UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Milliy
g`urur
—
iftixor,
xalqning
qudratini,
orzu-intilishlarini
mujassamlashtiradigan ulug` kuch. G`urur — xalqning, el-yurtning ulug`vorligi
bilan ajralib turadi. G`urur xalqni xalq, millatni millat qilib ko`rsatadi. Bugungi
o`zbеk xalqining g`ururi butun dunyo bo`ylab qad ko`tarilayotgan bir paytda,
jahon xalqlari orasida O`zbеkiston eng rivojlangan mamlakatlar qatorida o`rin
olayotgani qo`llanmaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Xalqimiz milliy g`urur
uchun bеlini bog`lab, do`ppisini bostirib, boshini baland ko`tarib yurish uchun
zamin yaratildi.
Dеmak, milliy g`ururga ega bo`lgan kishi o`z qishlog`i, o`z tumani va
viloyatini jonu dilidan ortiq sеvadi, uning ravnaqi uchun xizmat qiladi. Bu g`urur
ularning tarbiyasiga, madaniyati va ma'naviyatiga chuqur ta'sir etib, ajdodlar qo`li
bilan yaratilgan boy modtsiy va ma'naviy mеrosni ko`z qorachig`iday asrash uchun
faxrlanish imkonini bеradi. Uning mazmunida ulug`vorlik, mag`rurlik kabi sifatlar
o`z aksini topgan.
G`urur
dеganda, ko`z o`ngimizda haq va haqiqat gavdalanadi.
Bobolarimizning hammasi g`ururli zotlar bo`lganlar. Forobiy, Abu Ali ibn Sino,
Bеruniy, Xorazmiy, Amir Tеmur, Ulug`bеk, Alishеr Navoiy, Boburlar o`z
g`ururlarini minordеk tutishgan. Shunday ekan, bugungi yoshlarimiz bobolari
mеrosiga sodiq qolib, ular yaratgan odob-axloq mе'yorlariga sodiqbo`lishi lozim.
G`ururli bo`lish, birinchi navbatda, xalq manfaatini yoqlash, elga foyda kеltirish.
Xalqimiz o`z hayoti, turmush tarzida eng olijanob g`oyalarni mujassam etgan
axloq-odob qoidalariga, ma'naviy qadriyatlarga tayanib kеlgan. Shunday ilg`or
g`oyalar tufayli elimizda adolat, rostgo`ylik, halollik, pokizalik, birovning haqqiga
xiyonat qilmaslik, nogironlarga mеhrli bo`lish, odamiylik, qardoshlik,
vatanparvarlik, shirinsuxanlik va boshqa insoniy fazilatlar rivoj topgan.
O`zbеk xalqining g`ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm-rusumlar,
marosimlar, odatlar, udumlar, an'analar mavjud. Jumladan, o`zbеk xonadonlarida
ota nomi mag`rur va ulug` shaxs sifatida e'tirof etiladi. Uning oldida gunoh qilish,
57
Tangri oldida gunohkor bo`lish bilan barobar. Har bir yigit-qiz buni o`z g`ururi,
dеb bilishi lozim.
Ayniqsa, yosh farzandlarimizning o`z yurtiga mеhr-muhabbatli bo`lishi,
uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga
olib chiqish ruhida tarbiyalash har birimizning muqaddas burchimiz. Bunday ezgu
maqsadlarni bajarishda har bir O`zbеkiston fuqarosi g`urur va iftixor bilan
yashaydi va uning mе'yoriga amal qiladi.
Har bir millat, mamlakat, jamoaning muhim yutuqlaridan biri, ushbu
birikma-birlik vakilining o‘ziga xos milliy g‘urur, milliy g‘ururga ega bo‘lishi
hisoblanadi. Shu ma‘noda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov: ―O‘z millati,
mamlakati bilan faxirlanadigan inson juda ko‘p narsalarga qodirdir. Bu esa
oilaning ham, vatanning ham shon-shuhratini oshiradi‖. Ayni paytda ―Buyuk
davlatning odamlari, eng avvalo, erkin va ozod bo‘lishi doimo jo‘sh urib turishi,
vatan tiyg‘usi har birining yurak-yuragidan joy olishi kerak‖, ―Tomirida milliy
g‘urur, vatan ishqi jo‘sh urmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi. Biz shunday
muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir fuqaro qiyofasida ozod va obod
vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni yashnatib tursin‖ degan edi.
Ayni paytda I. A. Karimov milliy g‘urur, milliy g‘ururni me‘yordan
oshirib yubormaslik to‘g‘risida ham to‘xtalib shunday degan edi:
―Milliy g‘urur haqida gapirganda uni ulug‘laganda hech kim o‘z millatini
boshqalardan ustun qo‘ymasligi kerak. Dunyoda katta yoki kichik millat yo‘q,
balki har bir millatning o‘z g‘ururi bor. Uni esa hech kamsitishga haqqi yo‘q‖
degan edi.
Ma‘lumki keyingi yillarda ayrim yevropa mamlakatlaridan yurtimizga
nisbatan mafkuraviy xurujlar uyushtirilmoqda. I. A. Karimov bu jarayonni ko‘zda
tutib, shunday degan edi: ―Agar inson o‘z yurtidan g‘ururlanmasa, yurtini yomon
ko‘zlardan asrash uchun o‘zini ayasa bunda unday jamiyatning kelajagi yo‘q‖.
Har bir millat, jamiyatning milliy g‘urur, milliy g‘ururlaridan biri davlat
ramzlari bilan bog‘langandir. Shu ma‘noda I. A. Karimov: ―Davlatimiz ramzlari
bayroq, gerb, madhiya O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy
58
xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash-
o‘zining adr-qimmatini, o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni
mustahkamlash demakdir‖,
―Milliy ongi, milliy g‘ururi baland millatni yengib bo‘lmaydi‖ degan edi.
O‘quvchi yoshlarda milliy g‘urur, milliy g‘urur, millat, jamiyat hayotida
alohida o‘ringa egadir. Bitiruv malakaviy ishimizni bayon etish jarayonida quydagi
xulosalarga keldik.
Birinchidan, har qanday jamiyat har qanday fuqaro ma‘lum mafkurasiz
mavjud bo‘la olmaydi. Milliy g‘oyaning esa, muhim,dolzarb masalalaridan biri-
milliy g‘urur va milliy g‘ururdir;
Ikkinchidan, milliy g‘urur har bir millat, jamiyatga xos bo‘lib, uning
tuzilishi xilma-xil ko‘rinishlarga egadir;
Uchinchidan, insonni faxr va g‘urursiz tasavvur qilish mumkin emas.
G‘ururi kuchli inson shu jamiyatning barqaror taraqqiyoti uchun xizmat qiladi;
To‘rtinchidan, tabiiy milliy g‘urur, milliy g‘urur ma‘naviy-ma‘rifiy
ishlarning muhim qismini tashkil qiladi;
Beshinchidan, o‘quvchi-yoshlarda milliy g‘urur, milliy g‘ururni
shakllantirish davr va zamon talabidir.
Mazkur xulosalar va o‘tkazgan tahlilimiz asosida quyidagi tavsiyalar ishlab
chiqildi.
1.
Boshlang‘ich sinf ―Odobnoma‖ darslarida milliy gururni shakllantirishni
yo‘lga qo‘yish va ta‘lim-tarbiya samardorligini oshirishda reja va dasturlar
ishlab chiqish.
2.
Boshlang‘ich ―Odobnoma‖ darslarida milliy g‘ururni shakllantirish
usullarini, shakl va vositalarini ishlab chiqish.
3.
Boshlang‘ich sinf ―Odobnoma‖ darslarida o‘quvchilardamilliy g‘urur
tuyg‘usini shaklntirishda Sharq mutafakkirlarining ma‘naviy merosidan
foydalanish;
59
4.
Yosh avlodda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishda ―Odobnoma‖
darslariga oid didaktik va electron materiallar ko‘rgazmalar va test savollari
yaratish.
5.
Boshlang‘ich sinflarda ―Odobnoma‖ darslari asosida o‘quvchilarda milliy
g‘urur tuyg‘usini shakllantirish usullaridan unumli foydalanish uslublarini
yaratish.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |