Memorial-order shakli, asosan, bir turli xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olishda ishlatiladi. Bu formada yozuvlar sintetik hisoblar bo‘yicha maxsus kitoblarda, analitik hisob ko‘rsatmalar esa maxsus kartochkalarda olib boriladi, ya’ni memorial-order shaklida kitob-kartochka registrlari birgalikda yuritiladi. Amalga oshiriladigan bir turli xo‘jalik operatsiyalari guruhlash vedomostlarida umumlashtiriladi va ularga taalluqli hujjatlar biriktirilib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shaklida hujjatlarni rasmiylashtirish qayta ishlash tartibi hamda sintetik va analitik registrlarga yozishlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Memorial-orderlarning hamma xo‘jalik operatsiyalariga boshlang‘ich asosida yoki guruhlangan va jamlangan vedomostlarga muvofiq provodkalar beriladi. Buxgalteriya hisob shakllarida korxona va muassasalarida amalga oshirilgan har xil xo‘jalik operatsiyalari o‘z vaqtida izchillik bilan hisob registrlarida ma’lum belgilangan tartibda olib borilishi ta’minlanadi.
1928—1930- yillarda buxgalteriya hisobining memorial-order shakli yuzaga keldi. Bu shaklning mohiyati shundaki, unda dastlabki hujjatlar asosida memorialorderlar tuzilib, ularda xo‘jalikoperatsiyalarining korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatiladi. Buxgalteriya hisobining memorial-order shaklida buxgalteriya yozuvlari uchun asos bo‘lgan hujjatlar orderga biriktiriladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar jamlash va guruhlash vedomostlarida (jurnal-order) va yordamchi vedomostlarida olib boriladi. Buxgalteriyaga topshirilgan boshlang‘ich hujjatlar memorial-orderlarda aks ettirilmasdan, birdaniga jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo‘llaniladigan jurnallar bir vaqtda xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya provodkalari bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib, memorial-orderlarda aks ettirish zarurati tug‘ilmaydi.
Buxgalteriya hisobining bu shaklining jurnal-order deb atalishiga sabab, bu yerda memorial-orderlar o‘rnini, avvaldan hisoblarining korrespondensiyasi tuzilib qo‘yilgan maxsus hisob registrlari, ya’ni jurnal-orderlari egallaydi, shuning uchun buxgalteriya hisobining bu shakli jurnalorder deb ataladi.
Bu shakl xronologik va sistematik yozuvlarda birga qo‘shilib olib boriladi, ya’ni, asosan, kombinatsiyalashgan registrlar ishlatiladi. Asosiy registr bo‘lib jurnal-order, yordamchi vedomostlar hisoblanadi.
Har bir jurnal-order ikki registrdan:
— vedomostdan;
— jurnal-orderdan tuziladi.
Vedomostlardan foydalanishning mohiyati shundan iboratki, tashkilot va muassasalar oy davomida bir turdagi operatsiyalarni ko‘p amalga oshirishlari mumkin. Bunday paytda bir turli operatsiyalar vedomostlarda oy davomida yig‘ilib, oy oxirida esa jurnal-orderi to‘ldiriladi. Vedomostlar faqat jurnal-orderiga yozish uchun asos bo‘lib qolmasdan, ular analitik registrlar vazifasini ham bajaradi. Jurnal-order yozuvlari bir vaqtda shaxmat usulida, ikki tomonlama yozuvga asoslanib olib boriladi, ya’ni biri hisobning debeti bo‘yicha, ikkinchisi esa kredit bo‘yicha. Ayrim jurnal daftarlar iqtisodiy mazmuni jihatdan bir-biriga mos bo‘lgan bir necha sintetik hisoblar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin, masalan: 13 nomerli jurnal-order «Asosiy vositalar», «Asosiy vositalarning eskirishi», «Ustav fondi» kabi sintetik hisoblarning kredit orderi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangandir.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hujjatlarning aylanishi tezlashadi, memorial-orderlar kabi ro‘yxatga olish jurnallari tuzilmaydi, hisob registrlarda yozuvlar takrorlanishi yo‘qoladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli hozirgi vaqtda savdo tashkilotlarida keng qo‘llanilmoqda. Hisobning jurnal-order shakli bir qancha fazilatlarga ega. Bu shaklda ro‘yxatga olish jurnali tuzilmaydi va hisob ishlarining hajmi qisqaradi. Jurnal-orderidagi yozuvlarning yaqqol va tushunarli bo‘lishi tufayli xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish osonlashadi va hisoblash mashinalaridan foydalanishning asosiy yo‘llarini belgilab beradi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasida buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish va buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatilgandir.
Buxgalteriya hisobi shakllari tarixiy davr mobaynida tashkil topa boradi va har bir davrning o‘ziga xos rivojlanish uslubi kabi hisob shakli ham o‘z o‘rnini ikkinchi bir ma’lum tartibdagi ilg‘or deb hisoblangan hisob shakli bilan almashtiradi.
Italiyalik matematik olim Luka Pacholi tomonidan 1494yilda chop etilgan „Schotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktat“ kitobining yaratilishini buxgalteriya hisobi schotlari va ikki yoqlama yozuv asosida buxgalteriya hisobini yuritishning boshlanish davri deb atash mumkin.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar jamlash va guruhlash vedomostlarida (jurnal-order) va yordamchi vedomostlarida olib boriladi. Buxgalteriyaga topshirilgan boshlang‘ich hujjatlar memorial-orderlarda aks ettirilmasdan, birdaniga jurnal-orderlarda aks ettiriladi. Chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo‘llaniladigan jurnallar bir vaqtda xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya provodkalari bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib, memorial-orderlarda aks ettirish zarurati tug‘ilmaydi.