Mavzu: Borliq falsafasi va



Download 19,53 Kb.
Sana11.11.2022
Hajmi19,53 Kb.
#864270
Bog'liq
SH D falsafa



Mavzu: Borliq falsafasi va iqtisodiy borliq tushunchasi (maruza)

Topshirdi: Shamsiddinov Dilshod
Qabul qildi: Yuldasheva.M

Toshkent-2022
Ontologiya— falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimotidir. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1513-yil kiritgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalari, Aristotel empirizmini yaratdi. Oʻrta yerlar falsafasida ontologiya ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida ontologiya koʻproq ilohiy borliqning, xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada ontologiya monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik ontologiya namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik ontologiya ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida ontologiyaning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliq aslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.
Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchi falsafiy tushuncha. U moddiypredmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy borliq, obyektivideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafasi tarixda turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi. Borliq ilgari mavjud bo'lgan, hozir ham mavjud va kelajakda mavjud bo'ladigan ob'ektiv hamda sub'ektiv reallikni ham o'ziga qamrab oladi. Ya'ni tabiat, inson, fikrlar, g'oyalar, jamiyat turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud bo'lganligi uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi. Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo'lib turgan qismi bo'lib, o'tgan va mavjud bo'ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Borliq tushunchaning etimologiyasi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki boshqa kategoriyalar orasida ayniqsa, ko‘p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni bir ma’no – «bo‘lish»,«mavjud bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. «Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo‘lishimumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shuma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas deyiladi. Lekin, sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. Falsafiy irratsionalizm asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero, tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Monizm (yunon. «monos» – «bitta», «yagona») dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek, birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialis tik va idealistik monizmni qayd etish lozim. Dualizm (lot. «dualis» – «ikki yoqlama») birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy yondashuv. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan.


Download 19,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish