Sug'urtalash muammolari. Kichik ta'minotchi - korxonalar sifat muammolari bilan bog'liq da'volarning qo'zg'atilishidan sug'urtalanishiga zarurat sezadilar. Aks holda ular xonavayron bo'ladilar. Bunday vaziyat sug'urta ishi sohasida yangi vazifalarni hal qilishni keltirib chiqardi.
Ta'minotchining uzoq vaqt mobaynida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog'liq tavakkalchiliklarni sug'urtalayapganiga sug'urta firmasi ishonch hosil qilishi kerak. Ta'minotchining ishonchli boshqaruv tizimiga egaligiga guvoh bo'lgach, sug'urta firmasi uni vaqti - vaqti bilan taftish qiladi. Bu buyurtmachi uchun ta'minotchi ishlab chiqarish imkoniyatlarining holati haqida xolis axborot hisoblanadi. Bundan tashqari, sug'urta firmasi ta'minotchiga ishlab chiqarish jarayonining imkoniyatlarini oshirishda katta mukofotni taqdim qiladi.
Rag'batlantiruvchi shartnomalar yordamida muammolarni hal qilish. Rag'batlantiruvchi shartnomalarni imzolash bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolar yuqorida ko'rib chiqilgan. Bunday muammolardan biri shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda va ularga amal qilinmaganda, jarima sanktsiyalari qo'llanilishini ko'zlovchi shartnomalarni imzolashda vujudga keladi. Bu buyurtmachi va ta'minotchi aloqalarining rivojlanish yo'lidagi asosiy to'siq hisoblanadi.
Ko'p muammolarning paydo bo'lishi shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish darajasiga bog'liq. Bunday yondashuv ko'plab muammolarni hal qilishga yordam beradi. Yuqori sifatli mahsulotni ishlab chiqarish yo'lida buyurtmachilar odatda ta'minotchilardan ishlab chiqarish jarayoni va boshqaruv tizimini tavsiflovchi puxta tayyorlangan hujjatlar taqdim etilishini talab qiladilar.
Bunday hujjatlarda quyidagi ma'lumotlarning bo'lishi talab qilinadi:
Xodimlarni tayyorlash va o'qitish.
Attestatsiyalashning dastlabki bosqichi va vaqti - vaqti bilan attestatsiyadan qayta o'tkazish tizimi.
Nazorat jihozlarini tekshirishni ta'minlovchi tizim.
Ishlab chiqarish jarayonining amal qilishiga oid ma'lumotlarni to'plash.
Hisobotni olib borish tizimi.
Jarayonni statistik nazorat qilish tizimi haqida.
Bunday hujjatlarga asoslanib buyurtmachi nazorat ro'yxatini tuzadi va ta'minotchining ishlab chiqarish jarayonining muayyan shartlarga moslik darajasini aniqlaydi. Ta'minotchi mahsulotning sifatini pasaytirmagan holda hujjatlarda jarayonga qo'yilgan talablardan bir oz chetga chiqishi mumkin. Masalan, nazorat ro'yxatida ko'rsatilganidek, ishchi olti oy emas, balki yetti oydan so'ng qayta attetatsiyalashdan o'tishi mumkin. Talablardan bunday chetlanishga ruxsat beriladi. Bunda shartnomaviy majburiyatlar vaqt bo'yicha o'tkazilgan tekshirishlar jarayonida ta'minotchining faqat sifatli mahsulotni ishlab chiqarishga yaqinlashishi uchun mukofotlar to'lanishini nazarda tutadi.
Buyurtmachi tomonidan nuqsonga nisbatan qat'iy turish ta'minotchini sifatli mahsulot ishlab chiqarishga rag'batlantirishi mumkin. Nuqson aniqlanganda buyurtmachi nazorat o'tkazishni to'xtatishi va ta'minotchidan uning nazoratchisini partiyadagi qolgan mahsulotlarni tekshirishga yuborishini talab qilishi, yetkazib berilmagan mahsulot qabul qilinmaguncha pul to'lashni to'xtatib turishi, qaytarib yuborilgan materialni transportirovkalash, qayta ishlash harajatlarining hisobotini ta'minotchiga topshirishi yoki o'zini yomon tomondan ko'rsatgan hamkorning xizmatlaridan voz kechishi kerak.