Mavzu: buddaviylik



Download 21,11 Kb.
Sana02.11.2019
Hajmi21,11 Kb.
#24864
Bog'liq
Biza tarixdan bilamizki dunyoda 3 ta yirik din bor bular

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI JAHON SIYOSATI,TARIX VA FALSAFA FAKULTETI X.M.T. YO’NALISHI HIND-INGLIZ GURUHI
SHARQ MADANIYATI TARIXI FANIDAN

Topshirdi:Siddiqxo’jayev A.A.

Qabul qildi: Ikromov SH.

Toshkent – 2017



MAVZU: BUDDAVIYLIK
Reja:

  1. Kirish qismi.

  2. Buddaviylikning paydo bo’lishi va asoschisining tarixi.

  3. Buddaviylik ta’limoti.

  4. Buddaviylikning tarqalishi.

  5. Xulosa.

Biza tarixdan bilamizki dunyoda 3 ta yirik din bor bular, ya’ni buddaviylik xristianlik va islom dinlaridir. Bularning ichida buddaviylik ular yosh va tajriba jihatida qisman ajralib turadi. Buddaviylikning keng tarqalganligiga sababi bu madaniyat, siyosat va iqtisod sohalaridagi boshqa xalqalr , dovlatlar bilan bo’layotgan uzoq yillik aloqalar bilan bogliqdir. Hozirda buddaviylik dini butun dunyoni keng qamrab olgan deb etsak mubolaga bo’lmaydi.

Endi buddaviylikni paydo bo’lishiga qarasek. Bu din asoschisi budda bilan bogliq. Budda sozi sanskritcha “budx” ya’ni bo’lmoq deganidir va borliqning uygonishi anglatadi. Budda atamasini dunyodagi barcha tirik, aktiv mavjudotlarga qolasam ham boladi. Buddistlar ozlarining vaqt hisobini Buddaning bu olamdan ketishi bilan hisoblashadi. Buddaning kotta maktabining ananalariga muvofiq txeravedalarda Budda 624-yildan 544-yilgacha yashagan va shu dataga asosan 1956 yilda buddaviylik 2500 yilligi nishonlandi. Lekin boshqa grek olimlarining malumotlariga asosan buddaviylik Hind buyuk podshosi Ashoka davriga borib taqaladi (566-486 yillar).

Buddaviylik asoschisiga to’xtalib ketsak: Siddxartxa Gaautama (Gotama), Jina, Bxagavan kabi nomlar bilan ataluvchi shaxsdir. Tarixiy tadqiqotchilar buddaviylik asoschisini real shax ekanini e’tirof etadilar. Yuqoridagi similar Siddxartxa-shaxsiy ism, Gautama – urug’ nomi, Shakyamuni- Shakya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda –nurlangan, Jina-g’olib va Bxagavan – tantanaqa qiluvchi degan manolarni beradi.Siddxartxa gautama Shakya qabilasining podshosi Shuddxodaning og’li.Onasi malika Mayya. Siddxartxa kamchiliksiz kotta b’oladi va qo’shni davalatniing podshosi Yashadxaraga uylanadi va Raxula ismli o’g’il farzandi bo’ladi. Qiyinchiliksiz kotta bo’lgan Siddxartxa bir kuni qari chol, kasal odam va og’ir mehnat qilayotgan rohibni uchratib, bir odamning o’limiga guvoh bo’ladi. 30 yoshida Siddxartxa bundan tasirlanib podsholikdan ketib qoladi va insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish yo’llarini qidiradi. U besh rohib bilan qishloqlarni kezib yuradi. U bu rohiblar bilan ko’p vaqt birga bo’lganidan so’ng bu qilinayotgan ishlar befoydaligi va bu yo’l uning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga olib bormasligini anglab , roiblar jamoasidan ketib qoladi.U chakalakzor o’rmonlarni juda ko’p vaqt kezib yurib, charchab bir daraxtning tagiga dam olishga o’tiradi va to o’z haqiqatini topmaguncha shu yerda qolishga qaror qiladi. U shu o’tirishda 49 kun o’tiradi. Shunda uning ichidan “San haqiqatni topding”degan tovush keladi.Shu paytdan boshlab U Budda deb atala boshlaydi. Keyin u o’zi birga yurgan besh ruhoniyni qidirib topadi va ularni o’zining birinchi shogirdlariga aylantiradi. Budda o’z rohiblariga “Rohiblar,boshqalarning baxt-saodati va farog’ati uchun boringlar – dunyo kezinglar ” deya uqtiradi. Budda mazkur shogirdalari bilan 40 yil mobaynida qishloqlarni kezib o’z ta’limotini hammayoqga tarqatadi. Budda 80 yoshida Kushtnagara degan joyda olamdan o’tadi. Budda o’lganidan so’ng u haqida juda ko’plab afsonalar paydo bo’ladi. Budda yer dagi turli mavjudotlar qiyofasida: 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g’oz, 6 marta fil,baliq,qurbaqa,kalamush kabi qiyofada jami 550 marta tug’ilgan deyiladi.

Buddaviylikning boshqa dinlardan farqi juda ko’p. Masalan:

Buddaviylikda dunyoda o’zgarmas narsa yo’q , hatto bu dunyoda Xudo ham o’zgaruvchandir deyiladi. Faqatgina on yoki lahzalar silsilasi mavjud bo’lib, ularning hammasi yoqoladi va boshqa narsaga o’rin beradi. Buddaviylik ta’limotiga asosan inson doimo azobga mahkum va bunga uning o’zi sababchidir. Inson qanchalik befoyda bo’lsa ham o’z hayoti va farovon turmushini saqlab qolwga intiladi. Lekn azob –uqubatdan qutilish uchun inson inson kongli hush ko’rgan barcha narsadan voz kechib o’zini tiyishi kerak.

Buddaviylik ta’limoti bir qator turli xil to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka(uch savat ma’nosi)dir. U uch qisamdan iborat bo’lganligi uchun shunday nom berilgan. Mazkur yozam manbaa hozirda Shri Lankada saqlanib qolgan.Bularga budda targ’ibotining haqiqiy bayonni- Sutra-pitaka, rohiblik axloqlariga bag’ishlangan – Vinaya-pitaka va buddaviylikning falsafiy-psixologik muamollarining bayoni – Abxidxarma-pitakalar kiradi. Budda hayotiga oid rivoyatlarning barchasi Tripitakda jamlangan.

Tripitakadan namunalar:



  1. Kimki o’zida paydo bo’layogan g’azab o’tini go’yo tanaga kirib kelayotgan zaharni to’xtatib qoluvchi shifokor singari so’ndirolsa , bu – rohib uchun huddi ilon o’z eskirgan terisidan voz kechganidek gap.

  2. Kimki o’zidagi extiros tuyg’usini go’yo suvga sho’ng’ib nilufar gulini sug’urib olganidek qalbidan yulib tashlasa, bu – rohib uchun huddi ilon eski terisida qutulganidek gap.

  3. Kimki o’zidagi doim huruj qilib turuvchi qo’rquv tuyg’usi ustidan g’olib chiqsa, bu – rohibga huddi ilonning ustidan shilinib tushgan terisidek gap.

Buddaviylik zaminida 3 ta narsa Budda, Dharma va Sangxaga e’tiqod yotadi. Buddaviylik ta’limotining eng qisqa bayoni “4 oliy haqiqatdan iborat”

1. Azob – uqubat mavjud.

2. Azob – uqubatning sababi mavjud. (istak)

3. Azob – uqubatning tugashi mavjud. (nirvana)

4. Azob – uqubatning tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yop’l bor.

Buddaviylikda rohiblar jamoasi mavjud bo’lib, ular bu jamoaga qabul qilinishdan oldin quidagi 10 ta farzni ado etiwga qasamyod qiladilar:


  1. Hech kim,hech narsani hayotdan judoq qilmaslik

  2. Yolg’on gaprmaslik

  3. O’g’rlik qimaslik

  4. Jinsiy aloqaga kiriwmaslik

  5. Kunning 2-yarmifan to ertani kun sahargacha tanovul qilmaslik

  6. Mast qiluvchi ichimliklardan uzoqroq bo’liw

  7. 3 kiyimdan boshqa tanani boshqa kiyim bilan bezamaslik

  8. Ommaviy ko’ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomowa qilmaslik

  9. Baland va yumshoq joyda yotmaslik

  10. Pul ishlatmaslik

Buddaviylikda kundalik,davriy,maxsus va bayram marosimlari mavjud.

Monastir, butxona va xonadonlarda ibodatlar bo’ladi. Kopincha 12-13 yoshli bolalar 20 yoshgacha monastirda rohiblik qiladi. Taxminan ularning 3/1 qismi ruhoniy bo’b qob ketadi.


Buddaviylik ta’limoti uch qism ya’ni, axloq , mediatsiya va donolik qismlaridan iboratdir. Endi buddaviylik ta’limotining mazkur uch qismi to’g’risida ozgincha ma’lumot berib o’tsak:
1)Axloq normalari – “Pancha shila ” (Buddaninf 5 nasihati). Bu norma o’znomi bilan ham etib turbdiki , bu dinga e’tiqod qiluvchilar o’zlarini qotillikdan, o’g’rilikdan, mastlikdan, yolg’ondan va gumrohlikdan saqlashlari kerak.

2)Meditatsiya — bu normada e’tiqodchilar Buddaviylikni to’g’ri tushunishi, unga ishonishi, to’g’ri niyat qilishi, o’zini to’g’ri tutushi, o’ziniki bo’lmagan narsalarga ko’z olaytirmaslik, o’z tanasi va ruhini nazorat qilishi, o’zidagi yomon tuyg’ularni jilovlashi, yaxwilikni rivojlantirishi, to’g’ri hayot kechirishi va to’g’ri gapirishi lozimdir.

3) Donishmandlik – bu Buddaviylikning asosiy maqsadidir. Insonlar narsalar tabiatini to’g’ri tushunishi bilan bog’liqdir.
Buddaviylik mil. Avv. 273-232 yillarda hukmdor Ashoka davrida juda keng yoyilgan. U buddaviylikka, monarxlaiga, ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlariga qilgan safarlarida homiylik qilgan. Ular mahalliy aholi tomonidan o’zlariga nisbatan rozilik alomatlarini sezsalar o’sha yerdagi odamlarga ko’proq ahamiyat bergan. Buddaviylikning Mahayana yo’nalishi Xitoyga milodiy I asrda kirib kelib, III-VI asrlarda Xitoyda keng tarqaldi.Mahayananing rivojlanishida Kushon davlatining roli katta. Kanishkaning humronlik davridan keyin, Mahayana yo’nalishi Sharqda, Markaziy Osiyoda kenda tarqala boshladi. Buddaviyllikning Xitoyda tarqalishi to’g’risida hech qanday aniq ma’lumot yo’q.Tarixiy ma’lumotlar ichida eng mashhuri imperator Min-Dining tushi haqidagi habar hisoblanadi. U tushida oltindan yasalgan but ko’radi, uning Budda ekanligini maslahatchisi Fuidan so’rab biladi. U milodning 60 – yillarida Budda haqida ma’lumotlar keltirish uchun Jindistonga elchilar yuboradi. Keyin Hindistondan Xitoyga buddaviylik targ’ibotchilari keladi bva ular uchun maxsus “Baymasi” (Oq ot ibodatxonasi) quruladi. Buddaviylikning xitoylashuvi va kng tarqalishi juda uzoq va murakkab jarayondir. Buddaviylikning ilk g’oyalari va targ’ibotlari Xitoyda paydo bo’lganidan boshlab bir necha asrgacha tarqalgan. Buddaviylik mil.avv. 1 ming yillik oxirida Shri-Lanka, Markaziy Osiyo va Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon dalatiga ham yetib keldi va bu yerda buddaviylikka judda katta e’tibor berilgan.

Hozirgi paytda buddizm juda ko’plab davlatlarfa bor. Jumladan Nepal,Seylon,Birma,Siam,Tibet, Xitoy,Yaponiyam Yava va Sumatra orollari, Rossiya va boshqalar. Hozirda buddaviylik barcha mamlakatlarda buddaviylikka kamroq yoki ko’proq ravishda sig’iniladi. M-n Tibetda buddaviylik lamaizom deyiladi.Ular mog’ul avlodalari sanalib, ularda madaniyat va diniy qarashlar umuman boshqacha.Chunki ular buddaviylikni qaytadan kashf qildilar desayam bo’ladi, Xitoy va Yaponiyada ham buddaviylik madaniyatning boy bo’lagi deb tan olingan.Biz buddaviylikni keksa odamga o’xhatsak bo’ladi, chunki buddaviylik o’zining prinsiplari va ammalarini butun dunyoga tarqatib bo’lgan.



Xulosa qilib etganda buddaviylik o’zining necha ming yillik tarixida nafaqat diny balki, filosofik va madniy, sa’nat , o’qitish uslublarini ham namoyon etdi.Buddaviylik doimo ulug’ dinlardan biri sifatida qoladi. Shunday qilib bugun buddaviylik butun dunyoga keng tarqalgan va unga sig’inuvchilarning soni juda ko’pdir. Shuninng uchun ham buddaviylik diniga sig’inuvchilarning sonini aniqlab bo’lmaydi.
Download 21,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish