I. Bolim
1.1. Buxgalteriya xisobi haqida tushuncha
Buxgalteriya xisobi - xalq xujaligi tarmoqlarida buxgalteriya xisobini yuritish usullarini urganib, umumlashtirib, uning ilg’or usullarini joriy etish bilan shug’ullanadi..
Kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida xam xalq xujalik xisobiga talab mavjud bulgan. Chunki, xalq xujaligi xisobi insoniyat uchun zarur bulgan iste'mol buyumlari, kiyim-kechak, ozik-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni xisobga olish demakdir. Xar bir jamiyatning xam asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy xayotida sodir bulayotgan voqea va xodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bulgan mexnat buyumlari, mexnat qurollarini, xamda mexnat jarayonlarini xisobga olib borish zarur buladi. Xuddi shu vazifani xalq xujaligi xisobi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xalq xujaligi xisobi axamiyati kupaydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat xisob-kitobni tashkil etish, tugri yurgizish orqaligina ega bulish mumkin, ya'ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mexnat miqdoriini aniqlash kerak buladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining usishi natijasida xujalik faoliyatiga raxbarlik kilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xujalik xisobi axamiyati oshgan, jamiyat xamma soxalarida mulklarni xisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xujalik xisobi orqali olingan ma'lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror va qonun xamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xalq xujaligi faoliyati boshqariladi.
Xalq xujaligidagi xisob turlari asosan quyidagi funkisiyalarni bajaradi:
a) xalq xujalik xisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bulayotgan xujalik jarayonlarini kuzatib borish.
b) kuzatish orkali olingan ma'lumotlarni miqdoriiy kursatmalarda ifodalash.
v) korxona, tashkilot, muassasa xujalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus xujjatlarda qayd etish.
g) maxsus xujjatlarda aks ettirilgan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruxlashtirish, xujalik jarayonlari ustidan nazorat urnatish va ularga ta'sir etish.
Xalq xujalik xisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot va umuman butun xalq xujaligining iqtisodiy jixatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja kursatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muxim axamiyatga kasb etadi. Xalq xujalik xisobiga quyilgan talablar quyidagilardan iborat:
1 Xisobning sodda va tushunarli bulishi. Sodda va xamma uchun tushunarli xisobni tashkil etishdan asosiy maqsad, uni murakkablashuviga yul quymaslik, xamda xisob ma'lumotlaridan keng xalq ommasi foydalana olishini ta'minlashdan iborat.
2 Xisobni rejaliligi. Bu talab yuqorida aytib utilgan soddalik talabi bilan chambarchas boglikdir. Xisobda albatta zaruriy ma'lumot va kursatkichlarga ega bulgan xolda, xisob yuritish xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim.
3 Xisobning aniq va tugriligi. Bu talab negizida xujalik faoliyatlarida kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarni xujjatlarda anik va tugri kayd etish tushuniladi. Xar xil maqsadlarda yoki e'tiborsizlik qilib xalq xujalik xisobini noanik xamda notugri aks ettirish qonunbuzarlik xisoblanadi.
4 Xisob ishlarini uz vaqtidada amalga oshirish, ya'ni xisob ishlariga taallukli qanday xodisa sodir bulgan bulsa, albatta oz vaqtida aks ettirmok, xujjatlarga qayd qilmok zarur buladi. Bu talab tulik bajarilganda va xujalik faoliyati ustidan boshqaruv olib borish yaxshi yulga quyiladi, ruy bergan yoki ruy berishi mumkin bulgan kamchiliklar oz vaktida yuqotiladi.
5 Xisob kursatkichlari bilan reja kursatkichlari birligi. Korxona, muassasa, tashkilotlarda qaysi mulkchilik shakli asosida faoliyat olib borishidan qat'iy nazar oz oldiga joriy va kelgusi reja kursatkichlarini tuzib oladi. Butun xalq xujaligi va ularni tarmoqlari buyicha xamda mamlakat miqyosida reja kursatkichlari belgilab olinadi. Xuddi shu kursatkichlar bilan xisob kursatkichlari birligi (shu bilan birga ijobiy farqlar) katta axamiyat kasb etadi. Xisob ishlab chiqarishni borishi, savdo, ta'minot, qishlok xujaligi, qurilish, maishiy xizmat, transport va xakozolar faoliyati qay darajadaligi xaqida ma'lumot beradi, reja bajarilish ustidan nazorat urnatib, taxlil qilish imkonini yaratadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish ichki va tashqi omillarini topish imkonini yaratadi.
Xalq xujalik xisobi yagona bir tizim bulib, uning ajralmas, bir-biri bilan uzaro bog’lik 3 turi mavjud:
1 Tezkor xisob, bu xisob xalq xujaligi tarmoqlari korxona, muassasa, tashkilotlarining ayrim bir bulimlarida sodir bulayotgan xujalik jarayonlari haqida zaruriy ma'lumot va kursatkichlarni joriy kuzatish va nazorat etish orkali tegishli joylarga etkazish va bu ma'lumotlardan tegishli maqsadlarda foydalanishi imkonini beradi. Bu xisobda xamma aloqa vositalaridan (telefon, telegraf, ogzaki yoki xujjatlardan) foydalaniladi, shuningdek, ulchov birliklarining 3 turidan xam foydalaniladi. Tezkor xisobning uziga xos xususiyatlaridan yana biri ma'lumotni tezda yigilishi va tezda etkazilishidir. Misol, tovar zaxiralari miqdori, xodimlarning ishga kelgan yoki kelmaganligi, mexnat xaqi berilgani, mol etkazib beruvchilardan tovarlar kelganligi, sotilgan tovardan kelgan tushum va xakozolar xaqidagi tezkor ma'lumotlar.
2 Statistika xisobi ma'lum bir vaktda butun xalq xujaligi xamda aloxida bir olingan korxona, tashkilot, muassasalar ijtimoiy rivojlanish konuniyatlarini miqdoriiy ifodalash. Statistika xisobi xujalik faoliyatini bir turdagi ommaviy xodisalarni: maxsulot ishlab chiqarish, mexnat unumdorligi usishi, tannarxni pasaytirish, rejani bajarilishi, shu bilan birga ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni, ya'ni axoli sonini uzgarishi, madaniyat, soglikni saklash ishlarini borishi va boshqalarni urganadi, xamda nazorat kiladi. Statistik xisobda muayyan metodik usullardan, ya'ni statistik kuzatish, statistik yigish, statistik guruxlash, urta miqdorini olish, tanlab urganish va xakozolardan foydalaniladi. Statistik xisobda xam 3 ulchov birliklari kullanilishi mumkin. Statistik xisobda tezkor xisob va buxgalteriya xisobi ma'lumotlaridan foydalaniladi.
3 Buxgalteriya xisobi korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xujalil mablaglari, ularni tashkil topish manbalari xamda ular xarakati natijasida sodir buladigan xujalik jarayonlarini uzluksiz va yoppasiga kuzatib, kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarni xammasini ulchash, baxolash va tekshirish, ularni xujjatlarda tulik ifodalab aks ettirish, xamda ularni pul ulchovida umumlashtirishdan iborat.
Buxgalteriya xisobida 3 ulchov birligidan foydalanilsada, ammo yagona pul ulchov birligida umumlashtiriladi, bundan tashkari buxgalteriya xisobining yana bir xususiyati xamma jarayonlar xujjatlarda aks ettirish lozim.
Xalq xujaligidagi xisob turlarida quyidagi ulchov birliklaridan foylalaniladi:
1 Natura ulchovi.
2 Pul ulchov birligi.
3 Mexnat ulchov birligi.
Natura ulchov birligi tezkor xisobda, statistik xisobda, buxgalteriya xisobi analitik xisobida keng qullaniladi. Bu ulchov birligi bir turdagi buyumlar xisobi uchun kerak buladi. Masalan, bolalar oyoq kiyimini tarozilar soni, non soni, gazlama metri va xokazo (metr, kg, dona va x.k).
Pul ulchov birligi xujalik jarayonlari va vositalarini yagona ulchovda (pulda) umumlashtirishda kullaniladi.
Mexnat ulchov birligi esa, biror bir statistik yoki xalq xujaligi maxsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bulgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va xakozolarni aniqlashda kullaniladi. Savdo korxonasida esa ma'lum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi, va x.k. ni aniqlashda kerak buladi. Mexnat ulchov birligi xodimlar bilan mexnat xaki yuzasidan xisob kitoblarni olib borishda xam axamiyatlidir. Mexnat ulchov birliklari natura ulchov birliklari bilan birgalikda mexnat unumdorligini bildiradi.
Korxonaga rahbarlik qilish uchun uning mablag'lari va uning qanday joylashganligi, hamda ularning tashkil topish manbalari haqida ma'lumotga ega bo'lish kerak. Bunday ma'lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |