1-jadval. Menejment obyekti va subyekti
|
Menejment
|
№
|
Obyekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)
|
Subyekti (boshqaruv organi, rahbarlik)
|
1
|
2
|
3
|
I. Makrodarajada
|
1
|
Mamlakat (respublika)
|
- qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)
- Ijro etuvchi hokimiyat (O’zR Vazirlar Mahkamasi)
- Sud hokimiyati
|
2
3
|
Viloyat
Tuman (shahar)
|
- QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari
- QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari
- QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari
- Tuman (shahar) xalq deputatlari
- Tuman (shahar)lar hokimliklari
- Tuman (shahar) sudlari
|
II. Megodarajada
|
4
5
|
Kontsern (ko’p tarmoqli korporatsiya)
Sektor (tarmoq)
|
- Qo’mitalar va ularning raislar
- Vazirliklar va vazirlar
|
III. Mikrodaraja
|
6
7
8
9
10
|
Korxona (firma), korporatsiya
Xodimlar
Ishlab chiqarish
Samaradorlik
O’z-o’zini boshqarish
|
- Jamoa kengashi va raislar, prezident
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari
- Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar
|
Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.
O‘zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo‘ysunuvchi bo‘lgan boshqaruv obyektlari va subyektlari faoliyatning alohida ko‘rinishi sifatida boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi. Bu aloqani quyidagi tarzda ko‘rsatish mumkin:
Boshqaruv subyektlariga boshqarishni amalga oshiradigan tashkilotchilar, rahbarlar, turli soha boshliqlari kiradi. Boshqaruv obyektlariga korxonalar, turli mulk shaklidagi mehnat jamoalari, Xodimlar, ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan mehnat qurollari va predmetlari, pul vositalarining harakat jarayoni, tabiat resurslari, ilmiy- texnik va axborot imkoniyatlari kiradi. Boshqaruv subyekti turli mat'muriy ko‘rsatmalar, xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi qoidalami boshqaruv obyektiga uzatadi.
Boshqaruv obyekti yuqoridagilarga asoslanib, o‘zini harakat yo‘nalishini o‘zgartirib turadi. Komandani qabul qilganligi va unga o‘z munosabatini bildirganligi to‘g‘risidagi axborotni boshqaruv subyekti qayta aloqa orqali bilib oladi. Ana shu axborot orqali subyekt kelajakdagi harakatning yangi yo‘naIishini belgilaydi. Ma’lum vaqtda bu obyektni keyingi rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Qayta aloqa kanallari doklad, xabarlar, yozma hisobotlar shaklida bo'lishi mumkin. Shunday qilib, qayta aloqa amaliyotda bu subyekt tomonidan o‘rnatilgan bevosita tuzatishlar va nazorat qilish natijasidir. Bu o‘z ifodasini statistik va kundalik hisobot va buxgalter hujjatlarida topadi.
«Mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko‘rsatmoqda». Deya tak’kidlagan I.A.Karimov. «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqaroilik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» ma’ruzasida.
Korxonada boshqaruvning ta’siri boshqaruv obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritish jarayonlari, ishlab chiqarish uskunalarini ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar boshqaruv obyekti bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv subyekti esa qoidaga ko‘ra, korxona rahbari yoki boshqaruv obyektlarini maqsadli ravishda boshqarishni amalga oshiruvchi xizmat rahbarlaridir. Agar yuqorida keltirilgan misolga qaytadigan bo‘lsak, orkestr, bu - boshqaruv obyekti, dirijyor esa, boshqaruv subyektidir.
Korxonada boshqaruv subyektlari;
Harakatdagi rahbarlik devoni;
Korxonada bo‘ysinuvchi bo'limlar, jamoa xodimlari;
Korxonada faoliyat yuritayotgan turli xil ishchilar,
Kasaba uyushmalari tashkiloti va boshqa jamoat
xodimlari tashkilotlari.
Boshqaruv obyektlari va subyektlari doimo o ‘zaro aloqada bo‘lib, bunda asosiy o‘rin boshqaruv obyektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi. Boshqaruv obyektining mazmuni, unda yuz berayotgan o‘zgarishlar boshqaruv subyekti vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va usullarini mukammallashtirishda aks etadi. Albatta, bu boshqaruv subyektlarining passivligini anglatmaydi, aksincha, boshqaruv tizimining bo‘limlari shu boshqaruv tizimining eng faol qismini tashkil etadi va tavsiflaydi. Aynan boshqaruv subyekti ishlab chiqarish resurslari va asbob-uskunalardan foydalanish siyosatini belgilaydi, ishlab chiqarish vositalarining ishchi kuchi bilan birlashuviga ko‘maklashadi, ya’ni korxonaning itima, qachon, qayerda, kimga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan siyosati, birinchi o‘rinda boshqaruv subyekti tomonidan hal qilinadi. Shu sababli, boshqaruv obyektlari va subyektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bo‘Isa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Boshqaruvchi yoki boshqaruv subyekti - bu bir guruh kishilar hamda boshqaruv organlaridan iborat bo’lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar yordamida boshqariluvchi ob'ektga ta'sir o’tkazadi. Boshqarish obyektlari bo’lmasa, uning subyektlari ham bo’lmaydi. Demak, boshqaruvchi ichki tizimning negizida boshqaruvchi kichik tizim yotadi. Masalan, korxona bo’g’inida subyekt bo’lib, shu korxonaning direktori va unga bo’ysinuvchi butun boshqaruv apparati hisoblanda. Obyekt bo’lib esa shu korxonadagi barcha tsexlar va uchastkalar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda obyekt va subyekt tushunchalari
Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi: buyumni, ya'ni mehnat vositalarini boshqarish; odamlar (ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko’rsatadilar va boshqarish subyekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning obyekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning subyekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar (2-chizma).
Nazorat uchun savollar :
Boshqaruv nima ?
Boshqaruv obyektlariga nimalar kiradi ?
Boshqaruv subyektlariga nimalar kiradi ?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b
Yo’ldoshev N.Q., Umarjonov A.M. Iqtisodiyot va menejment. - T.: TDIU, 2005
Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 156 b
Yo’ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004.
Герчикова В.И. Менеджмент. Учебник. – М.; 2003
Do'stlaringiz bilan baham: |