Mavzu: bozor va uning tuzilishi


Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozor i hamda bozor sub’ektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati



Download 83,41 Kb.
bet6/9
Sana02.06.2022
Hajmi83,41 Kb.
#629760
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
31-Mavzu Bozor va uning tuzilishi.

Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozor i hamda bozor sub’ektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati.
Iqtisodiy resurslar bozor ining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozor i tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozor ida – o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozor da biznes tomonidan ishchi kuchiga bo’lgan talab, uy xo’jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to’qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozor ida iqtisodiy sub’ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozor ida insonning o’zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Ishchi kuchi bozor ining aniq namoyon bo’lish shakllaridan eng muhimi – mehnat birjasidir. Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi muassasa.
Mehnat birjasi quyidagi vazifalari bajaradi:

  • Ishsizlarni ro’yxatga olish;

  • Ishsizlarni mos o’rinlarda ish bilan ta’minlash;

  • ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o’qitish va yangi kasbga tayyorlash;

  • ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.

Moliya bozor i. Bu bozor turli-tuman va ko’p jihatli bo’lsa ham, oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni pul (unga tenglashtirilgan qimmatli qog’ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag’lar kamyobligini sezgan sub’ektlarga taklif qiladi.
Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozor ini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozor i. Qarz majburiyatlari bozor ida pul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozor ida qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozor da mablag’lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozor ini ikkita bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozor i va qimmatli qog’ozlar bozor i. Ssuda kapitali bozor i – pul shaklidagi kapitalning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozor da qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozor ida aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda korporatsiyalarning aktsiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu bozor da broker va dillerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, auktsionlar va banklardan iborat bo’ladi.
Qimmatli qog’ozlarning harakati xususiyati bo’yicha moliya bozor i birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozor larga bo’linadi. Birlamchi bozor da yangi nusxadagi qimmatli qog’ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozor da oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozor da qimmatli qog’ozlar sotilsa, ikkilamchi bozor da qayta sotiladi.
Iqtisodiyot uchun qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozor i favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo’jalik sub’ektlari o’rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi.

Download 83,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish