1.4. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash vositalari.
Kompyuter texnologiyalarining juda katta imkoniyatga ega bo`lgan matn muharrirlari, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qiluvchi dasturini vositalarining yaratilishi ta`lim tizimida ham o`z samarasini bermoqda. Bular sirasiga Macromedia DreamWeaver, Microsoft FrontPage, HTML muharrirlari va Microsoft Word, Adobe Photoshop, CorelDraw, Macromedia Flash kabilarni kiritish mumkin.
HTML-(HayperText Markup Language-gipermatnni belgilovchi til), (Web-muharrir) matnli va grafikli xossalarini o`z ichiga mujassamlashtirgan dasturli vositalar bo`lib, u web-hujjatlarni yaratish va tahrir qilish uchun mo`ljallangan. Web-hujjat - bu elektron ko`rinishdagi hujjat bo`lib, undan Internet tizimida ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun foydalaniladi. Shu sababli bu dasturli vositaning imkoniyatlariga kengroq to`xtalamiz.
Elektron o`quv qo`llanmadan o`quv jarayonida foydalanishning pedagogik asoslari.
“Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”da milliy istiqlol g`oyasiga sodiq yetarli intellektual salohiyatga ega, ilm- fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishni va mafkuraviy hamda mazmun va mohiyati jihatidan eskirgan, to`liq an`anaviy (bosma) usulda nashr etilayotgan darsliklarning ma`lum qismi yangi ta`lim tizimining talab va ehtiyojlariga javob bera olmay qolishi ko`rsatilgan.
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo`ymoqda. O`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy (shu jumladan, lotin alifbosiga o`tish) va moliyaviy masalalarni hal qilish, uzluksiz ta`lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadlariga erishishni ta`minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Konsepsiyaning maqsadi uzluksiz ta`lim tizimining barcha ta`lim turlari uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish tamoyillari va ularni tayyorlash mexanizmlarini belgilashdan iboratdir.
Ushbu konsepsiyaning asosiy vazifalariga o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun ilmiy-goyaviy, uslubiy-didaktik, psixologik-pedagogik, sanitariya-gigiyenik talablarni ishlab chiqish, o`quv adabiyotlaridan to`g`ri va ratsional foydalanish maqsadida ularning mavjud shakllari va turlariga aniq ta`riflar berish, hamda mamlakatimiz miqyosida zamonaviy o`quv adabiyotlarini tayyorlash bo`yicha dasturlarni amalga oshirish uchun strategik masalalar ko`lamini aniqlash kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |