Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunga muvofiq byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi quyidagi tamoyillarga asosan tashkil etiladi: - buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; - uzluksizlik; - xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; - aniqlik; - hisoblash; - oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik); - mazmunning shakldan ustunligi; - ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; - moliyaviy hisobotning betarafligi; - hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; - aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 20 1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 2-memorial order – byudjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl; 6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl; 9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl; 12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl; 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun otaonalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son shakl. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial 21 orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatiladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da ro’yxatga olinadi. “Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. “Bosh-jurnal kitobi” o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko’chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari hamda ularning tizimidagi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan ko’rsatma mavjud bo’lgandagina buxgalteriya hisobi yuritishning jurnalorder shaklida olib borishlari mumkin. Byudjet tashkilotining rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga, moliya-xo’jalik faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligiga hamda buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo’ladi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Byudjet tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat. Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat.
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi axboroti foydalanuvchilari. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: Axborotfoydalanuvchilari Ichki Tashqi Tashkilotraxbariyati Moliyaorganlari Rejamoliyavaboshqabo’lim lar Mutaxassislar, xodimlar Soliqorganlari Statistikaboshqarmalari, banklarvaboshqalar 17 - Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil etish; - Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash; - Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; - Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; - Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish; - Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzish; - Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat : 1. Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi – Byudjet tashkilotlarda har yili belgilangan tartibda byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tuziladi va tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi xarajatlar smetasi ijrosini ta’minlab beradi. Bunda xarajatlarni iqtisodiy tasnifi asosida smeta doirasida xarajatlar moliyalanadi va amalga oshiriladi. Bulardan tashqari byudjetdan tashqari mablag’lar manbaalari (ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli mablag’lari, byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, tibbiyot muassasalari moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, byudjetdan tashqari boshqa mahsus mablag’lar) bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi va ijrosi amalga oshiriladi. Shuning uchun byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritishda smetalar ijrosi nazorat qilinadi. 18 2. Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi – Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar ijrosi jarayonida kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobi yuritiladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan g’aznachilikdagi shaxsiy hisob varaqlardan xarajatlarni to’lab berilishi kassa xarajatlari ko’rinishida hisobda aks ettiriladi. Masalan ish haqi bo’yicha moliyaviy majburiyatlar to’lab berilganda ya’ni tegishli soliqlar va ajratmalar o’tkazilganda xodimlar plastik kartochkalariga ish haqi o’tkazib berilganda yoki kassadan berilganda kassa xarajati ko’rinishida tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetalari doirasida amalga oshirilgan lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishida hisobda aks ettiriladi. Masalan smeta doirasida ish haqi hisoblangan lekin to’lab berilmagan yoki ish, hizmatlar ko’rsatilgan, tovarlar olingan lekin to’lab berilmagan xarajatlar haqiqiy xarajat ko’rinishida tegishli daftarlarda, hisobotlarda aks ettiriladi. Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun alohida 294 - shakldagi daftar yuritiladi shuningdek hisobot shakllarida ham aks ettiriladi. 3. Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi - Byudjet tashkilotlari tomonidan tuzilgan daromadlar va xarajatlar smetalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazriligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” asosida 1-gurux, 3-gurux, 3-gurux, 4- gurux xarajatlari xarajatlarning iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettiriladi hamda ijrosi xaqidagi buxgalteriya hisobotlari shakllarida ham byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo’yicha axborotlar shakllantiriladi. 4. Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilingan xolda yuritilishi - Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni va boshqa bir qator qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Moliya vazirligining bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu bilan birga qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari daromadlar aniq manbaalari bo’yicha shakllantiriladi va sarflanishi yo’nalishlari 19 belgilanadi. Masalan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 414 – son “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlari rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirishi manbaalari belgilangan. Shuningdek rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari birinchi navbatda kreditorlik majburiyatlarni tugatish yo’naltirilishi, agarda kreditorlik qarzdorlik mavjud bo’lmasa kamida 75 foizi moddiy texnika bazasini mustaxkamlashga, ko’pi bilan 25 foizgacha hodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Buxgalteriya hisobini yuritishda yuqorida keltirib o’tilgan qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga qatiy amal qilinadi. Umuman byudjet tashkilotlarida hisobni tashkiliy, texnik, uslubiy jihatlari me’yoriy-xuquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilgan holda tashkil etiladi. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunga muvofiq byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi quyidagi tamoyillarga asosan tashkil etiladi: - buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; - uzluksizlik; - xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; - aniqlik; - hisoblash; - oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik); - mazmunning shakldan ustunligi; - ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; - moliyaviy hisobotning betarafligi; - hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; - aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: