1.2. Ijtimoiylashuvga ta'sir etuvchi omillar.
Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Ijtimoiylashuvning bir necha omillari bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin.
Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa bo‘ladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yer yuzasi barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi.
Makroomillar (makro-katta)-davlat, halq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga ta’sir qiladi.
Mezoomillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlaridir.
Ijtimoiylashuvga mezoomillar mikroomillar orqali ta’sir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar-oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi.
Biologik omillar. Biologik (irsiyat) insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq. Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug‘ilayogan bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shuning uchun ularga o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatg integratsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy me’yor, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit-inson kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan harakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorida faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga keladi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo’lishi mumkin. Ular ham insonga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bu holatda ijtimoiy ish ob’ekti o’z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi.
Shunday qilib ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan insondir. Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir. Ijtimoiy ishchi yordam ko’rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy pedagogikada odatda “go’dak” so’zi ishlatiladi. “Ijtimoiy ish” insonning insonga insoniy munosabatini namoyon bo’lishini bildiruvchi ibora.
U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinayapti. Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini osonlashtirish qaratilgan tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va shuncha o’xshash faoliyat doirasidan nafaqat kundalik muammolarni hal qilishga yordam berish, balki ehtiyojlarni qondirishga to’siq bo’ladigan muammolarni hal qilishga yordam berish bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) ko’rsatadigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko’rsatma berish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining hamdardligiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ancha obro’ e’tiborga ega. Biroq ijtimoiy ishchilarning maoshi yuqori emas va ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar soni ham ko’p emas.
Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb desak bo’ladi. Savol paydo bo’ladi: ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan shug’ullanadi? Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmandning “ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz asarda “YAxshi ijtimoiy ishchi odamlarni kambag’allikdan halos etish bilan shug’ullanmaydi, u kambag’allikni umuman bartaraf etish uchunnima qilish haqida o’ylaydi”,-deb yozilgan. Richmonddan keyin izlanish, tashhis, davolash parofigmasi ijtimoiy ishda asosiy bo’ldi. Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida I.Karpf (1931 yil) o’z rivojlanishida tayanish lozim bo’lgan fanlarni sanab o’tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. O’shandan buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi.
Amaliy ijtimoiy ishchi atamasi 1970 dan buyon qo’llanilmoqda Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan ishlash, yerning yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlari, kambag’allar, nogironlar, aqliy ojizlar, aroqxo’rlar bilan ishlash. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kengroq yondashuvlar ham shakllandi.
Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to’qnash kelishadi. Bu muammolarga aroqxo’rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi. Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog’liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. U ishchi o’z sohasida unga yordam so’rab murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega bo’lishini talab qiladi.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondashuv yetakchi yondoshuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy ishchilardan bir sohaga ixtisoslashuv mos, universallik turli usullarni uyg’unlashtira olish talab qilina boshladi. Pedagogik, ijtimoiyogik, nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj ijtimoiy ish tarkibida ham muhim o’zgarishlar ro’y berardi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug’ildi.
Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy ishchilar bir vaqtning o’zida bir qancha inson muammolarini hal qilishdi. Butun dunyoda ijtimoiy xizmatlar ishchilari jiddiy o’qitilmoqda. U milliy ta’lim tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va Yaponiyada katta farqlarga ega.
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ishda bilimlar zahirasiga oid sohada ishlangan va boshqa sohalardan o’zlashtirishganlarning qo’shiluvidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sotsiologiya, psixologiyadan ko’p narsa olgan. SHaxs, ijtimoiy guruhlarning yurish-turishi, oila muammolari, hokimiyat, qo’shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, stratifikatsiya va ijtimoiy qatlamlashish, murakkab tuzilmalar va turli madaniy tizimlarning turlarini ijtimoiy ishchilar psixologiya va ijtimoiyogiyadan o’zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi xal qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi. Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo’lishi lozimligini tushunish kengayib bormoqda. Bu kasb bo’yicha o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib 180 bormoqda, maxsus konferensiyalar o’tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qo’llash masalasi muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg’or yutuqlar almashuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |