Mavzu: Bunyodkor xalq. Darsning maqsadlari



Download 317,5 Kb.
bet6/6
Sana15.03.2020
Hajmi317,5 Kb.
#42532
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-sinf milliy g'oya


Uyga vazifa: Takrorlab kelish

Tekshirdi: O’IBDO’_____________________


Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________
Mavzu: Umumlashtiruvchi dars.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

“Bilim” nima ekanligi haqida gapiring.

„Bilimli kishi xor bo’lmas“ iborasiga ta’rif bering.

Bilim qanday qilib ma’naviyatga xizmat qiladi?

Siz bilimli kishi bo’lishni hohlaysizmi?

Yangi mavzu: Savol-javob.

«Bunyodkor» so'zining ma'nosi nima?

Bunyodkor g'oya deb qanday g'oyaga aytiladi?

Inson aql-idroki bilan barpo etilgan, bunyodkor mehnat mahsuli bo'lgan qanday mo'jizalarni bilasiz?

Amir Temur bobomiz xalqimizning bunyodkorligidan faxrlanib nima degan?

Qanday hodisalar tizim hosil qiladi?

Daraxtning gurkirab o'sishi bilan g'oyaning rivojlanishi o'rtasida qanday o'xshashlik bor?

Ezgu g'oyalar nima uchun o'lmaydi?

Ilg'or g'oyalarga misol keltiring.

Konservativ g'oyalarga misol keltiring.

Asl va soxta g'oyalarning farqini ayting.

G'oyaning asosiy xususiyatlari haqida gapiring.

G'oyaning har bir xususiyatiga bitta misol aytishga harakat qiling.

Dunyoda bir-biriga aynan o'xshash bo'lgan ikki odamni uchratish mumkinmi?

Odamda fikr qanday paydo bo'ladi?

Fikrlar necha xil bo'ladi?

Shaxsiy va ijtimoiy fikrning farqi nimada?

Siz o'z fikringizni avvalo kimga aytasiz?

G'oya qanday fikrdan paydo bo'ladi?

Milliy g'oya deb nimaga aytiladi?

Ma'naviyatning ta'rifini ayting.

Insonning ichki dunyosi deganda nimani tushunasiz?

Siz hayotga qalb ko'zi bilan qarab ko'rganmisiz?

Inson irodasining baquwatligi haqida gapirib bering.

Qalbning ulg'ayishi deganda nimani tushunasiz?

Milliy g'oyaning paydo bo'lishi uchun awalo nima zarur?

Milliy g'oyamiz nima uchun milliy istiqlol g'oyasi deb ataladi?

Milliy g'oyaning to'liq shakllanishi va ro'yobga chiqshi uchun eng muhim tarixiy sharoit deganda nimani tushunasiz?

XX asr avvalida jadidlar boshlagan ishlar nima uchun oxiriga yetmasdan qoldi?
Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.
Tekshirdi: O’IBDO’_____________________

Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________


Mavzu: Vaqtni qadrlash – ma’naviyat mezoni.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga vaqt haqida, uni qay darajada qadrli ekanligi haqida, vaqtni qadrlash ham ma’naviyatga kirishi haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

Tarix darslaridan sho'ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag'onlar to'g'risidagi bilimlarga ega bo'ldingiz?

Sobiq sho'rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma'naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo'yicha qanday kirdikorlar sodir etilgan?

O'tganlarni xotirlash — ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish bilan chegaralanadimi? Tiriklardan yana nimalar talab etiladi, deb o'ylaysiz?



Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.

Vaqtning qadriga yetish xalqi-mizning maqol va hikmatlarida ham o'z aksini topgan. Jumladan, «Vaqting ketdi — naqding ketdi», «Fursat — oqar suv», «Vaqt — odil hakam» singari maqol va hik-matlar shular jumlasidandir.

Bir o'ylab ко'ring: nega xalq vaqtning besamar o'tishini inson­ning qo'lida, imkonida turgan naqdning qo'ldan boy berilishi bilan teng qo'yayapti? Axir, vaqt­ning cheki-chegarasi bo'lmasa, biror ish bugun emas, ertaga bitsa, osmon uzilib yerga tusharmidi?

Hamma gap shunda-da! Garchi vaqt chegarasiz, hech qachon tugamaydigandek tuyulsa-da, biroq inson umrining chegarasi — oxiri bor. Odamning orzulari esa cheksiz. Bu orzularning hammasiga yetishish qiyin bo'lsada, iloji boricha ko'prog'i amalga oshishi uchun ham vaqtni boy bermaslik lozim.

Siz yosh bola bilan kattalarning, ayniqsa, keksa odamning harakatlarini o'zaro solishtirib ko'ring. Hali yelkasida burch, mas'uliyat tuyg'usi bo'lmagani, asosan o'z huzurini, vaqtini zavqli o'tkazishni o'ylagani tufayli bolalar boshqalar dardiga beparvo, o'yinqaroq bo'ladi. Odamning yoshi ulg'ayib borgani sayin esa u iloji boricha ko'proq foydali ish qilib qolishga shoshadi. Unga har doim vaqt kamlik qiladi, xalq iborasi bilan aytganda, «bosh qashishga ham qo'li tegmaydi».

Demak, vaqtning inson hayotiga, uning faoliyatiga, dunyoqa-rashiga ko'rsatadigan ta'siri g'oyatda kuchli. Binobarin, vaqtdan unumli foydalanish, vaqtga qarab, u bilan hisoblashib harakat qilish ma'naviy hayotning muhim omillaridan biridir. Vaqtdan to'g'ri foydalanish deganda, uning har bir daqiqasini oqilona taqsimlash tushuniladi. Umuman, ixtiyorimizdagi vaqtni ikki qismga ajratish mumkin: bandlik vaqti va bo'sh vaqt. Bandlik vaqtida inson o'zi, oilasi, jamiyat va xalq foydasiga biror-bir ish bilan mashg'ul bo'ladi.

Bo'sh vaqt esa insonning o'qish, ish, xizmat faoliyati bilan shug'ullanmaydigan vaqti. Bo'sh vaqtda inson dam oladi, jismoniy va aqliy quwatini tiklash maqsadida jismoniy tetiklash-tiruvchi, ko'ngilochar yoxud maroqli yumushlar bilan shug'ul-lanadi. Bunga farzandlar tarbiyasi, kitobxonlik, sport va san'at bilan, jamoat ishlari bilan shug'uUanish, teatr, kino, turli bayram tadbirlarida dam olish, sayr qilish kabi mashg'ulotlar kiradi. Bo'sh vaqtni ham kishi faol o'tkazishi mumkin. Mana shu tarzda foydalanilgan bo'sh vaqt odamni faqat jismonan dam oldiribgina qolmasdan, balki uning intellektual jihatdan yanada rivojlani-shiga omil bo'ladi. Masalan, yaxshi spektaklni tomosha qilgan kishi qandaydir ikki soat ichida juda katta ma'rifiy va ma'naviy quwat olib chiqishi mumkin.

Mustahkamlash:

Bo'sh vaqtni bo'sh o'tkazmaslikning qanday choralari bor?

Bekorchilik olib kelishi mumkin bo'lgan oqibatlar to'g'risida hayotiy misollar yordamida gapirib bera olasizmi?
Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.
Tekshirdi: O’IBDO’_____________________

Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________


Mavzu: Xotira – ulug’ qadriyat.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga xotira muqaddas tushuncha erkanligi, uni ulug’ qadriyatlar sirasiga kirishi haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

Mustaqillik yillarida qayta tiklangan qanday xalq bayramlarini bilasiz?

Navro'z bayramining xosiyati nimalarda ko'rinadi?

Bahor ne'matlaridan yana qaysilarini bilasiz?

Bolalar o'yinlaridan qaysisi sizga ko'proq yoqadi? Siz yashaydigan joyda yana qanday o'yinlar bor?

Sumalak va halimning inson salomatligini mustahkamlashdagi ahamiyati nimada?

Navro'zning kishiga ruhiy, jismoniy, tarbiyaviy jihatdan kel-tiradigan foydalarini izohlab bera olasizmi?

Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.

Odamzotni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri uning xotiraga ega ekani hamdir. Xotirasini yo'qotgan kishi manqurtga aylanib qolishi to'g'risida adabiyot darslarida ko'p eshitgansiz. Chunki insonni inson qilib turadigan, unga «men»lik, ya'ni o'ziga xos ichki qiyofa ato etadigan narsa xotira sanaladi. O'z ajdodlarini — yetti pushtini, oilasi, mahallasi, shahri yoki qishlog'i o'tmishini, Vatani tarixini bilmaydigan odamni ildizidan ajralgan daraxtga qiyoslash mumkin. Ildizsiz daraxt o'sib-unmagani, albatta qurib bitishi tayin bo'lgani singari, tarixiy xotiradan judo bo'lgan odamning kelajagi ham samarasizdir.

Xotira — millat tarixini, uning qadriyatlarini, madaniyati va ma'naviyatini, bir so'z bilan aytganda, millatning o'zligini mujas-sam etadigan buyuk qadriyat.

Afsuski, sobiq sho'ro davlati o'z tarkibiga qo'shib olgan bar-cha xalqlar qatori Turkiston o'lkasida yashaydigan millatlarni ham tarixiy xotiradan ayirish yo'lida ne-ne kirdikorlami amalga oshirmadi. Jumladan, o'zbek xalqi ming yillardan beri e'tiqod qilib kelgan islom dini o'rniga ateizm — xudosizlik g'oyasi xalqning barcha qatlamlari orasida tinimsiz targ'ib etildi. Yuzlab masjid-madrasalar buzib tashlandi, odamlarning emin-erkin diniy amallarni o'tashlari taqiqlandi. Hatto o'tganlarga janoza o'qish, ularni qabristonga kuzatish ham mafkuraviy jihatdan xavfli ish sifatida baholanib, davlat idoralarida ishlaydigan mahalliy kadrlar quvg'in ostiga olindi. Dunyo fani, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk allomalar merosi to'g'risida og'iz ochmas-lik, Amir Temurdek, Jaloliddin Manguberdidek ma'rifatparvar, vatanparvar bobolarimizni o'z avlodlariga yomonotliq qilib tanishtirish oddiy holga aylantirildi. O'zbek xalqini butun tarixi davomida yorug' kun ko'rmagan, faqat jaholatda yashagan xalq sifatida ko'rsatish, shu orqali sho'ro hukumatiga hurmat uyg'o-tish sovet mafkurasining bosh maqsadi sanalardi. XX asrning birinchi yarmida millat erkinligini kuylagan, o'z xalqini ozod ko'rmoqni orzu qilgan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy singari yuzlab fidoyi ziyolilar peshonasiga turli aybnomalar qo'yilib, aksariyatining umri xazon etildi. Bunday mafkuraviy yovuzliklar sho'ro davlatining xalqlar va millatlar taqdiriga qanchalar bepisand munosabatda bo'lganining yaqqol isbotidir.



Mustahkamlash:

Tarix darslaridan sho'ro davrida amalga oshirilgan qanday qatag'onlar to'g'risidagi bilimlarga ega bo'ldingiz?

Sobiq sho'rolar davrida xalqimizning tarixiy xotirasini toptash va ma'naviy qadriyatlarini qadrsizlantirish bo'yicha qanday kirdikorlar sodir etilgan?

O'tganlarni xotirlash — ularni eslash, yaxshi fazilatlarini yodga olish bilan chegaralanadimi? Tiriklardan yana nimalar talab etiladi, deb o'ylaysiz?



Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.

Tekshirdi: O’IBDO’_____________________


Sana________ Sinf 8__________ Fan o’qituvchisi: _____________________
Mavzu: Yakuniy dars.

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlash haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik hissini uyg’otish, ularni mustaqil va erkin fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodi: savol javob. Bahs-munozara.

Dars jihozi: rasmli ko’rsatmalar, savolliklar, Prezident asarlari, test banklari, vatman qog’oz, marker, doska, bo’r.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Yangiliklar.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savol-javob.

Dunyodagi eng buyuk boylik nima?

Tinchlik bo'lmagan joyda nima uchun fayz-u baraka, rivojlanish bo'lmaydi? Bu haqda qanday maqollarni, hayotiy misollarni bilasiz?

Yer yuzida tinchlik va barqarorlikni asrash nima uchun butun insoniyatning muqaddas ishiga aylanmoqda?

Dunyoda tinchlikni buzishga urinadigan qanday yovuz kuchlar bor?

Yangi mavzu: Savol-javob.

Ona Vatanimiz — O'zbekiston qanday davlat?

«Bu aziz Vatan — barchamizniki» g'oyasining ma'nosini tushun-tirishga harakat qiling.

Millatlararo hamjihatlik g'oyasi nega umumbashariy qadriyat hisoblanadi?

Nima uchun har bir millatni Yaratganning buyuk mo'jizasi, deymiz?

Dunyodagi barcha odamlar umumiy ildizga ega, deganda nimani tushunasiz?

Bugungi kunda ijtimoiy hamkorlik asosida taraqqiy etgan davlatlardan qaysilarini bilasiz?

Xalqimiz o'zaro ahillik, inoqlik va hamkorlikni qanday qadrlashini misollar asosida tushuntiring.

Siz uyda, maktabda kimlar bilan, qaysi ishlarni bajarishda hamkorlik qilasiz?

Siz yaxshi narsani yomon narsadan qanday farqlaysiz?

O'zingizning kamchiliklaringizni bilasizmi? Ularni tuzatishga harakat qilasizmi?

Do'stlaringiz kamchiliklaringizni aytishsa, xafa bo'lmaysizmi?

Siz, avvalo, kimni komil inson deb hisoblaysiz?

Xalq farovonligiga qanday sharoitda erishish mumkin?

Xalq farovonligi g'oyasi deb nimaga aytiladi?

«Islohot — islohot uchun emas, awalo inson uchun» degan qoida kim tomonidan aytilgan? Uning ma'nosini tushuntirishga harakat qiling.

Har kim ona Vatani timsolida nimani ko'radi va anglaydi?

Vatan ravnaqi deganda nimani tushunamiz?

Vatan ravnaqi nima uchun, awalo, uning farzandlariga bog'liq?

Dunyodagi eng buyuk boylik nima?

Tinchlik bo'lmagan joyda nima uchun fayz-u baraka, rivojlanish bo'lmaydi? Bu haqda qanday maqollarni, hayotiy misollarni bilasiz?

Yer yuzida tinchlik va barqarorlikni asrash nima uchun butun insoniyatning muqaddas ishiga aylanmoqda?

Dunyoda tinchlikni buzishga urinadigan qanday yovuz kuchlar bor?

«Avesto» kitobida ilgari surilgan o'lmas g'oyaning ma'no-mohiyatini kengroq izohlay olasizmi?

Yurtboshimiz xalqimizmng qadimiy va shonli tarixini nima uchun tuganmas bir dostonga o'xshatadi?

Sabr-qanoat inson hayotida qanday ahamiyat kasb etadi? Besabrlik-chi?

Sabrsizlik qilib xijolatda qolgan paytlaringizni eslaysizmi? Bu haqda sinfdoshlaringizga gapirib bera olasizmi?

Minnat nima? Hayotingizda sizga minnat qilishganmi?



Yuksak ma'naviyatni inson va jamiyat hayotining asosi, deb bilishimizning sababi nimada?

Baholash. O’qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
Faol o’quvchilar baholanadi.

Uyga vazifa. Mavzuni o’rganib kelish.

Tekshirdi: O’IBDO’_____________________
Download 317,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish