3
Kirish
Bitiruv malakaviy ishining umumiy tasnifi
Mavzuning dolzarbligi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning sifat
bosqichida yoshlarga chuqur ta’lim berish bilan birga ularni ma’naviy jihatdan
ham yetuk, mafkuraviy, hayotda ham faol ishtirok eta oladigan qilib tarbiyalash
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Yoshlarni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtrish,
mamlakatimizda yashaydigan har bir fuqaroning yagona vatan baxt-saodati uchun
doimo ma’suliyat sezib yashashga chorlash ajdodlarimizning bebaho me’rosini,
milliy qadriyatlar va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli
va komil insonlarni tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining maqsadidir. Zero,
«G’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni
milliy g’oyada aks etadigan millatning haqiqiy orzusiga ozod va obod vatanga
erkin va farovon yashash» orzusiga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, yurtboshimiz
aytganidek “Farzandlarimiz yuragida ona vatanga, shonli tariximizga, muqaddas
dinimizga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning
mafkuraviy immunitetini kuchytirishimiz zarur”.
1
“Ma’naviyatli el - botir el, bahodir el” deb bejiz aytilmagan. Ma’naviyatda
insonning iymoni, e’tiqodi, axloqi va ichki dunyosi namoyon bo’ladi. Komil inson
g’oyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki butun butun xalqlarni ham yuksak
taraqqiyot sari yetaklagan, ularni ma’naviyat ma’rifat sohasida tengsiz yutuqlarga
ilhomlantirgan.
Mustaqillik tufayli amalga oshirilgan eng buyuk tarixiy ishlardan biri
xalqimiz ma’naviy me’rosi tiklana boshlagani bo’ldi. “Mustaqillikning dastlabki
kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar davomida yozib kelingan g’oyat
ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy me’rosni tiklash davlat siyosati darajasiga
ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi, - deb ta’kidlagan edi
Prezidentimiz I.A.Karimov. Respublikamizda azaldan qadriyatlarni tiklash
bo’yicha keng ko’lamli jiddiy tadbirlarning amalga oshirilishi jamiyatimiz
ma’naviyati binosini qad rostlashga muhim omil bo’lib qolmoqda”.
4
Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni tiklash borasida amalga oshirilayotgan
tarixiy ishlarimizning qamrovi juda kengdir. Ularning asosiylari quyidagilardan
iborat:
- Qadimiy tariximizning haqqoniy, chuqur va har tomonlama o’rganilishi,
sovet davrida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlarning chop etilishi
xalqimiz tarixini tiklashda muhim ahamiyat kasb etmoqda;
- Xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro’z, Ramazon hayiti,
Qurbon hayiti kabilarning) tiklanishi va yangi bayramlar (Mustaqillik
kuni, murabbiylar kuni kabilar)ning joriy etilishi xalq ma’naviy hayotiga
yangi ruh va mazmun bag’ishlamoqda;
- Dunyo taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimizning buyuk
mutafakkirlar, davlat arboblari ma’naviy me’rosidan xalqimiz faxr bilan
foydalana boshlashi, jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad
Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband kabilarning asarlari
xalqimizga ruhiy ma’naviy quvvat bermoqda.
Vatanimizda mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni tiklash milliy ongni
o’stirish va o’zlikni anglash eng dolzarb masaladir. Shu sababli madaniy
me’rosimiz bo’lmish xalq an’analarini tiklash O’zbekistonda davlat siyosati
darajasiga ko’tarilgan muhim vazifaga aylandi. Shu nuqtai nazardan bizning
bitiruv ishi uchun tanlangan mavzu “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini barkamol
avlod bo’lib yetishishlarida milliy qadriyatlar” mavzusi dolzarb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: