Skvajinalarni pnevmozarbli stanoklar bilan burg’ulash tog’ jinslarini joylashtiriladigan pnevmozarbli mexanizm bilan maydalashga asoslangan va uning ishlash prinsipi quyidagicha. Burg’ulash shtangasiga keladigan qisilgan havo, urgichli porshenni qaytilish-borish harakatiga keltiradi va u burg’ulash koronkasi uchiga zarb beradi. Tog’ jinsining maydalanishi koronka uchiga zarb berishda va zarbalar oralig’ida aylanadigan koronka tig’lari bilan ham amalga oshadi. Burg’ulash koronkasi uchiga beriladigan porshenning zarbalar soni daqiqasiga 1700-2500 tani tashkil qiladi. Burg’ulash chiqindisi skvajinadan qisilgan havo yoki havo-suv aralashmasi bilan chiqariladi. Chang quruq yoki suv-havo aralashmasi yordamida bosiladi. Pnevmozarb bergich skvajinaga joylashtirilishi sababli uning zarbalar soni skvajinaning har qanday chuqurligida kamaymaydi. Shu sababli chuqurlikning oshishi bilan burg’ulash tezligi o’zgarmaydi.

Pnevmozarbli stanoklar qiyin burg’ulanadigan tog’ jinslarida skvajinalar burg’ulashda foydalaniladi. Pnevmozarbli burg’ulashning kengayishiga pnevmoharakatdagi ko’pshpindelli stanoklarning paydo bo’lishi sabab bo’ladi. Skvajinalarni burg’ulash uchun 85-200mm diametrli koronkalar (oldinlab boruvchi tig’li) qo’llaniladi. Kam yoriqli tog’ jinslarida uchpatli koronkalardan foydalaniladi, yoriqli tog’ jinslarida esa – xochsimon koronkalar foydalaniladi (Pnevmozarbli stanoklarning unumdorligi bitta zarb kuchi, koronkaga bo’lgan o’qli bosim, pnevmozarb beruvchining bir daqiqadagi zarblar soni, burg’ulash tarkibining aylanish soni bilan xarakterlanadigan burg’ulash rejimiga bog’liq. Stanoklarning unumdorligiga tog’ jinslarining burg’ulanishi, qisilgan havo bosimi, burg’ulash skvajinasidan burg’ulash chiqindisining to’liq olib chiqilishi, burg’ulash koronkalari tig’larining o’tkirlik va o’tmaslik darajasi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat karyerlarida kon massalarining 6-8% pnevmozarbli stanoklar bilan burg’ulanadi.