Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Davlat byudjetining xarajatlari



Download 123,35 Kb.
bet23/28
Sana13.07.2022
Hajmi123,35 Kb.
#793592
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3 ma'ruza

26.3. Davlat byudjetining xarajatlari

Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya boʻlgan byudjetning koʻrinishlaridan biri boʻlib, unga tegishli boʻlgan umumiy xususiyatlarga egadir. Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon boʻladi. Byudjet xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi esa, oʻz navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bogʻlanganligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablagʻlarining namoyon boʻlish shakllari va h.k.


Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:
– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
– milliy iqtisodiyotga xarajatlar;
– mudofaa xarajatlari;
– boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari oʻz tarkibiga maorif, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini oʻzida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga boʻlgan talabini qondirishga, ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yoʻl ochib beradi.
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xoʻjalik yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida oʻrin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning oʻz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bogʻliqdir. Qurolli kuchlarning barcha turlari byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, uning xoʻjalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bogʻlangandir. Bunday oʻzaro bogʻliqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. Oʻz navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda byudjet xarajatlarining shunday hajmini va milliy xoʻjalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablagʻlaridan foydalanishning shunday muddatlarini oʻrnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash, boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning oʻsishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xoʻjalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xoʻjalikning samaradorligi nuqtayi nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qoʻyadi. Bunda milliy xoʻjalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli boʻlgan daromadlarning qoʻshimcha ravishda oʻsganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning oʻzida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xoʻjalikning ehtiyojlariga bogʻliq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjetdan mablagʻlarni taqdim eish tizimi tushuniladi.



Download 123,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish