3. Kvadrat metrlarda ifoda qil:
100 dm2; 300 dm2 ; 1000 dm2 ; 645 dm2 ; 916 dm2.
4. . Taqqosla
15 m2 6 dm2 va 156 dm2 80sm2 va 8 dm 2
3m2 va 750 sm2 1m2 va 250 dm2
4
6 m2 va 6000 sm 2 5 dm2 va 500 sm2
Quyidagi figuralar yuzalarini top:
1.2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida tonna va sentnerni o`rgatishda turli shakllardan foydalanish.
Miqdor haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishda hajm va massa bilan
tavsiflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. «Idishlarning sig’imi»
va «litr» tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy
tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
«Litr» darsiga tayyorgarlik davrida bolalarda narsalarning hajmiy xossalari
haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradigan mashqlarni kiritish
lozim:.
Massani o’lchash. Uzunlik, hajm haqidagi tasavvurlarni shakllantirayotganda biz asosan ko’rish xossiga tayanamiz. Massa tushunchasini shakllantirishda «barik» (grekcha «baros» — og’irlik) tayaniladi. Istalgan jism yerga tortilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki osilgan ipni taranglaydi. Kaftga, gavdaga beriladigan bunday bosim ana shu «barik» hisni beradi. Barik bosim miqdori massaga to’g’ri proporsional. Jism massasi qancha katta bo’lsa, og’irlik xissi shuncha katta bo’ladi. Og’irlik kuchining massaga proporsionalligi sababli, ko’pincha bu ikki tushuncha: massa va og’irlik chalkashtirib yuriladi. O’quvchilar ko’pincha «massa» atamasi o’rniga «og’irlik» atamasini ishlatadilar. Bu fizikada ikkita turli tushunchalardir.
Og’irlik — vektor miqdor. Og’irlik — bu jism tayanchga bosadigan yoki
ilmoqni tortadigan kuchdir. Og’irlik tayanchning holatiga bog’liq. Agar tayanch
vertikal yunalishda tezlanish bilan harakatlansa, u xolda jism zurikish yoki
vaznsizlik holatida bo’lishi mumkin. Og’irlik tayanch holatiga bog’lik. Og’irlik
prujinali dinamometr bilan o’lchanadi. Og’irlikning o’lchov birligi — nyuton.
Massa — skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani energiyaning o’zgarish
o’lchovi sifatida ochib beradi. Massa richagli tarozilarda o’lchanadi. Massaning
o’lchov birligi kilogrammdir.
Boshlang’ich maktabda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli
«Og’irlik», og’irligini «tortish», «og’irlik toshlari», «og’irligini tenglashtirish»
so’zlarini iloji boricha ishlatmay, «massa», «jismlarning massasini o’lchash»,
«massani o’lchash uchun asbob», «massa o’lchagich» so’zlaridan foydalanish
kerak.
Narsalarni massasi bo`yicha farqlay olish qobiliyati, turli massali narsalarni
«og’ir», «yengil» so’zlari bilan belgilash qobiliyati bolalarda amaliy turmush
asosida bu vaqtga kelib paydo bulgan. Bundan buyon bu mavzuni urganishdan
maksad massa x,akida anik tasavvurni shakl- lantirish, bolalarni massa birliklari
(kg, g, s, t) bilan tanishtirishdan iborat.
Yaqindagi savdo do`koniga borilsa, bolalar katta massalarni o’nlik va yuzlik
tarozilarda o’lchash bilan tanishadilar.
Massa birliklarida ifodalangan miqdorlarni qo’shish va ayirish o`nlik sanoq
sistemasida natural sonlar ustida tegishli amallar bilan mos qo’yiladi. 21
Do'stlaringiz bilan baham: |