4. Korporativ portal kompaniya ichki va tashqi biznes- jarayonlarining servislarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga kompaniyaning turli xil bo’limlari o’rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya ilovalari, ombor, kadrlar bo’limi, statistik va analitik axborotlar, spravochnik, o’quv axborotlari; ta’minotlar, dilerlar, iste’molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet- ilova, kompaniya (buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.) da foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |