45-rasm. Teodolit syomka plani
S‖yomka ishlari joyning tuzilishi, quriladigan inshoot va qo‖yilgan talabga qarab, turlicha tashkil qilinishi mumkin. Masalan, zavod-fabrika binosi, temir yo‖l stanstiyasi, aerodrom, stadion kabi inshootlar va xo‖jalik yerlari ma‖lum kattalikdagi maydonni egallaydi; lekin tosh va temir yo‖l, kanal kabi qurilishlar ma‖lum kenglikda bir yo‖nalish bo‖yicha cho‖zilib ketgan chiziqda quriladi. Shularni hisobga olib, avval joyga s‖yomka qilish uchun asos bo‖ladigan nuqtalar o‖rnatiladi. Bu nuqtalar sifatida joyda olingan yopiq yoki ochiq ko‖p burchakliklarning burchak uchlari qabul qilinadi. Joyda belgilangan ko‖pburchaklik poligon deyiladi.
Agar s‖yomka qilinadigan joy ma‖lum maydon bo‖lsa, poligon
tomonlari shu maydon chegarasi bo‖ylab olinadi, ya‖ni poligon bir nuqtadan boshlab maydon chegarasi bo‖yicha aylanib, yana bosh nuqtaga qaytilsa, yopiq poligon hosil bo‖ladi. Agar poligon koordinatasi ma‖lum bir nuqtadan boshlanib, chiziq oxirida ham koordinatasi belgili ikkinchi bir nuqtada tugasa, bunday poligon ochiq poligon deyiladi. Joy tafsiloti poligon tomonlari va burchak uchlariga asoslanib s‖yomka qi- linadi.
Yopiq poligon o‖rta yeridagi joy tafsilotini s‖yomka qilish uchun poligon ichidan o‖tib, yopiq poligonni ikki burchagini tutashtiruvchi siniq chiziq ham ochiq poligon bo‖lib, bu, kupincha diagonal yo‖l deyiladi. a dagi ABCDEFA yopiq poligonining diagonal yuli FG NS
bo‖ladi.
Har qanday poligonni s‖yomka qilishda joyda uning quyidagi uch elementini (asosiy qismlarini) o‖lchash kerak: 1) poligon tomonlari uzunligining gorizontal quyilishlari d1 d2, . . . , dn; 2) tomonlarning yo‖nalishlari a1 a2, ... an 3) tomonlar orasidagi burchaklarning gorizontal qo‖yilishlari b1, b2, ... , bn o‖lchangan ana shu miqdorlar qiymati plan chizish uchun etarli ma‖lumot bo‖ladi.
Gorizontal burchak o’lchash moxiyati
Joyda bir nuqtadan chiqqan ikki yoki bir necha yo‖nalish orasidagi burchaklarning gorizontal quyilishini o‖lchash kerak bo‖ladi. Masalan, V nuqtada (3-shakl) turib, turli balandlikda yotuvchi A va S nuqtalarga qarash yo‖li bilan ABC burchakning gorizontal quyilishi β ni o‖lchash kerak, deylik.
46-rasm. Doiraviy qabullar usuli
Shakldan ko‖rinadiki, S nuqta balandda, B va A nuqtalar esa S ga nisbatan pastlikda. Shunga ko‖ra, VA va VS tomonlar orasidagi β' qiya tekislikdagi burchak desak, ABC1 gorizontal proekstiyasi bo‖ladi. β ning qiymatini aniqlash uchun shtativ 1 ustiga aylanasi graduslarga bo‖lingan doira 2 gorizontal vaziyatda o‖rnatiladi; uning markazi O dan chap nuqta S ga qarab pch, keyii doirani qo‖zg`atmay, o‖ng nuqta A ga
qarab po‖ sanoqlar olinsa, β bu sanoqlar ayirmasiga teng bo‖ladi:
β = no‖ - nch (1)
ya‖ni bir nuqtadan chiqqan ikki yo‖nalish orasidagi burchakning gorizontal qo‖yilishi o‖ng nuqtaga qarab olingan sanoqdan chap nuqtaga qarab olingan sanoqning ayirmasiga teng. Aylanasining yunilgan qirrasi bo‖laklarga bo‖lingan va gorizontal holga keltirilib sanoq olinadigan doira 2 limb deyiladi. Agar O dan S ga va A ga qaralgan qo‖rish nurlaridan vertikal tekisliklar o‖tkazilsa, bu tekisliklar kollimaion, tekisliklar deyiladi. Bu tekisliklar orasidagi burchak o‖lchanadigan burchakning qiymati bo‖ladi.
Ikki chiziq orasidagi burchakni goniometr yordamida ham o‖lchash
mumkin. Asosan, burchakning gorizontal qo‖yilishi teodolit yordamida o‖lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |