Shaxs axloqini shakllantiruvchi omillarni sanab bering.
Etikaning predmeti, mohiyati va tuzilmasi haqida nimalarni bilasiz?
Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati haqidagi fikringiz?
Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi haqida nimalarni bilasiz?
Nima uchun XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati paydo bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi haqidagi fikringizni izohlab bering.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov nima u nimalarga asoslanadi?
Nikohni eng qadimgi axloqiy munosabat shakli sifatida qanday tasavvur qilasiz?
Nikohning qonuniy va diniy jihatlari haqidagi fikringiz?
Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri haqida nimalarni bilasiz?
Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati va burchlari haqida nimalarni bilasiz?
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar haqidagi fikringiz? Uning yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotiga ta’siri haqida nimalarni bilasiz?
Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma’naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish deganda nimalarni tushunasiz?
Bugungi kundagi oilaviy ajrimlar va uning yoshlar axloqiy kamolotga salbiy ta’siri haqidagi fikringiz?
Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari haqida nimalarni bilasiz?
Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni haqidagi fikringiz?
Muomala madaniyati haqidagi fikringiz.
Muomala madaniyatining axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati sifatida qanday tushunasiz?
Asosiy axloqiy qadriyatlar haqida nimalarni bilasiz?
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi haqidagi fikringiz.
Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari haqida nimalarni bilasiz?
Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati deganda nimalarni tushunasiz?
San’atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri haqidagi fikringiz.
Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari haqida nimalarni bilasiz?
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri haqidagi fikringiz.
Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik haqida nimalarni bilasiz?