Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 3,65 Mb.
bet13/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Maqsad korxonaning mavjud bo’lish sababini tushuntirib beradi. Maqsad tez - tez o’zgarib turmaydi. Odatda korxona o’z faoliyatini to’xtatib, boshqa faoliyat sohasiga o’tish haqida qaror qabul qilganda uning ish yuritish maqsadi o’zgaradi.

  1. Ish yuritish tamoyillari - korxona faoliyatining asosi bo’lib, tashkilotning madaniy muhitini belgilaydi. Kamdan - kam hollarda ish yuritish tamoyillariga tuzatishlar kiritiladi.

  2. Korxonaning vazifalari. 3 - 20 yilga mo’ljallangan bo’lib, firma faoliyatining asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi.

  3. Miqdoriy ko’rsatkichlar samaradorlikning parametrlarini ifodalaydi. Korxona ularni reja ko’rsatkichlari sifatida qabul qilib, muayyan vaqt oralig’ida ularga erishishga intiladi.

  4. Strategiya samaradorlikning rejalashtirilgan ko’rsatkichlariga erishish yo’llarini ifodalaydi.

  5. Taktika ko’zda tutilgan strategiyaning amalga oshirilishini ta’minlaydigan vosita hisoblanadi. Odatda taktika deyilganda 1 - 3 yilda bajarilishi ko’zlangan, aniq belgilangan qisqa muddatli vazifalar tushuniladi.

Rejalashtirish majmuini kompyuter ishlab chiqarish korxonasi misolida ko’rib chiqamiz.
Maqsad. Faraz qilaylik, “barcha davlatlarning kompyuterlarga ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilish” korxonaning maqsadiga aylangan. Maqsadni ifodalash kompyuterlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va bu sohada xizmat ko’rsatish tadbirlarini qamrab oladi. Biroq bunda u korxonaning faoliyat sohasiga tegishli ehtiyojlarinigina qondirishni nazarda tutadi.
Ish yuritish tamoyillari firmadagi madaniy muhit va tashkiliy hulqni belgilaydi. Ularni IBM korporatsiyasi misolida ko’rib chiqamiz. Korporatsiya rahbarlari uchun quyidagi qoida muhimdir: “Agar tashkilot raqobatchilar bilan kurashda ijobiy natijaga erishishga intilsa, korxonaning faoliyati asoslangan tamoyillar negiziga qurilishi kerak. Har bir rahbar qarorlar qabul qilish va har qanday tadbirlarni amalga oshirishda ushbu tamoyillarga tayanishi kerak”.
IBM korporatsiyasida amal qilinayotgan tamoyillar:
Insonga, uning huquqlari va qadr - qimmatiga xurmat. Bu asosiy tamoyildir. Ushbu tamoyilga amal qilgan holda IBM korporatsiyasi: ishchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, rivojlantirish va korporatsiyaning maqsadiga erishish yo’lida ulardan samarali foydalanadi; xodimlar mehnatiga haq to’laydi va ular mehnatining natijasiga qarab xizmatda ko’tarilishiga ko’maklashadi; bahsli masalalarni holis ko’rib chiqadi va ularni adolatli hal qilish maqsadida rahbarlar va bo’ysinuvchilar o’rtasida shartnomalar tuzish g’oyasini ilgari suradi.
Iste ’molchiga xizmat ko’rsatish. IBM ning maqsadi iste’molchiga eng yuqori talablarga javob beradigan xizmatlarni ko’rsatish hisoblanadi. Shuning uchun, kompaniya o’zini quyidagilarga mas’ul deb biladi: iste’molchilarning ehtiyojining hozirgi holatini bilish va kelajagini bashorat qilish; iste’molchilarga kompaniya mahsulotining foydalanish sifatini kafolatlash va ko’rsatilayotgan xizmatlardan samarali foydalanishga yordam berish.
Yuqori sifat faoliyatning asosiy sharti sifatida. Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga IBM korporatsiyasi jahon bozorida o’zining nufuziga ega bo’lgan. Bu borada korporatsiyaning salohiyatidan to’la foydalanilgan holda oldinda turgan qiyinchiliklarni yengib o’tishga ahamiyat berilgan. Kompaniya o’zini quyidagilarga mas’ul deb hisoblaydi: innovatsion loyihalarda yetakchi o’rinni qo’lga kiritish; eng kam harajat qilgan holda eng mukammal loyihalar asosida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, bunda boshqa korxonalar, xorijiy davlatlarning tajribasidan unumli foydalanish.
Rahbar samarali ish yuritadigan tashkilotchi bo’lishi kerak. Har bir rahbar barcha xodimlarni mehnat jarayoniga jalb qila olsagina faoliyatning muvaffaqiyat bilan yakunlanishini tasavvur qilish mumkin. Buning uchun IBM da rahbarlarga quyidagi majburiyatlar yuklangan: xodimlarni ularning oldida turgan vazifalarni yuqori sifat bilan bajarishga rag’batlantish; qo’l ostidagi xodimlari bilan bevosita muloqotda bo’lish; qabul qilinayotgan qarorlar va olib borilayotgan siyosatga shubha bilan qarash (chunki shubha haqiqatga yetaklaydi); firma, ishchi uchastka va bo’limning ehtiyoji, maqsadlaridan xabardor bo’lish; o’z ishini kelajak bilan bog’langan holda rejalashtirish; yangi g’oyalar, yangiliklarga moyillik.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish