Mavzu: Botanikani o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasining komandada o’qitish metodidan foydalanish


Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi



Download 166,34 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi166,34 Kb.
#952449
1   2
Bog'liq
kurs ishidan

Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 
Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o’quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to’liq bajarilish natijasida o’quv materialining yaxlit o’zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, o’quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.
Erkin fikrlash darslari
Erkin fikrlash darslari ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar va bu maqolalarning muhokamalariga bag`ishlanadi. 
Erkin fikrlash darslaridan ko’zda tutilgan maqsad:
1. O’quvchilarning bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
2. O’quvchilarni ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar, kitoblar bilan tanishtirish orqali ularning bilim olish va fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish.
3. O’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
Munozarali darslarning muvaffaqiyati qo’yidagi masalalarni to’g`ri hal etishga bog`liq:
o’quvchilarning darsga qizg`in tayyorgarlik ko’rishiga;
ular o’rtasida o’zaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga;
o’quvchilarning o’z fikr-mulohazalarini to’liq bayon qilishi va mantiqan dalillashiga;
o’quvchilarda boshqalarning fikrini sabot va chidam bilan tinglash ko’nikmalarining hosil qilinganligiga;
o’qituvchining iqtidori, e’tiqodi, o’quvchilarning bilim faoliyatini faollashtira olish ko’nikma va malakalariga egallaganlik darajasiga bog`liq bo’ladi.
Erkin fikrlash darslarini o’tkazish uchun o’quvchilarga ko’pgina ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarni o’qishni tavsiya etamiz.
Mаvzu: Geometrik material.Uchburchak va uning turlari.Uchburchak yuzi.Katakli qog’ozda yuzlarni hisoblash.
Dаrsning  tаshkiliy  qismigа  1  dаqiqа  аjrаtilаdi.  So’ngrа  o’qituvchi  uygа bеrilgаn  vаzifаlаrni  tеkshirаdi  vа  o’quvchilаrning  hаtоlаrini  to’g’rilаydi,  bungа 5 dаqiqа  vаqt  аjrаtаdi.  Kеyin  o’qituvchi  dоskаgа  bugungi  o’tilаdigаn  аmаliymаshg’ulоt  mаvzusi  bo’yichа  turli  ko’rinishdаgi,  turli  qiyinliqdаgi  misоllаrdаnishlаb  ko’rsаtаdi,  tushuntirаdi  vа  o’quvchilаrgа  tushunmаgаn  jоylаrini  so’rаshlаrimumkinligini  аytаdi.  O’quvchilаr  tushunmаy  qоlgаn  jоylаridаn  o’qituvchigа sаvоllаr bеrаdi so’ng o’qituvchi ulаrning sаvоllаrigа to’liq jаvоb bеrib o’tаdi. Bungа 15 dаqiqа vаqt yеtаdi.
Misоl uchun o’qituvchi tushuntirgаn misоllаr:
Хisоblаng:
O’qituvchi  dоskаdа  ishlаb  ko’rsаtgаn  vа  tushuntirgаn  misоllаrini  dоskаdаn o’chirmаgаni  mа’qul,  o’kuvchilаr  dаrs  dаvоmidа  undаn  fоydаlаnаdilаr. Mаtеmаtikа  хоnаlаridа  fоrmulаlаr  yozilgаn  dеvоriy  gаzеtаlаr  bo’lаdi  yokibo’lmаsа  o’qituvchi  аvvаldаn  tаyyorlаb  qo’ygаn  lоgаrifmik  fоrmulаlаr  yozilgаnplаkаtni o’quvchilаr fоydаlаnishi uchun хоnаgа dаrs dаvоmidа оsib qo’yadi.
Tахminаn  хоnаdа  20  tа  o’quvchi  bo’lsа  o’qituvchi  ulаrni  5  tаdаn  4  tа guruhgа  аjrаtаdi  vа  hаr  bir  guruhgа  аvvаldаn  tаyyorlаb  qo’yilgаn  tаrqаtmа mаtеriаllаrni bеrаdi. Bu mаtеriаllаrdа 5 tаdаn vа 5 хil qiyinlikdаgi misоllаr bo’lаdi. Hаr bir guruhning оlgаn tоpshiriqlаri tеng kuchli bo’lаdi.
Bugungi kasb-hunar maktablarning asosiy vazifalaridan biro‘quvchi-yoshlarga zamon talabidagi bilimlarni berish, fanlar sohalari bo‘yicha muntazam bilim olishlari uchun tegishli sharoit yaratish,zarur axborotlarni tanlash va mustaqil o‘qishni o‘rgatish orqali bilim olishga ehtiyojlarini qondirish va qiziqishlarini ortirishdan iborat. Bu vazifalarni an’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda hal qilib bo‘lmaydi. Kasb- hunar maktablarida biologiya darslarida innovatsion yondashuvlar ya’ni rivojlangan davlatlarda keng tadbiq etilayotgan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimidan foydalanish mumkin. O’quv jarayoni sifatini oshirishga nisbatan qo’yilayotgan asosiy talablardan biri zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishni takomillashtirish hisoblanadi. Kasb-hunar maktablarida biologiya fanini o’qitish jarayonida interfaol usullardan, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mavzuni yoritish va o’quvchilar bilimlarini oshirib borish hamda o’zlashtirish, esda saqlab qolish qobilyatlarini mustahkamlanadi. O’zbekistonda biologiya fani rivoji va kelajagi haqida o’quvchilarda bilimlarni shakllantirishda ham muhim ham dolzarb masala hisoblanadi. Har bir pedagogning o’z ilmiy qarashlari dars o’tish usullari bor bo’lib bu usullar betakror va takrorlanmasdir. Ta'lim texnologiyasi – ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta‘sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash tizimidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etilishi hamda yangi pedagogik texnologiyalarni kirib kelishi bilan “o’quvchi-o’qituvchi” tizimidagi ijodiy faollik yuqori pog’onaga ko’tarildi, natijada o’quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi. Yangi pedagogik texnologiyalarning interaktiv usullari birinchi navbatda o’quvchini aqliy va amaliy faoliyatiga tayanadi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchidan bilim va tajribani talab etadi. Quyida keltirilgan har bir dars ishlanmasi o’zgarmas qotib qolgan holatda emas, har bir o’qituvchi bu darslarga o’zining tajribasi va bilimidan kelib chiqib yondashishi mashg’ulotlarni yanada samarali bo’lishiga xizmat qilishi shubhasiz. Hamkorlikda o‘qitish g'oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professorlari R. Jonson, D. Jonson (1987), Kalifomiya universiteti professori J. Aronson (1978), Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori Sh. Sharan (1988) tomonidan ishlab chiqilgan.Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o‘qitish asosan, o'quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko‘nikma va malakalami shakllantirish, Isroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o ‘qitish yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, ko‘proq o'quvchilar tomonidan o‘quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o‘quv bahsi va munozaralar o'tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g'oyalar bir-birini to'ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlari nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qishni o'rganishdir.Biologiya fanini o’qitishda hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishiga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. Mazkur metoddan foydalanganda shuni nazarda tutish kerakki, o'quvchilar o'z sheriklari bilan hamkorlikda o'quv topshiriqlari to'g'ri bajarishlari barobarida guruh a’zolarining faolligi, hamkorlikning vujudga kelishi, ular o'rtasidagi muloqotda muloqot madaniyati tamoyillariga amal qilinishi ham hisobga olinadi.Shunday qilib, guruh a’zolari bir vaqtning o'zida ikkita topshiriqni bajaradi: 1.Akademik topshiriq — bilish va ijodiy izlanish orqali o'quv topshiriqlaridan ko'zlangan maqsadga erishish; 2.Ijtimoiy-psixologik topshiriq — dars davomida yuksak muloqot madaniyatiga ega bo'lish, odob osoyishtaligini saqlash; O'qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi. O'qituvchi biologiya ta’limi jarayonida hamkorlikda o'qitish metodlaridan foydalanishi uchun ushbu texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko'nikma va malakalari, o'quvchilarning mustaqil ishlari, o'quv bahsi va munozaralari samaraii tashkil etish yo'llarini egallagan, o'quvchilarda esa darslik, ilmiy-ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o'z fikrini qisqa va aniq bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o‘quv bahsi va munozaralarda faol qatnashish ko'nikmalari shakllangan va ongli intizom vujudga kelgan bo'lishi lozim. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining bir nechta metodlari mavjud: Komandada o'qitish (R. Slavin) da o'quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi.Komanda a ’zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishiga e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo'lgan R. Slavinning ta’kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish bo'yicha ko'rsatma berilishi yetarli emas. O'quvchilar o'rtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, ko'proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalami puxta o'zlashtirishga intiladi. Hozirgi zamon fani- texnikasi yutuqlari bilan qurollangan jamiyat o’z faoliyati tufayli tabiatning o’zini-o’zi boshkarish mexanizmiga chuqurroq ta’sir ko’rsatishi natijasida tabiatga nihoyat katta ta’sir ko’rsatmoqda. Buning oqibatida mintaqaning biosferasida kuchli o’zgarishlar hosil bo’lmoqda. Bular tabiat boyliklaridan va uning kuchidan foydalanishning ekstensiv usulidan samarali aqlzakovatga amal qilib foydalanishni talab yetadi.Bu jamiyat tabiat ustidan hukmronlik qilish va uni o’ziga bo’ysindirish kerak, degan g’oyadan voz kechib, u bilan hamkorlarcha teng munosabatlarda harakat qilishi kerak deganidir. Ayrim hollarda jamiyat o’z taraqqiyoti tufayli tabiatdan ustunlik qilishi mumkin. Lekin bu vaqtida birlik va muvozanat buzilmasligi, ijtimoiy va tabiiy jarayonlarni boshqarishda javobgarlik bo’lishi lozim. Shuning uchun kelajak avlodni tabiat haqidagi bilimlari, ko’nikmalarini kengaytirish,tabiatni asrash-avaylash,o’simlik va hayvonot dunyosini ko’paytirish kabi tushunchalarini oshirish uchun biologiya darslari samarali tashkillanishi lozim
Download 166,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish