Mavzu: Boshlang`ich sinflarda fe’llarning shaxs va sonda tuslanishini hamda fe’l zamonlarini o`tish



Download 104,77 Kb.
bet3/3
Sana24.06.2022
Hajmi104,77 Kb.
#700185
1   2   3
Bog'liq
Prezentatsiya

Shunga ko`ra, fe’lda uchta zamon bor: hozirgi zamon, o‘tgan zamon, kelasi zamon. -di, -gan, -yap, -moqda, -moqchi - zamon yasovchi qo`shimchalardir. Shu qo`shimchalarga qarab zamonni aniqlash, nuqtalar o`rniga mos zamon qo`shimchalarini qo`yish talab qilingan mashqlar beriladi. 1.Hozirgi zamon fe’li quyida berilgan jadval asosida tushuntiriladi:

HOZIRGI ZAMON FE’LI


SHAXS

SONLAR

BIRLIK

KO‘PLIK

I shaxs

yozyapman,
yozmoqdaman

yozyapmiz,
yozmoqdamiz

II shaxs

yozyapsan,
yozmoqdasan

yozyapsiz,
yozmoqdasiz

III shaxs

yozyapti,
yozmoqda

yozyaptilar,
yozmoqdalar

Fe’l asosiga –yap, -moqda qo`shimchalarini qo`shish orqali hozirgi zamon fe’li hosil bo`lmoqda. Undan so`ng shaxs-son qo`shimchalari qo`shilmoqda. Jadvaldagi fe’llar nutq so`zlanib turgan paytdagi bajarilayotgan yoki bajarilmayotgan harakatni bildiradi. Shuning uchun bular hozirgi zamon fe`llari deb ataladi.

O‘TGAN ZAMON FE’LI


SHAXS

SONLAR

BIRLIK

KO‘PLIK

I shaxs

bordim,
borganman

bordik ,
borganmiz

II shaxs

bording,
borgansan

bordingiz,
borgansiz

III shaxs

bordi,
borgan

bordilar ,
borgan(lar)

O`tgan zamon fe’li harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan)ligini bildiradi. Jadvaldagi ajratib ko`rsatilgan qo`shimchalarga diqqat qaratiladi. Bunda -di ,-gan qo`shimchalari o`tgan zamonni hosil qilishi aytiladi. U fe'l o`zagiga qo`shiladi va shaxs-son qo`shimchasi bilan tuslanadi. Ajratib yozilgan qo`shimchalar qanday qo`shimchalar ekanligi aniqlanadi. O`tgan zamon mavzusiga oid imlo qoidasi o`rgatiladi. О'tgan zamon qo'shimchasi k tovushi bilan tugagan fe‘llarga -kan; -q tovushi bilan tugagan fe`llarga -qan; boshqa fe'llarga -gan shaklida qo`shiladi. Masalan: ek + kan; chiq+ qan; bor+ gan.

3.Kelasi zamon fe’llari nutq so`zlanib turgan paytdan keyin ish-harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini bildiradi. -moqchi qo`shimchasi kelasi zamon qo`shimchasidir. KELASI ZAMON FE’LI


SHAXS

SONLAR

BIRLIK

KO‘PLIK

I shaxs

o`qimoqchiman

o`qimoqchimiz

II shaxs

o`qimoqchisan

o`qimoqchisiz

III shaxs

o`qimoqchi

o`qimoqchilar

Fe’l zamonlariga oid mashqlar bajartiriladi: 1. Gapdagi fe’llarning zamonini aniqlang. 2. Shaxs va songa mos holda qo`shimchalarni qo`ying. 3-sinfda fe’l yasovchi qo`shimchalar bilan fe’l yasash ustida ishlanadi. Bunda so`z turkumi bilan bog`liq holda so`z tarkibi ustida ishlanadi. Ya’ni so`zning asosiy o`zaklariga -la, -illa yasovchi qo`shimchalarni qo`shish bilan fe’l hosil qilinadi. Ko`z - ko`zla, qars - qarsilla, qag`- qag`illa. 4-sinfda esa -la, -illa qo`shimchalari bilan birgalikda -lash, -lan, -sira fe’l yasovchi qo`shimchalari ham o`rgatiladi: gaplash, shodlan, suvsiraBu sinfda fe’llarning yozilishi haqida ham ko`nikma hosil qilinadi. Mavzuni tushuntirish uchun fe’llar ko`proq matn tanlanib, matnni o`qish, so`roq berib fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O`quvchilar o`qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 104,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish