Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o'tishning “O'zbek modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 86,5 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi86,5 Kb.
#371409
Bog'liq
Mavzu Bozor iqtisodiyotiga o'tishning “O'zbek modeli” va uning


O’zbek modeli va uning O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’siri

Reja:

  1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi.

  2. O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari.

  3. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi.

  4. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar va ularning bosqichlari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir.

Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi.

1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi.

Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi:

1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;

2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;

3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;

4) sotsializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xitoy, Vetnam).

Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularn­ing hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qil­ish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.

Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mam­lakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi.

Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakat­larning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.

Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyutsion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o'tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. islohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.

Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum ando­zalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy"" Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.'

Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bo­zor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ikkinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.

Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodi­yotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqaror-lashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish;

- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;

- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish;

- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.

Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish.

Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:

- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;

- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;

- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;

- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar.

3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:

- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;

- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;

- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;

- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.

4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Tqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.

5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.

Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodi­yoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqaror­lashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.

6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoya-lash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.

Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.

Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qil­ish yo'lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo'lladilar. Bu yq'Ini amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o'tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ancha uzoq muddatli o'tish davri bo'lishfni unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko'plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko'paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo'q, odamlarning ahvoli og'irlashdi.

Shuning uchun O'zbekiston bu yo'ldan bormay boshqa yo'l tanladi. Bu yo'1 O'zbekistonning o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo'ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to'ntarishlarsiz, ijtimoiy to'qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdan iboratdir.

«Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respub-likaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar. urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso'naqay rivojlantirish-ning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi», deb yozgan edi mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov.

O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qil-ishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:

Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash.

Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi.

Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim.

To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qa-torda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularrilng ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy ne-gizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.

Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o'zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijti­moiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog'liq bo'lgan barcha sohalarini, shu jumladan, siyosiy, ma'naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o'zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo'l bilan o'tish haqidagi g'oya juda muhim va afzal ekanligini ko'rsatadi.

Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.

Birinchi prezidentimiz I.A. Karimovning asarlarida bozor iqtisodi­yotiga o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo'yilganligi ta'kidlanadi:

- totalitar tizimning og'ir-oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

- Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.3

Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.

Birinchidan, o'tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash.

Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo'jaligida va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida mulk-chilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.

Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga bar-ham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta'minlash.

Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish bo'yicha birinchi bosqichda qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyot sohasiga tegishli bo'lgan, iqtiso-diy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun - hujjatlar qabul qilindi.

Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo'lgan muassasalar tizimi tuzildi.

Qishloq xo'jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo'jalik tizimi shakllandi va iqtiso-diyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismi keng rivojlandi.

Xalq xo'jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo'lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to'liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirra-lari shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi.

Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o'zgarishlar uning o'z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi nati-jalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.

Ikkinchi bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va shuning ne-gizida iqtisodiy o'sishni ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifa -lar ajratib ko'rsatiladi:

Birinchi vazifa - davlat mulklarini xususiylashtirish soha-sida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quwatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.

Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.

Uchinchi vazifa - milliy valyuta-so'mni yana ham mustahkam-lashdan iborat.

Bu esa so'mning konvertasiyasi, qat'iy valyutalarga erkin sur'atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadr-sizlanishiga qarshi ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari ishlab chiqarishni ko'paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo'li bilan erishiladi.

To'rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish.

Bunda tarkibiy o'zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisablangan tarmoqlarni, jumladan, yoqilg'i, energetika va g'alla komplekslarini rivojlantirish nazarda tutiladi.

O'tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko'rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo'l davom ettiriladi.

Shunday qilib, O'zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosa­batlariga o'tkazishda ikki bosqichli taraqqiyot yuzaga keladi. Birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo'jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to'liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo'yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi.

Lekin bundan respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish maqsadiga to'liq erishildi va bu sohada qo'yilgan vazi-falar to'liq bajarildi degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki bo-zor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllanti-rish bar bir davrda kun tartibiga yangi vazifalarni qo'yadi.

Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilish-ning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi:

- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o'tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda mulkdorlar sinfmi shakllantirish;

- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, awalo, bevosita yo'naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy ta-raqqiyotda ustuvor o'rin olishiga erishish;

- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko'lamda integrasiyalashuvini ta'minlash;

- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o'zgarishlarni iz-chil davom ettirish.



Xulosa qilib aytganda,O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―o’zbek modeli degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etidi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda. Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda. Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan mustaqillik bundan o’ttiz yil muqaddam birinchi prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar


  1. I.A. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T.: "O'zbekiston", 1997.

  2. I.A. Karimov. O'zbekiston buyuk kelajak sari. T.: "O'zbekiston", 1998.

  3. X.Shamsiyev L.Yoqubov. Bozor munosabatlari.T.: “Sharq” 2000

  4. Z.Qodirov. Bozor munosabatlariga o`tish. T.: “Sharq” 2001

Download 86,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish