Ta'minotchining faoliyatini miqdoriy baholash. Mahsulot yetkazib berishning o'z vaqtidaligi va harajatlar bilan bir qatorda sifat ta'minotchi faoliyatini baholashning uch mezonidan biri hisoblanadi. Ta'minotchi sifatini har tomonlama baholash tizimi barcha bu uch mezonni o'z ichiga olishi kerak.
Ta'minotchi faoliyatini baholashning ko'p usullari mavjud. Sifat, mahsulot yetkazib berishning o'z vaqtidaligi va harajatlar darajasining alohida ko'rsatkichlarini umumiy baholashga imkon beruvchi oddiy usuldan foydalanish afzaldir.
Bu ko'rsatkichlarning har biri o'ziga xos murakkabligi bilan farq qilishi mumkin. Avvallari sifatni baholash partiyalarda yo'l qo'yiladigan nuqson me'yoriga qisman asoslangan. Biroq nuqsonning mavjud bo'lmasligini mo'ljallashda bir necha birlikdan milliongacha bo'lgan hisoblarda yo'l qo'ysa bo'ladigan nuqson me'yoriga amal qilish ko'proq maqsadga muvofiq. Bunday me'yorni aniq belgilash uchun zarur bo'lgan mahsulotni yoppasiga nazorat qilish tejamkorlikka olib kelmaydi. Shuning uchun, ta'minotchining ishlab chiqarish jarayonini boshqarish tizimini doimiy tekshirish natijalariga asoslangan sifat ko'rsatkichlarini tavsiya qilish mumkin. Ta'minotchining sifat ko'rsatkilarchi ham ishlab chiqarish liniyasi, ham ekspluatatsiya sharoitlarida buyum qabul qilinganidan keyin yuzaga keladigan istalgan muammolarni ifodalashi kerak.
Sifatning baholariga ko'ra turli nuqsonlar turlicha aniqlanishi mumkin: o'ta muhimlari, muhimlari va muhim bo'lmaganlari yoki ikkinchi darajalilari. Biroq noto'g'ri yoki sifatsiz butlash singari ikkinchi darajali nuqsonlar, "no funktsional" o'lchamlardan sezilarsiz chetlanishlar avtomatning ishini to'xtatib qo'yishi, transportlash tizimiga salbiy ta'sir qilishi, jihozlarni qayta ishlashning sababiga aylanishi mumkin. Shu tarzda, nuqsonlarning turkumlanishi haqqoniy hisoblanmaydi. Barcha nuqsonlar teng darajada yuqori samarali ishlab chiqarish sharoitlarida ishlab chiqarilyapgan mahsulotning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, mavjud bo'lmagan nuqson tushunchasi nuqson bo'lmasligini mo'ljallash degani emas.
Ko'rsatkichlarning eng soddasi ta'minot sifatining ko'rsatkichi hisoblanadi. Ta'minotning o'z vaqtidaligini ifodalovchi yo'l qo'yiladigan chegaralarni aniq belgilash zarur. Eng sodda tizim ta'minotlarni o'z vaqti va o'z vaqtida bo'lmagan turlarga ajratishni nazarda tutadi. Murakkabroq tizim ta'minotning vaqtdan ilgari yoki kechikib kelgani bilan bog'liqlikda turli jarimalarni belgilashni ko'zda tutadi. Muddatdan avval bo'lgan ta'minot o'z vaqtida bo'lmagan ta'minotlar kategorYasiga kiradi, chunki yetkazib berilgan mahsulotni joylashtirish bilan bog'liq ortiqcha zaxira va qiyinchiliklarni ifodalaydi.
Ta'minotchining harajatlari ko'rsatkichini aniqlash ham haddan tashqari murakkab, ham qisman o'z - o'zidan topiladigan bo'lishi mumkin. Bir necha ta'minotchilarning narxlarini eng past harajatlar bilan solishtiruvchi ko'rsatkichga e'tibor beriladi, ammo bu ta'minotchi haqidagi maxfiy axborotning tasodifan oshkora tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ta'minotchilarning kam soniga e'tiborni qaratish bunday ko'rsatkichning ahamiyatini pasaytiradi. Agar ma'lum qoida uzoq muddatli shartnomada mustahkamlangan bo'lsa, boshqacha yondashuvning asosida ta'minotchi faoliyati samaradorligining harajatlarning rejalashtirilgan qisqarishiga munosabatini aniqlash yotadi. Biroq ta'minotchi harajatlarining ko'rsatkichlarini aniqlashda eng yaxshi yechim haqiqatdagi narxlarni baholash qiymati bilan taqqoslash hisoblanadi.