1. Xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlanishi Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o’rin tutadi. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo’lib‚ daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko’ra‚ shu davrning o’zida daromad keltirishi kerak. Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «Xarajatlar -aktivlarni qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarni kamayishi, shuningdek daromadlarni olishga oid xo’jalik subyektni odatiy faoliyati natijasida majburiyatlarni paydo bo’lishidir»1 Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun subyekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;
- Chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o’rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
- Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
- Subyektning tarkibiy bo’linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash;
- Uzoq muddatli xususiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo’yicha rentabellik darajasi, ularga qo’yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo’yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidaga ifdasiga aytiladi.
Xo’jalik subyektlarda xarajatlar turlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy, moliyaviy va investisiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari asosan xomashyo, materiallar, yoqilg’i va mehnatga haq to’lash xarajatlari kabilardan iborat bo’ladi.
Aynan mana shu masala borasida nafaqat amaliyotchilar, balki iqtisodchi olimlar tomonidan ham to’liq e’tirof etiladigan xarajatlarni boshqarishga yondashish mavjud. Bu xarajatlarning boshqaruv hisobini tashkil qilish nuqtai nazaridan tasnif qilinishidir. Ana shu umume’tirof etilgan klassifikasiya moxiyatini quyidagicha guruxlash mumkin: