Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni


Yaxshilash jarayoni doirasidagi o'qitish dasturlari



Download 3,65 Mb.
bet22/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Yaxshilash jarayoni doirasidagi o'qitish dasturlari. Ishdagi xatolarning bartaraf qilib bo'linmasligi haqida noo'rin tasavvur shakllanmasligi uchun barcha rahbarlar va ishchilarni o'qitishning yangi shakllarini qo'llash lozim. Bunday o'qitish hammani xatolarni bartaraf qilish usullarini bilish, ular yuzaga kelishining sabablarini izlash va bunday muammolarga yana duch kelmaslik uchun tegishli choralarni ko'rishga chaqiradi.
O'qitish tizimi tez - tez uchrab turadigan quyidagi anglashmovchiliklarga barham berishi kerak: 1) faqat ishlab chiqarilyapgan mahsulotninggina sifatni oshirish kerak; 2) sifatni oshirish - bu shunchaki bir tadbir, xolos; 3) sifat uchun javobgarlik faqat nazorat xizmati yoki sifatni ta'minlash xizmatining vazifasiga kiradi; 4) faoliyatni yaxshilash jarayoni sifatni ta'minlash xizmati tomonidangina amalga oshirilib, bu jarayon bizni chetlab o'tadi.
O'qitish har bir xodimning o'z majburiyatlarini to'g'ri tushunib, o'zida uni to'g'ri bajarishiga ishonch hosil qilinishidan boshlanadi
Shularni hisobga olgan holda rahbariyatning zimmasiga qo'yidagi vazifalar yuklanadi:

      1. Har bir ishchi vazifaga aniq ta 'rif berish.

      2. O'z mehnatining natijalarini o'lchash vositalari bilan ishlashni ishchilarga o'rgatish.

      3. Ularni o'z vazifalarining bexato bajarilishini ta'minlovchi vositalar bilan qurollantirish.

      4. Kasbiy o'qitishni tashkil qilish va har bir xodim o'zi bajaryapgan ishning korxona uchun muhimligini tushunishiga erishish.

      5. Iste 'molchidan olingan axborotni mehnat natijalari bilan bog'lash.

      6. Ishlarning to'g'ri bajarilishi uchun zarur bo'lgan muddatlarini belgilash.

O'qitish dasturi profilaktik usullarga ham o'rgatishi kerak. Agar ishni bajarishda kamchiliklarga yo'l qo'yilsa, buning oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish usullaridan xabardor bo'lish kerak. Faoliyatni yaxshilash jarayoni xatolar tez - tez paydo bo'ladigan sharoitda amalga oshirilar ekan, xatolarni tuzatish usullari va profilaktikasi ham kadrlarni tayyorlash dasturining tarkibidan o'rin egallashi lozim. Kadrlarni tayyorlash dasturi yangi ishchilar va rahbarlarni ham qamrab olishi lozim. O'quv dasturi turli funktsional bo'linmalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular uchun kadrlar tayyorlash talablariga javob berishi kerak.
Boshqaruv kengashi xodimlarni tayyorlash bo'limi bilan birgalikda tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxatini ishlab chiqishi va o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladigan binoni foydalanishga tayyor holatga keltirishi kerak.
Boshqaruv kengashida har bir funktsional bo'linmadan vakillar qatnashib, ular ilg'or, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni o'zlarining bo'linmalariga tatbiq etish bilan shug'illanadilar. Bunday vakillar faqat o'zlarining tajribasiga tayanib qolmay, balki samaradorlik va sifatni yaxshilash bo'yicha boshqa bo'linmalar va umuman boshqaruv kengashining tajribasidan ham foydalanishi lozim. Favqulodda holatlar bilan bog'liq muammolarni hal qilishda boshqaruv kengashining butun imkoniyatlari safarbar etilishi lozim.
3.Faoliyatni yaxshilash bo'yicha kengashning ishi.
Funktsional bo'linmalar faoliyatini yaxshilash rejalarining tahlili.
Har bir funktsional bo'linmada faoliyatni yaxshilashning yillik rejasi tuzilib, unda sifatni oshirish tadbirlarining ro'yxati keltirilishi kerak. Rejada mazkur jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslar va boshlang'ich harajatlarni qoplash uchun kutilayotgan iqtisod aniqlanadi. So'ngra bu rejalar bo'linmalar va umuman tashkilot uchun yillik moliyaviy rejasining bir qismiga aylanadi.
Faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashi har bir bo'linma yillik rejasining asoslanganligini tekshiradi. Bunda u yillik rejaning to'liqligi, unga qo'yilgan talablarga javob berishi, korxonaning strategiyasini ifodalashi hamda taklif qilinayotgan daromadlarning harajatlarni qoplashiga e'tibor qaratadi.
Keng ko'lamda qo'llanilyapgan tajribaviy dasturlardan foydalanish zarurati paydo bo'lishi mumkin. Bu dasturlar turli usullarni amalga oshirish yo'llari va ularning kelajakdagi qoplanishini baholaydi. Rejalashtirish davrida tajriba uchastkalari aniqlanishi va amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalash uchun mablag'lar ajratilishi kerak. Tahlil natijasida boshqaruv kengashi bo'linmalarning rejalariga o'zgartirishlarni kiritadi va bu to'g'risidagi dalolatnomani moliyaviy rahbar va korxona rahbariga taqdim etadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish