Zarur jihozlar va qurollar: “Botanikadan taqvim-reja”, “Botanikadan mavzuli-reja”
jadvallari, dastur, darslik, chizg’ich, qalam, daftar.
Laboratoriya mashg’ulotida foydalaniladigan texnologiya:Hamkorlikda o'qitish
texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.
Laboratoriya mashg’ulotining borishi:
1.Tashkiliy qism.
2.Talabalari laboratoriya mashg’ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o'quv
topshiriqlari bilan tanishtirish.
3. Botanikadan dastur va darslikning mantiqiy tuzilishini o'rganish.
4. Botanikadan yillik taqvim-reja va mavzuli-rejaning mazmuni, mohiyatini va uni
tuzishni o'rganish.
5.Botanikani o'qitishda foydalaniladigan darslarni loyihalash.
6.Laboratoriya mashg’ulotini yakunlash
Biologiyani o'qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar va
ekskursiyalardan o'z o'rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya'ni o'qitishga tizimli
yondoshuvni amalga oshirilishi lozim.
Biologiyani o'qitishda tizimli yondoshuvni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'quv yili
boshida istiqbol taqvim-reja tuzishi lozim. Mazkur reja biologiyani o'qitishning barcha
shakllarini uzviy ravishda qamrab olishi, o'quv dasturidan o'rin olgan boblar va mavzular
bo'yicha darslar tizimi, o'quv yilidagi choraklar va ta'tillar hisobga olingan holda o'tkazish
muddatlari, fanlararo bog’lanishlar, ekskursiyalar, darsdan tashqari ishlar aks etadi.
Biologiya o'qituvchisi istiqbol taqvim-reja tuzishi uchun:
• O'quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek, bobdagi
mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini aniq tasavvur qilishi;
• Mavzulari o'qitishda yil fasllari, mavzuning talimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlari, o'quvchilarda shakllantiriladigan biologik tushunchalar, tarkib toptiriladigan
ko'nikmalari hisobga olgan holda o'qitish metodlari, ko'rgazma vositalarini tanlashi.
• O'quvchilar tomonidan o'tkaziladigan kuzatish va tajribalaring mazmuni va
muddatlarini aniqlashi;
• Darsda namoyish etiladigan tajribalari avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi;
• Har bir darsda ta'lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo
bog’lanishlari amalga oshirish yo'llarini belgilashi;
• O'quvchilaring mustaqil ishlari uchun didaktik va tarqatma materiallari tayyorlash,
mustaqil o'qish uchun qo'shimcha adabiyotlari tanlashi;
• Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, ekskursiyalari tashkil etish uchun zarur
bo'ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, o'qituvchi istiqbol taqvim-rejada o'qitish jarayonining yaxlitligini
nazarda tutishi, o'z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi, unda o'qitishning
barcha shakllarining uzviyligini ta'minlagan holda ulari o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan
bo'ladi.
Biologiyani o'qitishda foydalaniladigan istiqbol taqvim-rejani tuzish uchun quyidagi
jadval namuna sifatida berilmoqda
Bob
№
mavzular
Soat Muddat Uyga vazifa
O'quv yil uchun tuzilgan istiqbol reja qat'iy emas, unga yil davomida muayyan
holatlarni hisobga olgan holda tegishli o'zgartirishlar kiritish, ekskursiya va sinfdan
tashqari ishlari tashkil etish va o'tkazish muddatlari o'zgartirilishi mumkin.
O'qituvchi istiqbol rejaga asoslanib o'qitishni tashkil etish uchun mavzuli taqvim reja
tuzadi. Mazkur rejani tuzishda:
• Har bir o'quv fani dasturi mazmun va mohiyatiga ko'ra izchillikda joylashgan
boblardan iborat ekanligi;
• Dasturdan o'rin olgan har bir bob mantiqiy jihatdan bir-biriga uzviy bog’liq bo'lgan
o'quv materiallarini birlashtirishi;
• Har bir bob mantiqiy jihatdan uzviy bog’langan darslar tizimidan iborat ekanligi;
• Har bir mavzu mazmuniga ko'ra, o'quvchilarda muayyan biologik tushunchalari
shakllantirish va ko'nikmalari tarkib toptirishga zamin tayyorlashini nazarda tutishi lozim.
Dars mazmuni tarkibidagi tushuncha va ko'nikmalari o'quvchilar tomonidan mustahkam
o'zlashtirishlari uchun o'qituvchi ko'rgazma vositalari va o'qitish metodlarini tanlaydi.
Har bir bob yakunida o'tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarda, darsning ta'limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga mos holda muayyan ko'rgazma vositalari va
metodlardan foydalaniladi. Biologiya darslarida tasviriy ko'rgazma vositalari bilan bir
qatorda tabiiy ob'ektlardan foydalanish maqsadga muvofiq, shu sababli o'qituvchi uzoq vaqt
davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun zarur bo'lgan muddatlari hisobga olgan holda
o'z vaqtida masalan, “Bargda organik moddalaring hosil bo'lishi”ni o'rganish tajribasi o'n
kun avval, “Urug’laring unib chiqish shart-sharoitlari” tajribasi bir haf'ta oldin tayyorlash
lozimligi hisobga olinishi zarur.
Shunday qilib, mavzuli reja o'quv fani bo'yicha darslaring tizimini, mazmunning
mantiqiy rivojlanishi, metodlaring turlari, ko'rgazma vositalari, darsdan tashqari ishlar,
o'quvchilarning mustaqil tahsilini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari o'qituvchi mavzu
bo'yicha o'quvchilar tomonidan bajariladigan uy vazifalari, darsdan tashqari ishlaring
mazmuni va xarakteri, mustaqil o'qish uchun qo'shimcha adabiyotlari aniqlashi zarur.
O'qituvchi har bir bobda tushuncha va o'quv-amaliy ko'nikmalari rivojlantirish
izchilligini, shuningdek, ta'lim-tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish yo'llarini belgilaydi,
zarur hollarda mavzuli taqvim rejaga tegishli o'zgartirishlar kiritadi.
Quyida botanikadan tuzilgan mavzuli-reja namuna sifatida tavsiya etiladi.
Boblar
mavzu
soat o’tish
muddati
meto
d
jixoz
Qo’shimch
a
adabiyotlar
Uyga
vazif
a
Kirish
(1 soat)
Kirish
1
3.09.
suxba
t
Xona
gullari,
gerbariy.
Qiziqarli
botanika,
$, bet
Savol
larga
Javob
yozis
h
1 BOB
Gulli
o’simliklar
bilan
umumiy
tanishish
( 3 soat, shundan
1 soat ekskursiya)
Gulli
o’simliklar
bilan
umumiy
tanishish
1
10.09.
Xam
kor
likda
o’qiti
sh
Jadval,
o’simlikla
r,
gerbariy
Kursanov.
Pratov O’.
$, бет
Biologiya o'qituvchisi taqvim-reja va mavzuli-reja asosida darslaring ishlanmalarini
loyihalaydi.
Dars an'anaviy ta'lim texnologiyasi asosida loyihalansa u quyidagicha bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |