1-topshiriq.Mavzu bo’yicha savollarga javob bering.
1.Ilm-fan tushunchasini qanday izohlaysiz?
2.Ilm-fanning jamiyat taraqqqiyotidagi o’rni haqida so’zlab bering
3.Bilish va ilmiy bilim olish ,ilmiy tadqiqot ,ilmshunoslik tushunchalarining ma’nosini tushuntiring
4.Filologiya va lingvistika haqida qanday tushunchaga egasiz?
5.Filolog faoliyatining asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat?
6.Ilm va ilmshunoslik tushunchalarini qanday izohlaysiz?
7.Ilmiy tavsif ,ilmiy tasnif , ilmiy talqin tushunchalarini izohlang.
8.Ilmiy talqin turlari haqida ma’lumot bering.
Javoblar
1.Ilm-fan har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim sohadir.O’zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasigasiga beqiyos hissa qo’shgan ,jahon ilm-fani va madaniyati taraqqqiyoti yo’nalishini ma’lum darajada belgilab bergan ulug’ allomalari ,buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan.Bugungi kunda ham O’zbekiston Fanlar akademiyasining olimlari buyuk ajdodlari an’analarini munosib davom ettirib ,mustaqil Vatanimizning ilmiy- iqtisodiy ,ilmiy-texnik ,madaniy-ma’rifiytaraqqiyoti yo’lida keng ko’lamli ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2.Jamiyat taraqqiyotiga aynan ilm fan omillar ,ularning kashfiyotlari sabab bo’adi.Ilm dargohlari ,ziyolilar hamisha jamiyatning yetakchilari ,eng ilg’or qatlami hisoblanadi..Shu bois har bir ota-ona o’z bolasiga kichik yoshidan ta’lim berishga harakat qiladi.
3.Oddiy bilish deyilganda, inson tug’ilib o’zini o’zi anglashiva tili chiqishi bilan olamni atrofni o’rab turgan voqelikni tanishga ,o’rganishga harakat qila boshlaydi.
Ilmiy bilish deyilganda, oddiy qiziqishdan kelib chiqadigan savollar bola kata bo’lgan sari uni qiziqayoygan narsa buyum hodisa voqelikni chuqurroq o’rganishga ,mavjud sir asoslarni anglab yetishga yetaklaydi.
Inson o’z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni , ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan , balki o’zning ruhiy – ma’naviy dunoyosini ham bilib boradi.
Bilish --- moddiy va ma’naviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaaratilgan faol aks ettishidir.Aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rgaandi va ochib beradi.Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini qonuniyatlarini va xususiaytlarini o’rgandi .
Ilmiy tadqiqod—yangi bilimlarni ishalb chiqish jarayoni ,bilish faoliyati turlaridan biri.Unga obyektivlik ,ishonchlilik ,aniqlilik xos.Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga aaml qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi ,bahs etayotgan masalani isbotlashi lozim.Ilmiy tadqiqod bir - biri bilan bog’langan ikki kiyim – tajriba nazariyadan iborat.Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari : mavzuni belgilash ,mavjud axborotni ,tadqiqot soahasidagi shart-sharoit va metodlarni ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish va umumlashtirish tajriba o’tkazish ,olingan natijalarni tahlil etish va umumlashtirish ,kelib chiqqan farazlarni olingan dalilllar asosida tekshirish yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish ,ilmiy bashorat yuritish.Ilmiy tadqiqotlarni fundamental va amaliy,miqdoriy va sifatiy ,noyob va kompleks tadqiqotlarga ajratish keng tarqalgan.Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalarini fanning o’zidagina emas,balki ko’pgina iqtisodiy,va ijtimoiy masalalarni hal qilishda ham keng qo’llaniladi.
Ilmshunoslik --- Yevropada ilmshunoslik deb nom olgan bu yo’nalish islom mintaqasida 10-asr o’rtalaridan boshlab to17-50/111asrlargacha takomillashib brogan.Bu sohada butun islom mintaqasida qator qomusiy allomalar yetishib chiqdi.
4.Ma’lumki ,til va adabiyot fanning o’ziga olgan fanalr turkumi tizimidan iborat bo’lib,tizimlik filologiya o’zaro aloqadorligiga ko’ra ko’zga tashlanadi.Shu qatorda lingvistika sohasida ham o’zaro bog’liqliklarni kuzatishimiz mumkin.Ya’ni tilshunoslik,matnshunoslik,adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik kabi aspektlar belgilanar ekan ,ularni alohida mustaqil fan sifatida qabul qilish barobarida o’zaro aloqadorligini ko’rish mumkin.
Filologiya – (yunoncha so’zdan olingan bo’lib ,so’zni sevish,so’zga mehr) – gumanitar fanlar – tilshunoslik ,adabiyotshunoslik,matnshunoslik, manbashunoslik,paleografiya va boshqalarning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan ;yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan tahlil etish orqali inson ma’naviy madaniyating tarixi va mohiyatini o’rganadi.O’z ichki masalari va tashqi aloqalari yig’indisidan iborat bo’lgan matn Filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi.
5.Ilm adab G’arb islohotida poetika deb atalib ,eng muhim ilmlar majmuasi hisoblangan va quyidagi filologik sohalarni o’z ichiga oladi.Lug’at ;Morfologiya ;so’z yasalishi, Stilistika,Aruz ,Insho ,bayon ilmi, Qofiya ;Adib yunoncha filolog deb yuritilgan.
6.Ilm –fan tushunchasining mohiyatini tushunish ,muayyan fan sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish,bilim olish,ilmiy tadqiqodfaoliyatiga o’tadi.
7.Ilmiy bilim olish o’rganilishni maqsad qilingan obyektni ilmiy tomondan tavsiflash va ilmiy ,tasniflash va ilmiy talqin qilish orqali amalga oshiriladi.Ilmiy tasnifda ikki hodisalarni umumiy sinfiga oid,ya’ni bu obyekt qanday turga mansubligini ko’rsatib beruvchi xususiyatlarni aniqlashdir.
8.Ilmiy talqin turlariga : ijodiy talqin,ilmiy talqin,dogmatic taqin,rotsional taqin,badiiy talqin,erkin talqin,kompilyativ talqin kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |