Mavzu: Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari
Reja:
1.Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari
2. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish.
3. Rahbarni o'zini o'zi boshqarishi
4. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish uchun qurollar
1.Boshqaruv mehnati: ta'riflari, xususiyat1ari, tur1ari
Boshqaruv mehnati- bu ma'muriy boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar va ishlardir.
Boshqaruv mehnati mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash davrida ajratiladi.
Ma'muriy boshqaruv xodimlarining mehnati yig'ma ijtimoiy mehnatning ajralmas qismi bo'ladi. Demak, boshqaruv tizimidagi mehnat qanchalik samarali bo'lsa, yig'ma mehnatning natijalari ham shunchalik yuqoridir.
Ammo ma'muriy boshqaruv xodimlari, ishchilardan farqli ravishda, o'zlari bevosita mehnat predmetiga ta'sir ko'rsatmaydilar, ya'ni o'zlarining qo'llari bilan (mehnat vositalaridan foydalanish bilan) moddiy boyliklarni ishlab chiqarmaydilar. Ular bevosita ishlab chiqarish (tijorat) operatsiyalarini bajarish bilan band bo'lgan odamlarning samarali mehnatlari uchun kerakli tashkiliy-texnik va ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlar yaratadilar. Demak, boshqaruv vazifalarini bajarilishi-ning sifati qanchalik yuqori bo'lsa, ishlab chiqarish ob'yekti shunchalik ishonchli va samarali faoliyat yuritadi. Boshqaruv mehnati jarayonida belgilangan resurslar moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari - binolar, inshoatlar, boshqaruv apparati xodimlari mehnatning vositalari va predmeti, boshqaruv tizimini faoliyati yuritish uchun xarajatlar, malakali mutaxasislar va h.k. dan foydalaniladi. Ulardan foydalanishning samaradorligi ham ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijalari ga ta' sir ko'rsatadi. Shunday qilib, boshqaruv mehnati - bu ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatining turli tumanligidir, chunki u yig'ma mahsulot ishlab chiqaruvchi va boshqaruv xodimlari faoliyatining natijasidir. U ishchilar mehnati kabi darajada zarurdir.
Bu jihatdan boshqaruv sohasidagi mehnat ilmiy mehnatga yaqinroq, ko'proq uni eslatadi. Ammo agar ilm sohasida asosan ilmiy axborotlar bilan harakat qilinsa, boshqaruv mehnati o'zining orbitasiga hisob-statistik, ilmiy- texnik, bashoratli- tahliliy, rejaviy, operativ va iqtisodiy axborotlarning boshqa turlarini jalb qiladi.
Boshqaruv mehnatining boshqa xususiyati uning aqliy harakatlaridir. U predmet va mehnat predmetining axborotli xarakteridan kelib chiqadi, shunga ko'ra ma'muriy - boshqaruv xodimlariga, qoidaga ko'ra, ayniqsa qarorlarni qidirib topish va amalga oshirishda ko'proq darajada asabiy tuyg'uli harakatlarni sarflashga to'g'ri keladi.
Boshqaruvda, mehnat faoliyatining har qanday boshqa turidagi kabi, mehnat taqsimoti mavjuddir. Bunday taqsimot boshqaruv ob'yektlarini farqlanishi sababli paydo bo'ladi. Boshqaruv ob'yekti sinflari, turlarini farqlanishi boshqaruvni iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, boshqariladigan ob'yektning turiga ko'ra boshqaruvchilarni ixtisoslashishlari zarurligiga olib keladi. Boshqaruv faoliyatining turlari, boshqaruv mutaxassisliklari bo'yicha taqsimlash mavjud, masalan, tahlilchilar, rejachilar, hisobchilar, menejerlarga ajratiladi.
Boshqaruv mehnati bilan band bo'lgan xodimlar tomonidan bajariladigan ishlar, operatsiyalar, tadbirlarning aniq mazmuni nuqtai nazaridan ularning boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdagi rollari ham boshqaruv xodimlarining har xil guruhlariga ajratiladilar. Bunday bo'linish ayrim operatsiya larning murakkablik darajasi, kasbiy mahoratga talablar, qarorlarni qabul qilishdagi vakolatlarni aks ettiradi. Boshqaruvda to'g'ridan-to'g'ri yoki vositali ishtiroq etuvchi, ba'zida " oq yoqachalar" nomi bilan mashhur bo'lgan rahbarlar, xizmatchilar bajari layotgan vazifalarning xarakteri va mazmuniga ko'ra uchta kategoriyaga bo'linadilar:
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruv ta'sirlarini bevosita amalga oshirish vakolatlarini olgan rahbarlar (menejerlar);
boshqaruv xizmatlari apparati xodimlari shaxsidagi mutaxassislar, amaldorlar, ular boshqaruv ob'yekti haqidagi axboratlarni tahlil qiladilar, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, muhokama qilish, tanlashdi ishtirok etadilar, boshqaruvchilar uchun tavsiyalar tayyorlaydilar;
- boshqaruvchilar va mutaxassislarga xizmat ko'rsatuvchi, boshqaruv jarayoni va uning ishtirokchilarini ta'minlash bo'yicha yordamchi operatsiyalarni bajaruvchi texnik ijrochilar.
Bu guruhlarning har biriga ham ular mehnatining mazmuni va akliy yuklamalarning xarakteri nuqtai nazaridan va ham mehnat jamoasi faoliyati natijalariga ta'sir ko'rsatish nuqtai nazaridan o'zining xususiyatlari xosdir.
Masalan, korxonalar va ularning bo'linmalari rahbarlari xodimlarni tanlash va joy joyiga qo'yish, ijrochilar, ishlab chiqarish (tijorat) va boshqaruv bo'linmalari ishni muvofiqlashtirishni amalga oshiradilar, tegishli jamoalarning muvofiqlashti rilgan, yo'lga qo'yilgan va samarali mehnatini ta'minlaydilar. Ularning mehnatida, ular (rahbarlar) o'rtasida katta farqlar bo'lishiga qaramay, ijodiy operatsiyalar ustunlik qiladilar.
Rahbarning mehnati g'oyatda turli tuman va ma'suliyatlidir. Unda shaxsiy, kollegial va jamoaviy faoliyat birlashadi.
Rahbar axboratlar, kiruvchi hujjatlar bilan shaxsan tanishishi, chiquvchi xatlarni tekshirishi, imzolashi, ba'zan esa tayyorlashi, tayyorlanayotgan qarorlarni o'ylab ko'rishi va ularni qabul qilishi, vujudga kelgan vaziyatni, boshqaruv ob'yekti bilan bog'lik sodir bo'layotgan jarayonlarni tahlil qilishi kerak. Bunda menejerning shaxsiy faoliyati nomoyon bo'ladi.
Shu bilan bir vaqtda rahbarlar yuqori va pastki darajadagi rahbarlar, sheriklar, qo'shnilar, qo'l ostidagilar, mutaxassislar, maslahatchilar, ijtimoiy, kasaba uyush masi yetakchilari ishtiroki bilan qarorlarni kollegial ishlab chiqishda ishtirok etishga da'vat etilganlar. Bu asosan maslahat qilish xarakteridagi faoliyatdir.
Xizmatchilar (kotiblar, ish yurituvchilar, hisobchilar va boshqalar) rahbarlar va mutaxassislar faoliyatini ta'minlash bilan bog'liq turli tuman ishlarni bajaradilar. Ularning mehnati boshqaruvda eng oddiy hisoblanadi, ma'lum darajada ham shundaydir. Buning ustiga ularning mehnatida takrorlanadigan operatsiyalar ustivorlik qiladi. Ishlab chiqarish va boshqaruvda kompyuter va boshqa axborot texnikasidan foydalanishni ko'payishi, boshqaruv axborotlari miqdorini ancha oshishi, uning tizimlashtirish, ortiqcha axborotlardan tozalash zarurligi yordamchi xodimlar mehnatini keskin murakkablashtiradi, tayyorgarlik, bilimlar, tajribani talab qiladi, umuman boshqaruv jarayoniningsifatiga borgan sari ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, unda ijodiy operatsiyalarning ulushi oshadi.
Boshqaruv mehnati va uni ratsional tashkil qilish-tashkilotning biznes jarayonlarini samaraliroq amalga oshirilishining muhim omillaridir, shuning uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish masalalari alohidagi dorzarblikni kasb etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |