Mavzu: buloqlar



Download 87,63 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi87,63 Kb.
#209934
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish-1

Buloqlar, chashmalar — yer osti suvlarining tabiiy holatda yer yuzasiga chiqishi (quruqlikda yoki suv ostida). Buloqlar suvli qatlamlarni daryo vodiylari, jarliklar, koʻl choʻkmalari kesib oʻtishidan, tektonik yoriklar, otqindi va choʻkindi jinslar kontakt zonalari mavjudligidan, suvli jinslar filtratsiya xossasining bir xil emasligidan paydo boʻladi. B. 2 ga boʻlinadi: 1) qaynar B.— yer ostidan gidrostatik bosim, gaz va bugʻlar taʼsirida yer yuzasiga chiqadi. Fargʻona vodiysida (Shoʻrsuv, Jalolobod), Tojikistonda (Obigarm, Issiqbuloq) koʻp. Qaynar B. paydo boʻlish sharoitiga qarab erozion va gaz bosimliga boʻlinadi. Bu B. artezian suvli qatlamlarning erozion kesilishi, tektonik yoriklardan otilib chiqishi hamda jarlik, soy va daryo vodiylarining suvli qatlamlarni kesib oʻtishi natijasida paydo boʻladi. Bunday B. Buxoro va Qoraqum neftgazli r-nlarida uchraydi; 2) sokin B.— sizot suvli katamlarning oldini suv oʻtkazmaydigan jinslar toʻsib qolishi yoki ochilib qolishi, karst buloklarining yer yuzasiga chiqishidan hosil boʻladi. Karst B.ning kattalari koʻp suvli (voklyuz). Ayrim karst B.dan sek. iga 200—250 l suv chiqadi. Bunday B. Fargʻona vodiysi jan. da, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida koʻp, ulardan aholi keng foydalanadi. Bulardan tashqari sek.iga 1000—1100 l suv beradigan yirik B. ham bor. Oʻzbekistonda bunday B.lardan Qorabuloq (Qashqadaryo), Nurota va Deytbaland (Samarqand viloyati)da mavjud. B.dan chiqayotgan suvning oʻzgarishiga kura doimiy, davriy va oʻzgaruvchan, temperaturasi boʻyicha sovuq (0°—20°), issiq (20°—42°), qaynoq (40°—100°), juda qaynoq (100° dan ortiq) B.lar boʻladi. B.dan ekinlarni sugʻorishda, sanoatda, aholini suv bilan taʼminlash va davolanishda (Xoʻjaipok bulogʻi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) foydalaniladi. Suvi ichiladigan va sugʻorishda foydalaniladigan B. Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Nurota, Toshkent vohalarining togʻ oldi joylarida koʻp. Bu yerlarda ayrim B.ning byoradigan suvi sek.iga 10—15 l ga yetadi. Shifobaxsh B. Tojikiston (Garmchashma, Xoʻjaobigarm), Qirgʻiziston (Jalolobod, Issiqota, Jetioʻgʻuz, Oqsuv), Oʻzbekiston (Shohimardon) va boshqa yerlarda bor. Toshkent shahri Chorsu maydonida ham 1960- yillar oxirlarigacha "Chorsu" mehmonxonasi oʻrnida Ukkosha bulogʻi mashhur boʻlgan. Sanoat ahamiyatiga ega shoʻr (tarkibida yod, bor, brom va boshqa elementlar boʻlgan) B. togʻ oldi, togʻ orasidagi botiq, artezian xavzalar (Fargona, Buxoro, Qarshi, Qoraqum)da uchraydi. Oʻzbekistonda B.dan toʻgʻri foydalanish maqsadida buloqli joylarning gidrogeologiya sharoitlari, B.lar paydo boʻlishi jarayoni, suv temperaturasi, tarkibi va chiqadigan miqsori oʻrganiladi.


Download 87,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish