Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob va 2 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN ILG’OR O’QITUVCHILAR ISHLARINI OMMALASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Matematikadan ilg’or o’qituvchilar ishlarini ommalashtirishning maqsad va vazifalari
Matematika o'qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish. Bu bilimlar tizimi matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, ya’ni isbotlash va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak; b) olquvcMlarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish. Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilarning har bir matematik qoidani o‘z ona tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ularni ana shu qoidaning matematik ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha shakllantirish demakdir; d) o‘quvchilami matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlami bilishga o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan tortib to murakkab hodisalargacha hammasming fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlami tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda tutiladi. Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasawur qilishlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. 2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagilami qo'yadi: a) o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu g‘oya bilish nazariyasi asosida amalga oshiriladi; b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlami tarbiyalash.
Ma’lumki, matematika darslarida o‘quvchi!ar o‘qishning dastlabki kunlaridanoq mustaqil ravishda xulosa chiqarishga o'rganadilar. Ular awalo kuzatishlar natijasida, so‘ngra esa mantiqiy tafakkur qilish natijasida xulosa chiqaradilar. Ana shu chiqarilgan xulosalar matematik qonuniyatlar bilan tasdiqlanadi. Matematika o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir; d) o‘quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish. Matematika darslarida o'rganiladigan har bir matematik xulosa qat’iylikni talab qiladi, bu esa o‘z navbatida juda ko‘p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi. O‘quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o‘rganishlari davomida ularning mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish madaniyatlari shakllanadi. 0 ‘quvchilarni biror matematik qonuniyatni ifoda qilmoqchi bo‘lgan flkrlarni simvolik tilda to‘g‘ri ifodalay olishlari va aksincha simvolik tilda ifoda qilingan matematik qonuniyatni o‘z ona tillarida ifoda qila olishlariga o‘rgatish orqali ularda matematik madaniyat shakllantiriladi. 3. matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadi: a) matematika kursida olingan nazariy bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalami yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish. Bunda asosan o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘lay olish imkoniyatlarini tarkib toptirish, ularda turli sonlar va matematik ifodalar ustida amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal qilishga o‘rgatiladi; b) matematikani o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnika vositalaridan, matematik ko'rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi; d) o‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‘rgatish. Bunda asosan o'quvchilami o‘quv darsliklaridan va ilmiyommaviy matematik kitoblardan mustaqil o‘qib o'rganish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Ma’lumki, matematika o'qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum bir bo'limi bo‘lib, u matematika fanini o‘qitish qoidalarini o'rganish bilan shug‘ullanadi. Matematika o'qitish metodikasi matematika fanini o'qitish qonuniyatlarini o'rganish jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Boshqacha aytganda, maktabda matematika o'qitish muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda hal qilinadi. Matematika o‘qitish metodikasining metodologik asosi bilish nazariyasiga asoslangandir. Matematika metodikasi fani matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tatbiqiy qonuniyatlarini o‘rganib keladi. Matematika fani fizika, chizmachilik, kimyo va astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi. Matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo'l bilan amalga oshiriladi: 1) matematika tizimining butunligini buzmagan holda qo‘shni fanlaming dasturlarini moslashtirish; 2) boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini teoremalami o'rganish bilan bog'liq bo‘lgan materiallardan matematika kursida foydalanish. Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi ancha muvaffaqqiyatli hal qilingan. Masalan, funksiyalar va ularni grafik tasvirlash haqida fizikada foydalaniladigan ba’zi ma’lumotlami o'quvchilar VII sinfdan boshlab o‘rgana boshlaydilar. VIII sinfda beriladigan geometrik yasashlarga doir ko'p bilimlar chizmachilik fani uchun boy material bo‘ladi, chizmachilikning vazifasi bu bilimlarni turli chizmachilik ishlarini bajartirish yo'li bilan puxtalashdan iboratdir.
Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini dasturda aniq ko‘rsatish qiyin, buni o'qituvchining o‘zi amalga oshiradi, ya’ni o‘quv materialini rejalashtirishda va darsga tayyorlanish vaqtida e’tiborga olishi kerak. Masalan, tenglamalarni o'rganish davrida fizik miqdorlar orasidagi bog'lanishlami aks ettiradigan tenglamalarni, ya’ni issiqlik balansi tenglamasi, issiqlikdan chiziqli kengayish tenglamasi va shttnga o'xshash tenglamalarni ham yechtirishi mumkin. Dasturning foizi proporsiya va boshqa boblarini o'rganishda kimyo va fizika masalalaridan foydalanish maqsadga muvofiq (aralashmalar, quymalar va shunga o'xshashlar), masalan: 1) 20% li eritma hosil qilish uchun eritiladigan moddadan 240 g suvga qancha solish kerak? 2) 5% li 400 g eritmani qaynatib, 200 g ga keltirildi. Endi eritmaning o'tkirligi qancha bo‘ladi? Qo'shni fanlarga doir materiallardan matematika darslarida foydalanish fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktab ta’limiga juda ham katta e’tibor berildi. Jumladan 1997-yil 29-avgustda 0 ‘zbekiston oliy majlisining IX sessiyasida ta’lim to‘g‘risidagi qonunga asoslagan kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu qabul qilingan qonunga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimining faoliyati davlat ta’lim standartlari asosida, o‘z ichiga quyidagi ta’lim turlarini oladi. Maktabgacha ta’lim, boshlang'ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz yillik umumiy o‘rta ta’lim hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o'tilishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang'ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o'rta ta’lim (V—IX sinflar), o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini qamrab oladi. Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish xissini uyg‘otadi, uni muntazam bilim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola oltiyetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat makgabgacha tarbiya, bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim I—IX sinflar o'qishidan iborat bo'lgan majburiy ta’limdir. Ta’limning bu turi boshiang‘ich sinfni (I—IV sinflar) qamrab oladi hamda o'quvchilaming fikrlashlari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini hamda kasb tanlashni shakllantiradi.
Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko'rsatilgan hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim negizida o'qish muddati uch yil bo'lgan majburiy bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimining turidir. o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo'nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ulaming jadal intelektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan kasbga yo'naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari darajasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi, bunda o‘quvchilaming kasb hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalami chuqur rivojlantirish, tanlab olgan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi. Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi va ikki bosqichga ega bo‘ladi.
Ta’lim deganda o‘qituvchi bilan o'quvchilar orasidagi ongli va maqsadga tomon yo'naltirilgan bilishga doir faoliyat tushuniladi. Har qanday ta’lim o‘z oldiga ikkita maqsadni qo‘yadi: 1) o‘quvchilarga dastur asosida o'rganilishi lozim bo'lgan zarur bilimlar sistemasini berish; 2) matematik bilimlarni berish orqali o‘quvchilaming mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. Ta’lim jarayonidagi ana shu ikki maqsad amalga oshishi uchun o‘qituvchi har bir o‘rgatilayotgan tushunchani psixologik, pedagogik va didaktik qonuniyatlar asosida tushuntirishi kerak. Buning natijasida o‘quvchilar ongida bilish deb ataluvchi psixologik jarayon hosil bo'ladi. Bizga falsafa kursidan ma’lumki, bilish jarayoni «jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga demakdir». Bundan ko‘rinadiki, bilish jarayoni tafakkur qilishga bog‘liq ekan. «Tafakkur — inson ongida obyektiv olamning aktiv aks etishi demakdir» (Yu.M. Kolyagin. «Matematika o‘qitish metodikasi, М., 1980-y, 57-bet).
Har bir fanda bo'lgani kabi matematika fanida ham ta’riflanadigan va ta’riflanmaydigan tushunchalar mavjud. Maktab matematika kursida, shartli ravishda, ta’riflanmaydigan eng sodda tushunchalar qabul qilinadi. Jumladan, arifmetika kursida son tushunchasi va qo'shish amali, geometriya kursida esa tekislik, nuqta, masofa va to‘g‘ri chiziq tushunchalari ta’riflanmaydigan tushunchalardir. Bu tushunchalar yordamida boshqa matematik tushunchalar ta’riflanadi. Ta’rif degan so'zning ma’nosi shundan iboratki, bunda qaralayotgan tushunchalami boshqalaridan farqlashga, fanga kiritilgan yangi atama mazmunini oydinlashtirishga imkon beruvchi mantiqiy usul tushuniladi.
Tushunchaning ta’rifi ta’riflanuvchi tushuncha bilan ta’riflovchi tushunchalar orasidagi munosabatdan hosil bo‘ladi. Tushunchaning ta’rifi inglizcha defmitsiya (definite) so'zidan olingan bo‘lib, «chegara» degan yoki «biror narsaning oxiri» degan ma’noni bildiradi. Professor J.Ikromov o‘zining «Maktab matematika tili» nomli kitobida tushunchalarning ta’rifmi quyidagi turlarga ajratadi: 1) Real ta’rif. Bunda qaralayotgan tushunchaning shu guruhdagi tushunchalardan farqi ko'rsatib beriladi. Bunda ta’riflovchi va ta’riflanuvchi tushunchalar hajmlarining teng bo‘lishi muhim rol o'ynaydi. Masalan, «Aylana deb tekislikning biror nuqtasidan masofasi berilgan masofadan katta bo'lmagan masofada yotuvchi nuqtalar to‘plamiga aytiladi».
Bu yerda ta’riflanuvchi tushuncha aylana tushunchasidir, ta’riflovchi tushunchalar esa tekislik, nuqta, masofa tushunchalaridir. 2) Klassifikatsion ta’rif. Bunda ta’riflanayotgan tushunchaning jins tushunchasi va uning tur jihatidan farqi ko'rsatilgan bo'ladi. Masalan, «kvadrat — barcha tomoniari teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchakdir». Bu ta’rifda «to‘g‘ri to'rtburchak» tushunchasi «kvadrat»ning jins tushunchasi, «barcha tomoniari teng» esa tur jihatidan farqini ifoda qiladi. 3) Genetik ta’rif yoki induktiv ta’rif. Bunda asosan tushunchaning hosil bo'lish jarayoni ko'rsatiladi. Boshqacha aytganda, tushunchaning hosil bo'lish jarayonini ko'rsatuvchi ta’rif genetik ta’rif deyiladi.
Bizga psixologiya kursidan ma’lumki, genetika so‘zi grekcha genesis so‘zidan olingan bo'lib «kelib chiqish» yoki «manba» degan ma’noni bildiradi. 1) To‘g‘ri burchakli uchburchakning bir kateti atrofida aylanishidan hosil bo'lgan jismni konus deyiladi. 2) To‘g‘ri burchakli trapetsiyaning balandligi atrofidan aylanishidan hosil bo'lgan jismni kesik konus deyiladi. 3) Doiraning diametri atrofida aylanishidan hosil bo'lgan jism shar deyiladi. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, tushunchalarni ta’riflashda har bir tushunchaning mazmuni beriladi, bu degan so'z tushunchaning asosiy alomatlari yoki muhim belgilarini sanab ko'rsatish demakdir. Demak, ta’rifda faqat ta’riflanadigan tushunchani boshqa turdagi tushunchalardan ajratib turadigan muhim belgilarigina ifodalanadi.
Maktab matematika kursida tushunchalarning ta’rifi ikki usul bilan tuziladi: 1) Berilgan tushunchaning hajmiga kiruvchi barcha obyektlar to'plamiga asoslaniladi. Masalan, tekislikning (masofalarai o'zgartmagan holda) o'z-o'ziga akslanishi siljitish deyiladi. Bu yerda o‘q va markaziy simmetriya, parallel ko'chirish va nuqta atrofida burish tushunchalari siljitish tushunchasining obyektiga kiruvchi tushunchalardir. 2) Berilgan tushunchalarning aniqlovchi alomatlar to'plamiga asoslaniladi.
Bunday ta’rifni tuzishda tushunchaning barcha muhim alomatlari sanab o'tilmaydi, ammo ular tushunchaning mazmunini ochib berish uchun yetarli bo'lishi kerak. Masalan, parallelogrammning muhim alomatlari quyidagilardan iborat: a) to'rtburchak; b) qarama-qarshi tomoniari o'zaro teng va parallel; d) diagonallari kesishish nuqtasida teng ikkiga bo'linadi; e) qarama-qarshi burchaklari teng.
Parallelogrammni ta’riflashda a) va b) alomatlar orqali quyidagi ta’rifni tuzish mumkin: «Qarama-qarshi tomoniari o'zaro parallel va teng bo'lgan to'rtburchak parallelogramm deyiladi». Endi a) va d) alomatlar orqali ta’rif tuzaylik: «diagonallari kesishib, kesishish nuqtasida teng ikkiga bo'linuvchi to'rtburchak parallelogramm deyiladi». Aytilganlardan ma’lum bo'ladiki, tushunchani ta’riflashda tanlanadigan muhim alomatlar soni yetarlicha bo'lgandagina ta’riflanayotgan tushuncha haqidagi ta’rif to'g'ri chiqadi.
Maktab matematika kursida matematik tushunchalar ikki xil usulda kiritiladi: 1) Aniq — induktiv metod. Bunda o'quvchilar awal o‘qituvchining topshiriqlarini bajargan holda o‘rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so‘ngra o‘qituvchi rahbarligida ta’rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar. Yangi tushuncha kiritishning bu yo'li ayniqsa quyi sinflarda o‘z samarasini beradi. Bundan tashqari, aniq induktiv yo‘l orqali tushunchalami kiritish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil bo‘ladi, buning natijasida o'quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlari shakllanadi. Fikrimizning dalili sifatida 6-sinfda o'rgatiladigan «parallel to'g'ri chiziqlar» tushunchasini aniq-induktiv metod orqali kiritish usulini ko'rib o'taylik.
O'quv predmeti sifatida Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo, kichik yoshdagi o'quvchilarni umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi. Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'lim ni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi.
Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek, o'quv faoliyatini tashkil qilish yo'llarini ko'rsatadi.
Ma’lumki, o‘qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika o’qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo‘llarini o'rgatadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog'liqdir: 1) o'qitish asosi bo'lgan matematika bilan; 2) pedagogika; 3) psixologiya; 4) boshqa o'qitish metodikalari bilan (ona tili, m ehnat...). Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari: a) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalami amalga oshirishi; b) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini yoritib berishi; d) o'quvchilam ing dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi; e) ta’limni insonparvarlashtirishi; f) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib berishi; g) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishdan iborat.Boshlang'ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo'yilgan “o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiyiqtisodiy bilimlami berish, kasb-hunarga qiziqtirish, kasblami ongli tanlashga o'rgatish” kabi vazifalami hal qilishda yordam berishdan iborat.Shunday qilib, boshqa har qanday o'quv fani kabi matematika boshlang'ich kursi o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o'qitishning umumta’limiy maqsadi; 2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi; 3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o'qitishning umumta’limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi:
a) o'quvchilarga m a’lum dasturi asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to‘g ‘risida o’quvchilarga yetarli darajada m a’lumot berishi, ulami matematika fanining yuqori bo'limlarini o’rganishga tayyorlashi kerak.Bundan tashqari, dastur asosida O’quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim; b) o‘quvchilaming og‘zaki va yozma matematik bilimlami tarkib toptirish lozim bo‘ladi. Matematikani o'rganish o‘quvchilaming o‘z ona tillarida nutq madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak; d) o‘quvchilami matematik qonuniyatlar asosida haqiqatlami bilishga o‘rgatish.Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilam ing fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi: a) o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
b) o’quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlami tarbiyalash. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir; d) o'quvchilarda matematik tafakkumi va matematik madaniyatni shakllantirish.Matematika darslarida o’rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o'quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadi: a) o’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalami yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ulami mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal qilishga o'rgatish; b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko'rgazm ali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o'quvchilam ing jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan; d) o'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlami egallashga o'rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |