birinchi guruh metodlariga so’z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og’zaki metodlar; hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar;
ikkinchi guruh metodlariga o’quv axborotlarini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish metodlari – ko’rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar;
uchunchi guruh metodlariga o’quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, labaratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.
Og’zaki bayon qilish metodlarining qanday turlari mavjud? Og’zaki bayon qilish metodlarining hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza kabi turlari mavjud.
Hikoya metodi nima? Hikoya metodi o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa, izchil bayon qilinishi deganidir.
Hikoya metodining samarasi nimaga bog’liq? Metodning samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining nutq mahorati, so’zlarni o’z o’rnida, ifodali bayon qilishi, o’quvchilar yoshi, rivojlanish darajasining inobatga olinishiga bog’liq. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi ham metodning samarali qo’llanilishini ta’minlaydi.
Suhbat metodi qanday metod sanaladi? Suhbat metodi savol va javob shaklidagi dialogik xarakterga ega ta’lim metodi sanaladi.
Suhbatning qanday turlari mavjud? Suhbat quyidagi turlari mavjud:
1) kirish suhbati (o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi; uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad hal etilishi zarur bo’lgan ishlar mohiyatining o’quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko’rishdan iborat);
2) yakuniy suhbat (o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi);
3) Katexisizm (qisqa bayonli) suhbat (o’quvchilarning boshlang’’ich bilim darajasi, ularning yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorgarliklarini aniqlash uchun dars avvalida yoki so’nggida qo’llaniladi);
4) evristik suhbat (yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi; unga ko’ra savollar ketma-ketlikda beriladi, buning natijasida o’quvchilarda mustaqil fikrlash, bilish faolligi, tahlil qilish, dalillarni bayon etish laqyoati yuzaga keladi);
5) tushuntirish (o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilish bo’lib, u hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo’llaniladi; tushuntirish chog’ida o’quv materialining qiyin o’rinlariga urg’u berilib, mazmun ochiladi; tushuntirish samarasi o’qituvchining ko’rgazmali vositalardan foydalanishiga ko’p jihatdan bog’liq).
Do'stlaringiz bilan baham: |