Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami



Download 39 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi39 Kb.
#46908
Bog'liq
21 мавзу топширик


Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami

  1. 1917 yil fevral inqilobining Turkiston o‘lkasiga tasiri qanday bo‘lgan?

  2. Nima uchun bolsheviklar tomonidan qurolli to‘ntarish amalga oshirildi?

  3.  1917 yil boshlarida Rossiyadagi siyosiy vaziyat qanday edi?.

  4.  Petrograddagi inqilobiy voqealarning nihoyasiga etishi qanday bo‘ldi?.

  5. Rossiyadagi qo‘shhokimiyatchilik to‘g‘risida gapiring?.

  6.  Rossiyadagi fevral inqilobining Turkiston o‘lkasi aholisining siyosiy jihatdan faollashishiga sabab nimada edi?.

  7.  O‘lkada siyosiy kuchlar nisbati qanday bo‘lgan?.

  8.  Sovetlarning tuzilishi. Turkiston komiteti va uning faoliyati qanday tuzilgan?

  9.  Toshkent soveti, Milliy demokratiya, jadidlar harakati, mahalliy jamoat tashkilotlarining tuzilishi va faollashuvi to‘g‘risida gapiring?.

  10.  Halq vakillarining birinchi majlisi. “SHo‘roi islom" tashkilotining tuzilishi va uning faoliyati to‘g‘risida so‘zlab bering?.

  11.  Ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining I Turkiston o‘lka s’ezdi (1917 yil 7-15 aprel) so‘zlab bering?

  12.  Musulmonlarning Toshkentda o‘tkazgan Butunturkiston s’ezdi (1917 yil 16-23 aprel) va unda ko‘rilgan masalalar nimalardan iborat edi?.

  13.  Butunturkiston musulmonlarinnng II O‘lka s’ezdi (1917 yil sentyabr). “Ittifoki muslumin”ning tuzilishi. Haqida so‘zlang?

  14. O‘lkada bolshevik va eserlar tomonidan qurolli to‘ntarishining amalga oshirilishi, shahar va tumanlarda sovet hukumatining o‘rnatilishi haqida gapiring?.

Javoblar:


  1. Xalqimiz 130 yilga yaqin davr mobaynida podsho Rossiyasi zulmi ostida, sho‘rolar istibdodi iskanjasida yashadi. Bu davrda ular ne-ne kulfatlarni o‘z boshlaridan kechirmadilar. Shu bois ular doimo o‘z ozodligi va mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Biroq istiqlolimizgacha tariximizdagi bu ozodlik kurashlari bizdan pinxon tutildi. Ularning mazmuni, mohiyati va ahamiyatiga reaksiyey tus berildi. Hatto mustaqil davlatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan “Turkiston muxtoriyati” faoliyati adabiyotlar va darsliklarga kiritilmadi, mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar esa “bosmachilik” deb ataldi. Prezident I.Karimov "Mana shunday ozod kunlarda bilib-bilmay yo‘ldan toyib, ya’ni kuppa-kundizi yo‘lini yo‘qotib, yot ellarda chalinayotgan nog‘oraga o‘ynab yurgan ayrim yoshlarning ko‘zini ochishda milliy mafkuramiz muxim o‘rin tutishi shubhasiz"1, deb bejiz takidlamagan edilar. Fevral voqealaridan keyin siyosiy tashkilotlar faoliyatida ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. “Sho‘roi Islomiya”“Ulamo” va “Alash O‘rda” singari yangi firqalar tashkil topdi. Xalq o‘z baxti-saodati uchun kurash bayrog‘i ostida turli tashkilotlarni vujudga keltira boshladi.Samarqandda “Musulmonlar klubi”“Mirvajul-Islom”, Qo‘qonda “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi”, Kattaqo‘rg‘onda “Ravnaq-ul islom”, Xo‘jandda “Muayin at-tolibin” kabi tashkilotlar tuzildi. Taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tashkil qilingan “Turon” jamiyati tashabbusi bilan 1917 yil mart oyida vujudga kelgan yirik milliy tashkilotlardan biri-“Sho‘roi Islomiya” edi. Tashqilot nega bunday nom oldi? 1917 yilda Sovetlar (sho‘rolar) tashkil qilish-g‘oyasi keng tarkalgan edi. Joylarda “Hamma hokimiyat Sovetlarga” degan shior ostida namoyishlar o‘tkazila boshlandi. Odamlar “Endi xalq Sovetlar orqali o‘z taqdiri va kelajagini hal eta oladi”, deb uylay boshladi. Tashqilotning 1917 yil 14 martdagi yig‘ilishda shunday taklif kiritildi: “Nega rus ishchi va askarlarida o‘z sho‘rolari Sovet ma’nosida bor, biz musulmonlarda esa xech qanday sho‘ro yo‘q. Keling biz ham bugungi majlisda tashkilotimiz nomini ”Musulmonlar sho‘rosi“ yoki chiroyli qilib aytganda ”Sho‘roi Islomiya" deb aytaylik. Shunday qilib, Toshkent shahrining mahalliy aholisi o‘zi saylangan va unga ishonch bildirgan milliy tashkilotga ega bo‘ldi.

  2. Oktabr inqilobi yoki Oktabr toʻntarishi — Rossiyada Muvaqqat hukumatni qurol kuchi bilan agʻdarilishi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar partiyasining kelishi. Inqilob eski kalendar boʻyicha 1917-yil 24-26 oktyabr, yangi kalendar boʻyicha 6-8-noyabrda sodir boʻlgan. Fevral inqilobidan keyin Muvaqqat hukumatning ishchilar va dehqonlarning talablari, milliy masalalarni hal qilishdagi sustkashligi va qatʼiyatsizligi, Rossiyaning urushda ishtiroki davom etayotganligi umummilliy inqirozni avj oldirdi, markazda ekstremistik (oʻta soʻl) partiyalarning, mamlakatning chekkalarida esa millatchi partiyalarning kuchayishi uchun sharoit tugʻdirdi. Hammadan ham bolsheviklar faol harakat qildilar. Ular Rossiyada sotsialistik inqilobni boshlaymiz, bu jahon inqilobining debochasi boʻladi, deb bong urdilar. 1917-yil avgust oxiri — sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida koʻpchilikni egalladi va qurolli toʻntarishga tayyorgarlik koʻrishdi



Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish