2.Tovar-moddiyzaxiralar. 3.Kelgusidavrxarajatlarivamuddatiuzaytirilganxarajatlar — joriyqismi. 4.Olinadigan schotlar. 5.Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar.
V.Moliyaviy natijalaming shakllanishi va ishlatilishi
9. Daromadlar va xarajatlar
90-99
VI. Balansdan tashqari schotlar
001-014
Buxgalteriya hisobi schotlarining tasnifi. 21- son BHMS ga muvofiq buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan schyotlar quyidagi belgilari bo'yicha tasniflanadi (5- chizmaga qarang).
Buxgalteriya hisobi schotlari Doimiyligiga ko‘rabuxgalteriya hisobi schotlari doimiy va tranzit schotlarga bo‘linadi.
Doimiy schotlar deganda, hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘ladigan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlami hisobga olishga mo‘ljallangan schotlar tushuniladi.
Tranzit schotlar deganda, hisobot davrida korxonaning daromad va xaiajatlarini hisobga olish uchun qo‘llanilib, hisobot davrining oxirida yopilib ketadigan va qoldiqqa ega bo‘lmaydigan schotlar tushuniladi.
Balans tomonlarida joylashishiga ko'rabuxgalteriya hisobi schotlari aktiv, kontraktiv, passiv, kontrpassiv schyotlarga bo‘linadi.
1.Aktiv schotlar — korxona aktivlarini aks ettirishga moijallangan schotlar.
2.Passiv schotlar — korxona aktivlarini tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi xususiy kapital va majburiyatlami aks ettirishga moijallangan schotlar.
3.Kontraktiv schotlar — korxona aktivlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalami aks ettirishga moijallangan schotlar.
4.Kontrpassiv schotlar — korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalami aks ettirishga moijallangan schotlar.
Balansga summasi kiritilishiga ko'rabuxgalteriya hisobi schotlari balans va
balansdan tashqari schotlarga boiinadi.
1.Balans schotlari — bu qoldiqlaribalansga kiritiladigan schotlar. Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettirishga moijallangan barcha schotlar balans schotlari hisoblanadi.
2.Balansdan tashqari schotlar — korxonada vaqtinchalik saqlanayotgan, foydalanilayotgan, lekin unga tegishli boimaganligi uchun balansga kiritib boimaydigan aktivlarni, shartli huquq va majburiyatlami aks ettirishga moijallangan schotlar.
Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko'rabuxgalteriya hisobi schotlari sintetik va analitik schotlarga bo‘linadi.
1.Sintetik schotlar — bu maiumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab beruvchi schotlar. Ular asosida yuritiladigan hisob sintetik hisob deb ataladi. 21- son BHMS da ko'rsatilgan barcha schotlar sintetik schotlar hisoblanadi. Demak, davlat tomonidan faqat sintetik schotlar reglamentlashtiriladi.
2.Analitikschotlar — bu maiumotlarni turli batafsil- liklarda va turli oichov birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schotlar. Ushbu schotlar asosida yuritiladigan hisob analitik hisob deb ataladi. Analitik schotlar korxonalar tomonidan mustaqil ravishda ochiladi va yuritiladi. Analitik schotlar summalarining yig'indisi sintetik schot summasiga teng bo'lishi lozim. Masalan, korxonaning N° 6010 „Ta’minotchilar va pudratchilarga to'lana- digan schotlar“ sintetik schotida aks ettirilgan jami qarzlarining summasi ushbu schotga ochilgan analitik schotlar (ushbu holda alohida ta’minotchilar) ning qarzlari summasining yig'indisidan iborat bo'lishi kerak.
21- son BHMS ga muvofiq schotlar 4 xonali sonlar bilan raqamlanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini kompyuterlarda yuritishda ushbu raqamlarni seriyalarga ajratish muhim rol o'ynaydi. Jumladan, moliyaviy hisobot shakllarini tuzish uchun schotlar- ning 4 xonali sonlaridagi birinchi ikkitasi yetarli soblanadi, chunki aynan shu birinchi ikkita raqamlar hisobotda aks etuvchi ko'rsatkichlarning umumiy summalarini ifodalaydi, masalan 01- seriyali raqam asosiy vositalar bo'yicha yuritiladigan barcha sintetik schotlaming ( 0110—0199) ma’lumotlarini , 90- seriyali raqam sotishdan olingan daromadlar bo'yicha yuritiladigan barcha sintetik schotlaming ( 9010—9030) ma’lumotlarini jamlab beradi.
son BHMS sifatida tasdiqlangan schotlar rejasi kitobga
- ilova qilib keltirilgan.
Buxgalteriya hisobi schotlarining tuzilishi va yuritilishi. Amaliyotda buxgalteriya hisobi schotlari kitoblar, jurnallar, memorial-orderlar, vedomostlar, kartochkalar ko'rinishida qo'lda yoki zamonaviy kompyuterlaming ekranlarida yuritiladi. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi schotlarining registrlari hisoblanadi. Registrlar ko'rinishida yuritiladigan buxgalteriya hisobi schotlari yozuvlami tartib bilan tizimlash uchun ikki tomonga — chap va o'ng tomonlarga ajratiladi. Schotlaming chap tomoni „debet“, o'ng tomoni esa „kredit‘“ deb ataladi. Har bir schot ichki tomondan to'rtta elementni o'z ichiga oladi:
Bosh qoldiq — bu schot bo'yicha hisobot davri boshidagi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni „bosh saldo" deb ham ataydilar.
Debet oborot — bu schotning debet tarafiga yozilgan summalaming yig'indisi. Aktiv schotlarda ushbu oborot hisobot davrida schotning bosh qoldig'i summasining qanchaga ko‘payganligini bildiradi, passiv schotlarda esa hisobot davrida schotning bosh qoldig‘i summasining qanchaga kamayganligini bildiradi.
Kredit oborot — bu schotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig'indisi. Aktiv schotlarda ushbu oborot hisobot davrida schotning bosh qoldig'i summasining qanchaga kamayganligini bildiradi, passiv schotlarda esa hisobot davrida schotning bosh qoldig'i summasining qanchaga ko'payganligini bildiradi.
Oxirgi qoldiq — bu schot bo'yicha hisobot davri oxiri- dagi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni „oxirgi saldo" deb ham ataydilar.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi schotlarini grafik ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin.