Mavzu: bosh miya katta yarim sharlarining fiziologiyasi dars rejasi



Download 66 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi66 Kb.
#938332
  1   2   3   4
Bog'liq
23-Ma\'ruza


23-24-MAVZU: BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARINING
FIZIOLOGIYASI
Dars rejasi

  1. Bosh miya katta yarimsharlar.

  2. Bosh miya katta yarimsharning tekshirish usullari.

  3. Bosh miya katta yarimsharning oq moddasi.


Tayanch iboralar. silviysuyuqligi, uchinchi qorincha, to’rtinchi qorincha, hidlov piyozchalari, egatlar pushtalarni
Embrionning dastlabki taraqqiyot davrida nerv naychasining old qismi (bu qismdan bosh miya rivojlanadi) ikki joyidan torayib uchta (oldingi ,o’rtadagi va orqadagi) rombsimon miya pufakchalariga ajraladi. Oldingi va rombsimon miya pufakchalari o’z navbatida ikkitadan pufakchaga bo’linib, beshta bosh miya pufakchasini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, rombsimon pufakchadan uzunchoq miya –pufakchasi, ortqi miya –pufakchasi vujudga keladi. O’rta miya pufakchasi bo’lmaydi. Oldingi miya pufakchasi ham ikkita pufakchaga bo’linadi. Ularning biri oxirgi miya pufakchasi, ikkinchisi oraliq miya pufakchasi. Birlamchi nerv naychasi uzunchoq miya pufakchasi keyingi qismidan orqa miya rivojlanadi. Bosh miyaning beshta miya pufakchasidan bosh miyaning alohida qismlari rivojlanadi.

  1. Ortqi miya pufakchasidan miya ko’prigi va miyacha, VI, VII va VIII juft bosh miya nervlari rivojlanadi.

  2. Uzunchoq miya pufakchasidan uzunchoq miya, IV qorincha siriq qismi va V–VI juft bosh miya nervlari rivojlanadi.

  3. O’rta miya pufakchasidan miya oyoqchalari va to’rt tepalik, suv yo’li va III, IV juft bosh miya nervlari rivojlanadi.

  4. Oraliq miya pufakchasidan ko’rish do’mbog’i bo’rtiq osti sohasi va epifiz tanalar, ko‘z soqqasi, II juft bosh miya nervi rivojlanadi.

  5. Oxirgi miya pufakchasidan bosh miya yarimshari va uning qoplamasi, yonbosh qorinchalar va I juft bosh miya nervi taraqqiy etadi.

Chaqaloqlarda miya 360-450 g, 1 yoshda 900 g, 6-7 yoshda 1200g bo‘ladi. Miya massasi kattalashishi 10-25 yoshlarda sezilarli darajada pasayadi. Kattalarda 1500g bo‘lib, ba'zida kam va ko‘p bo‘lishi mumkin. Miya og‘irligi odam aqlidrokini belgilamaydi. Odam miyasining po‘tsloq qismi uning mehnat va ijod qilishi jarayonida aql, zehn, so‘zlash, fikr yuritish va boshqalarni takomillashishidan vujudga kelgan. Miya po‘tslog‘ida yangi qavatlar paydo bo‘ladi. Bosh miyaning po‘tslog‘i miya hajmining 53-54% po‘tsloq otsi o‘zaklari esa 3-4 % ni tashkil etadi. Hech bir jonzotda miya puchta va egartlar odamniki singari chuqur emas.
Katta yarim sharlarni olib tashlash va uning oqibatlari. XIX asrning birinchi choragidayoq Flurans qushlar bosh miyasining katta yarim sharlarini birinchi marta olib tashlagan (ekstirpatsiya qilgan). Keyinchalik ko’pgina tadqiqotchilar sutemizuvchi hayvonlarning katta yarim sharlarini yoki ulaning po’stlog’ini olib tashlashdi.
Katta yarim sharlarni yoki ularning po’stlog'ini olib tashlash tajribalari operatsiyadan keyin hayvonning qaysi funktsiyalardan mahrum bo`lishini va qaysi funktsiyalari saqlanib qolishini bilish maqsadida qilinadi.
Katta yarim sharlar po’stlog’idan mahrum qilingan itlarda jinsiy instinkt juda susayadi. Uyqu va tiyraklik normal ravishda almashinadi; it uzoqroq uxlaydi.
Sensor funktsiyalar keskin darajada buziladi. It operatsiyadan keyin ko’r va qisman karga o'xshab qoladi. To’siqlarga kelib uriladi, egasini tanimaydi, laqabini aytib chaqirilganda indamaydi, oldiga ovqat qo’yilsa yaqin kelmaydi, hidning farqiga bormaydi; terning kuchsiz ta‘sirlanishiga javoban ro’y beradigan reaktsiyalar susayadi. Shu bilan birga, katta yarim sharlar po’stlog’i olib tashlangach, itning ba‘zi ko’ruv va eshituv sezgilari saqlanib qoladi. Masalan,, boshiga juda ravshan yorug’lik tushirilsa, boshini bura oladi; qorachiq refleksi qayd qilinadi. Katta yarim sharlar po'stlog'i olib tashlangach ta‘m bilish sezgilari saqlanib turadi: ovqatga birorta achchiq narsa qo‘shilsa, hayvon ovqatni tuflab tashlab, tumshug’ini burishtiradi.
Katta yarim sharlar po’stlog’idan mahrum qilingan it umrini cho’zish uchun tajribator itning og’ziga ovqat solib va suv quyib, uni sun‘iy yo’l bilan boqib turadi. G.P.Zeleniyning tajribalariga qaraganda, operatsiya qilingan it ovqat yutganda me‘da shirasining normal relektor sekretsiyasi yuzaga chiqadi.
Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’idan mahrum bo'lib tug'ilgan bolalar (anensefallar)da hulq-atvor chuqur o’zgaradi. Anensefallar odatda atigi bir necha kun yashaydi. Lekin 1913-yilda bir anensefal bolaning 3 yil-u 9 oy yashagani aniqlanadi. Shu bola jasadi yorib ko'rilganda katta yarim sharlar po’stlog’ida ikkita yupqa devorli pufak topilgan; markaziy nerv tizimining pastki bo’limlarida o’tkazuvchi peramidal yo’llar bo’lmagan; ko’ruv do’mboqlari chala taraqqiy etgan; miyacha, to’rt tepalik va oraliq miya o’zgarmagan. Anensefal bola hayotining birinchi yilida tinmay uxlagan. Onasi emizganda yoki og’ziga so’rg’ich solganda to’g’ri so’rish harakatlarini bajargan. Tovush yoki yorug’likka javoban hech qanday ongli reaktsiya ko'rsatmagan, ammo ba‘zi reflektor harakatlar qayd qilingan: masalan,, ko‘zga ravshan yorug`lik tushirilganda qovoqlari yumilgan.
Hayvonlaning har xil turlarida bosh miya katta yarim sharlari yoki ularning po’stlog’ini olib tashlash natijalari shundan guvohlik beradiki, markaziy nerv sistemasining oliy bo'limlari filogenetik taraqqiyot jarayonida tobora ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. Katta yarim sharlar po’stlog’i boshqa nerv tuzilmalaridan ancha ustun bo’lib, tobora katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bosh miya katta yarim sharlarini yoki ulaning po’stlog’ini olib tashlashdan keyin tuban darajadagi hayvonlarga nisbatan yuksak darajadagi hayvonlarda keskin va chuqur o'zgarishlar ro’y berishi shuni ko’rsatadi. Buning sababi shuki, murakkab nerv funktsiyalari markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlanadigan oliy bo‘limi - katta yarim sharlar po’stlog’iga ko'chib o'tgan ya‘ni funksivalar kortikalizatsiyasi ro’y bergan.
Odamning katta yarim sharlar po’stlog’i shikastlanganda, ayniqsa katta o'zgarishlar ro’y beradi. Odamning gavdasini tikka tutishi va mehnat faoliyati bilan bog'langan murakkab harakatlarni yuzaga chiqarishi uchun nerv jarayonlarining bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’iga bog'liq bo'lgan g'oyat mukammal koordinatsiyasi talab qilinadi. Taraqqiyot jarayonida katta yarim sharlar po„stlog„i harakat sferasini ko'ndalang- targ'il muskullari, shuningdek, vegetativ jarayonlarni nazorat qiladigan bo’lib qoladi.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish