Mavzu: boshlangich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari reja: kirish asosiy qism I bob. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarining nazariy


Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish



Download 220 Kb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi220 Kb.
#894514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOSHLANGICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

2.2 Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish

O’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o’rganish asosida nutqqa oid xatolarni to’g’rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:


1) nutqqa oid xatolarni o’quvchilar daftarida to’g’rilash;
2) sinf o’quvchilari uchun umumiy bo’lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o’quvchilarning yo’l qo’yilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni to’g’rilashga imkon beriladi);
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to’g’rilash;
Ko’rsatilgan yo’nalishlarning hammasi har bir sinf o’quvchilari uchun, ayniqsa, III va IV sinf o’quvchilari uchun muvofiq keladi.
Nutqiy xatolarni to’g’rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog’lab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.
Nutqiy xatolarni to’g’rilash. O’quvchilar og’zaki va yozma nutqida yo’l qo’ygan nutqiy xatolarni o’z vaqtida to’g’rilab borish zarur. O’quvchi yo’l qo’ygan xatosining to’g’ri variantini o’zlashtirsin, imkoni bo’lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to’g’rilashning eng foydali usuli yo’l qo’ygan xatosini o’quvchining o’zi to’g’rilashi hisoblanadi, agar o’quvchi xatosini to’g’rilay olmasa, uni o’qituvchi to’g’rilaydi. Xato turiga qarab to’g’rilanadi: gap yoki so’z birikmasi qayta tuziladi, so’z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so’z qo’shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi.
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O’qituvchi o’quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o’qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash yo’li tushuntiriladi. SHundan so’ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o’qituvchi yo’l qo’yilgan xatoning bir turini to’g’rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo’rin ishlatilgan so’zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o’qib yoki yozib beradi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so’z bilan almashtirib, uni to’g’rilaydilar va tushuntiradilar.
Ayrim o’quvchilar yo’l qo’ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, qo’shimcha mashg’ulot jarayonida to’g’rilanadi. O’quvchi bilan individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo’lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to’g’rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.
Grammatikaga oid mavzuni o’rganishda o’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o’rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so’zlar o’rnida qanday ishlatilishi o’quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar.
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi ikki asosiy omilga bog’liq:
1) so’zga e’tibor bilan munosabatda bo’lish, o’quvchilarning ko’p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to’g’ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi.
Tez o‘qish normal tezlikda bo‘lib, o‘qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O‘qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o‘sishi kerak. O‘qilayotgan asar mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o‘qish tez o‘qish deyiladi.
O‘qish sifatlarini yaxshi o‘zlashtirgan holda o‘quvchilarning o‘qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi degan gap emas. Og‘zaki nutq tempiga to‘g‘ri keladigan o‘qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o‘ta tez o‘qish ham, o‘ta sekin o‘qish ham matn mazmunini o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O‘qish tezligi bir daqiqada o‘qiladigan so‘zlar soni bilan belgilanadi. 2005- yilda e’lon qilingan o‘qish dasturida 1- sinfning 2- yarim yilligida o‘qish sur’ati 20―25 so‘z (notanish matnni o‘qish tezligi ham 20―25 so‘z); o‘quv yili oxirida 25―30 so‘z; 2-sinfning 1- yarim yilligida matnni o‘qish tezligi 30―35 so‘z; 2-yarim yilligida 40―50 so‘z; 3- sinfning 1- yarim yilligida 60―70 so‘z; 2- yarim yilligida 70―80 so‘z; 4- sinfning 1- yarim yilligida ichda ovozsiz 110―130 so‘z, ovozli o‘qishda 90―100 so‘z.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bola bir daqiqada 250 so‘zli matnni o‘qisa, undagi 200 ta so‘zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo‘g‘inlab o‘qisa, uning diqqat markazida so‘z emas, bo‘g‘in bo‘ladi. Natijada u so‘zlarni eslab qola olmaydi. (J. G‘. Yo‘ldoshev.1992-yil. O‘qituvchilar uyidagi ijodkor o‘qituvchilarning 1- anjumanidagi nutqidan).
Bu 4- sinf o‘quvchilarining o‘qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so‘zdan 100 so‘zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi.4- sinfda hatto bir daqiqada 170-180 ta so‘z o‘qiydigan o‘quvchilar ham bor.
Ongli o‘qish yaxshi o‘qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o‘qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g‘oyaviy yo‘nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o‘qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o‘qish o‘z navbatida, o‘quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so‘zning leksik ma’nosini, gapda so‘zlarning bog‘lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog‘liq. Hozirda ongli o‘qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan, o‘qish jarayonini egallashga nisbatan o‘qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o‘qishga nisbatan o‘qish sifatlaridan biri ma’nosida qo‘llanadi.
Matnni ongli o‘qish uchun o‘quvchilar o‘qish sifatlaridan to‘g‘ri, me’yorida o‘qishni egallagan bo‘lishi va o‘qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O‘quvchilar matnni ongli o‘qishi uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Ongli o‘qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi.O‘qituvchi ongli o‘qishni matnni ifodali o‘qishga (agar ovoz chiqarib o‘qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to‘g‘riligiga qarab baholaydi. Ongli o‘qish va ifodali o‘qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o‘xshamaydi.
Ifodali o‘qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g‘oyasi va jozibasini to‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. ”Ifodali o‘qish adabiyotni konkret va ko‘rgazmali o‘qitishning dastlabki va asosiy formasidir”, deb ta’kidlaydi metodist olima M. A. Ribnikova. Demak, ”Ifodali o‘qishning asarning mazmunini va emostionalligini intonastiya orqali o‘quvchilarga ko‘rgazmali qilib ko‘rsatishdir. Ifodali o‘qishning asosiy tamoyili o‘qiladigan asar g‘oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir.
Bu shartlar faqat ifodali o‘qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O‘quvchining har qanday og‘zaki hikoyasi ifodali bo‘lishi zarur.
Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog‘lanadi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o‘z nafasini boshqara olish va ovozdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‘quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o‘qish (gapirish)ga, nutqda tez, o‘rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg‘uni ifodalashga o‘rganadi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda o‘quvchilar pauza va logik urg‘u bilan ham tanishtiriladi.
Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi:
1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g‘oyasini belgilash, ya’ni asarning g‘oyaviy mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.
2. Matnning qayerida pauza qilishni, mantiqiy urg‘uning o‘rnini, o‘qish tempini belgilab olish.
3. O‘qishni mashq qilish. Muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan bera olish uchun matnni qayta o‘qish.
Asarning mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o‘z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish uchun asarni o‘qituvchining ifodali o‘qishi muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Pedagogika ilmi va amaliyotida ko'p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo'lajak o'qituvchilar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo lishsa kerak. Mustaqillikka erishilgandan keyin nafaqat ijtimoiysiyosiy hayotda, balki ta’lim-tarbiya jarayonida ham jiddiy o'zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Endilikda ta’lim amaliyotida tarbiyalanuvchilarga bilimlarni tayyor holda berishdan voz kechilib. shakllanib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyatini sogiomlashtirish, ulami mute ijrochilikdan erkin ishtirokchi darajasiga ko4tarishning yangi-yangi yoilari qidirilmoqda. O’qitishning asosiy ashyolari bo’lmish konsepsiya. ta'lim standartlari, dastur, darslik, metodik hamda o'quv qo'llanmalarni yangi lash va takomillashtirish bilan birga ruhan sog'lom. aqlan barkamol, o'z fikri hamda qarashlariga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash ustuvorlik kasb etmoqda. Yoshlar tarbiyasida bir xil fikrlaydigan yagona xulosaga keladigan avlodni shakllantirishdan voz kechilib, o‘miga ma'naviy sifatlarning yetakchiligi. tuyg'ularning injaligi, ko‘ngil istaklari ustuvorligiga milliy an’analarga tayangan holda erishishga alohida diqqat qaratilmoqda.
Kichik yoshdagi o'quvchilaming ko'pchiligi o'qituvchisi aytganlarini quloq qoqmay bajaradi va doimiy ravishda uning ko rsatmalarini kutishga moyil bo'ladi. O'qituvchi qanday va nimani o'qitishidan qat’i nazar, uni bilib olish kerak deb hisoblaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nazarida o'qish - ko'r-ko'rona ijrochilik, o'qituvchisiga taqlid, ustozi aytganlarini takrotiashdan iboratday tuyuladi. Mazkur davr pedagogik jihatdan bolada insoniy sifatlami shakllantirishda o'qituvchi uchun eng qulay bosqich sanaladi.
Bola o'z bilimi va tajribasida ko'rilmagan vaziyat bilan to'qnashganda hamda bu vaziyat uni qiziqtirib qolganda gayriixtiyoriy ravishda mustaqil fikrlay boshlaydi. erkin faoliyatga kirishadi. Maiumki. qiziqqan bola masalaning mohiyatiga kirmay, o'z istaklarini, bilish ehtiyojini qondirmay qo'ymaydi. Faqat bolani bunday holatga solishdan avval uni asta-sekinlik bilan taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, aniqlik kiritish, tizimga sola bilish kabi ko'nikmalami egallashiga erishish lozim. Shundagina uning bilish faoliyati muayyan samara keltirib. shaxsi tokg'ri shakllana boradi.



Download 220 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish