasida mamlakatda siyosiy-iqtisodiy yuksalish ko`zga tashlanadi. Soliqlarning tartibga solinishi, sud ishlaridagi nohaqliklarga chek qo`yilishi, mahalliy amaldorlar faoliyati ustidan nazorat o`rnatilishi savdo-sotiq va hunarmandchilikning, qishloq xo`jaligining yuksalishiga sharoit yaratdi. Amir Shohmurod o`g`li Amir Haydarni mang`itlarning ota meros mulki hisoblangan va amirlikda katta nufuzga ega bo`lib borayotgan Qarshi shahriga hokim qilib tayinladi. Shundan so`ng Buxoro taxti vorislarining Qarshida hokimlik qilishi odat tusini oldi. Amir Shohmurodning vafotidan so`ng taxtga o`tirgan Amir Haydar otasi boshlagan siyosatini izchillik bilan davom ettira olmadi. Uning amirlik davrida Buxoroda (1800-1826) siyosiy vaziyat keskinligicha saqlanib qolayverdi. U Buxoroga buysunishdan bosh torgan Shahrisabz, Urgut bekliklariga, Miyonqolga qarshi janglar olib borishga majbur bo`ldi. Harbiy kuch samara bermagan paytlarda esa bunday vaziyatlarda tomonlar bilan kelishuvchanlik yo`lini tutdi. Amir Haydar davri (1800-1826) ham ichki va tashqi urushlardan holi bo`lmadi. Ayniqsa O`ratepa bir necha marta qo`ldan-qo`lga o`tib turdi. 19 asr birinchi choragida Buxoro bilan Xiva va Qo`qon xonliklari o`rtasida O`rta Osiyoda ustunlikka erishish uchun qirg`in-barot va talon-taroj urushlari bo`ldi. Toshkent, Turkiston,Chimkent va ularning atrofi Qo`qon xonligi tasarrufiga o`tdi. 1825 yilda Xiva xonligi Buxoroga qarashli Marvni egalladi. To`xtovsiz urushlar, soliqlar miqdorining oshishi qo`zg`olonlarga, jumladan 1821-1825 yillarda Buxoro va Samarqand oralig`larida istiqomat qiluvchi xitoy-qipchoq qabilalari qo`zg`oloniga sabab bo`ldi. Amir Haydarning vorisi
Do'stlaringiz bilan baham: |