Makroiqtisodiy muvozanat va uning namoyon bo’lish shakllari.
Klassik va Keynschilik nazariyalarida jami talab va jami taklif tengligini ta’minlashda davlatning roli.
Iqtisodiy sikl va inqirozlarning kelib chiqish sabablari.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri va uni bartaraf etish yo’llari.
Funksional iqtisodiy tizimlar va davlat boshqaruvi.
1.Iqtisodiyotdagi barcha murakkab takror ishlab chiqarish aloqalari makroiqtisodiy muvozanat zaruratligini oshiradi. Makroiqtisodiy muvozanat davlatning boshqaruvi ta’sirisiz ijobiy natijalarga erisha olmaydi. Bozor iqtisodiyotida bunday muvozanatni namoyon bo’lishining muhim shakli bo’lib, jami talab va jami taklif barqarorligi hisoblanadi. Birinchi galda obyektiv qonuniyat, ya’ni jamiyat daromatlari va harakatlati o’rtasidagi muvozanatning zarurati makro darajada yuzaga keladi. Bu muvozanatning aniq shakli bo’lib, jami taklif (yaratilgan YaIM) va jami talab (istemol etilgan YaIM) o’rtasidagi muvozanat hisoblanadi. Bozor mustaqil holda davlat aralashuvisiz ta’kidlangan muvozanatni ta’minlay olmaydi.

Jami taklif-bu mavjud narxlar darajasida ishlab chiqarilgan va taklif etilgan tovar va xizmatlar umumiy miqdoridir.

Jami talab- bu iste’mol tovarlarga va xizmatlatga va investitsion tovar va xizmatlarga bo’lgan talab.
Iqtisodiyotning sektorlari va ularning xarajatlariga mos ravishda jami talabning tarkibiy qismlari quyidagicha:
1.Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari.
2. Xususiy sektorning investitsion xarajatlari.
3. Davlar byudjeti tashkilotlarining tarkibi va ularni rivojlantirishning isvetitsiya va moddiy sarflarga davlat xarajatlari.